К содержанию
РецензированоRU2024

IJTIMOIY ADOLAT VA TENGLIKNI TA'MINLASHDA KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLARNING O‘RNI

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLARNING O‘RNI · SUBANOV Olimjon Suyarkul o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 3 · 2024

Аннотация

В статье рассматривается содержание конституционных реформ, реализуемых в рамках Новой стратегии развития Узбекистана по построению социального государства. Основное внимание уделяется принципам человеческого достоинства, социальной справедливости и верховенства права. Ключевые слова: Новый Узбекистан, конституционные реформы, социальное государство, человеческое достоинство, социальная справедливость, верховенство права, стратегия развития. THE ROLE OF CONSTITUTIONAL REFORMS IN ENSURING SOCIAL JUSTICE AND EQUALITY Annotation. The article examines the content of constitutional reforms implemented within the framework of the New Development Strategy of Uzbekistan to build a social state. The main attention is paid to the principles of human dignity, social justice and the rule of law. 33 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 07, Июль Key words: New Uzbekistan, constitutional reforms, social state, human dignity, social justice, rule of law, development strategy. Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida adolatli va xalqparvar davlat barpo etish uchun zarur konstitutsiyaviy makon va mustahkam qonunchilik asoslarini yaratish vazifasi o‘z aksini topgan. Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoevning «Hozirda O‘zbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurish sari bormoqda. Shu sababli «Yangi O‘zbekiston - ijtimoiy davlat» tamoyilini konstitutsiyaviy qoida sifatida muxrlashning vaqti soati yetdi», - deb ta’kidlagani chuqur ramziy ma’no kasb etadi. Shubxasiz, ijtimoiy davlatni shakllantirishda inson manfaatlaridan kelib chiqish va inson qadri ustuvorligini ta’minlash davlat faoliyatining, uning ijtimoiy sohadagi siyosatining tub moxiyatini tashkil qiladi. Ijtimoiy adolat tamoyillari va demokratiya talablariga asoslanib amalga oshiriladigan davlat xokimiyati xalq manfaatini ifoda etib, jamiyatni boshqarish hamda rivojlantirishga xizmat qiluvchi yaratuvchanlik, bunyodkorlik omili sifatida maydonga chiqadi. Davlat xokimiyati jamiyattaraqqiyotiga ijtimoiy-siyosiy yo‘nalish berib, unga yaxlitlik, jamuljamlik va barqarorlik baxsh etadi. Mamlakatimizda davlat organlarining xalq manfaatiga buysundirilganligi konstitutsiyaviy prinsip tarzida mustahkamlanib, ular faoliyatining asosiy mezoniga aylangan. Aloxida e’tirof etish lozimki, «Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bo‘lgan Konstitutsiyamiz yurtimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmokda». U jamiyat miqyosida erishiltan o‘ziga xos kelishuvning mahsuli sifatida namoyon bo‘lib, eng avvalo, davlat xokimiyati vakolatlarini inson huquqlari ko‘lami doirasida me’yorlash, legitim tarzda cheklash imkonini berib, xokimiyat bilan fuqarolarning o‘zaro munosabatlarini muvozanatlash va shaffoflashtirish vazifasini ado etmokda. Darhaqiqat, Konstitutsiya taraqqiyotimizning xozirgi yangi innovatsion rivojlanish bosqichidagi isloxotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, xalqimiz uchun xech kimdan kam bo‘lmagan turmush sharoitlarini yaratish, iktisodiyotimiz ravnaqi, eng muhimi, rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan joy olishdek oliy maqsadlarimizning kafolati va huquqiy poydevori sifatida barchamizni yanada yuksak marralarga ruhlantiradigan beqiyos qudrat manbai bo‘lib maydonga chiqmoqda. 34 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 13.14/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 3, Выпуск 07, Июль Asosiy qonunda xalqimizning demokratiya va ijtimoiy adolat g‘oyalariga bo‘lgan ishonchi hamda qatiy sadoqati mustahkamlangan. Zero, xalqimiz hayotiy tajribasiga, milliy va madaniy an’analariga, barcha fuqarolar va turli ijtimoiy guruhlar manfaatlariga mos keladigan asl demokratiyani qaror toptirish hamda ijtimoiy adolat tamoyillariga tayangan davlatni qurish ulkan siyosiy ahamiyatga molik vazifadir. Fikrimizcha, «huquqiy davlat» va «ijtimoiy davlat» Konstitutsiya davlat uchun aniq ijtimoiy dasturni belgilab bermasa-da, shubxasiz unda davlat siyosatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari belgilanadi. Davlat siyosatining ikki muhim jihatini nazarda tutish lozim. Birinchisi - fuqarolarga munosib xayot kechirish uchun va insonning erkin rivojlanishi uchun sharoit yaratishda ifodalanadi. Bu – mexnatni va insonlar sog‘lig‘ini muhofazalash, ish xakining minimal xajmini belgilash, ishsizlikning oldini olish va x.k. Ikkinchisi, - aholining ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlarini qo‘llabquvvatlash, nogironlarga hamda qariyalarga g‘amhurlik qilish va boshqalar. Ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish, davlat pensiyalarini, nafakalar va boshka ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilash ko‘zda tutiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchras

Доказательный фрагмент

«В статье рассматривается содержание конституционных реформ, реализуемых в рамках Новой стратегии развития Узбекистана по построению социального государства.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматривается содержание конституционных реформ, реализуемых в рамках Новой стратегии развития Узбекистана по построению социального государства. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
New Uzbekistan, constitutional reforms, social state, human dignity, konstitutsiyaviy islohotlar, taraqqiyot strategiyasi., ijtimoiy davlat, ijtimoiy adolat, Yangi O‘zbekiston, inson qadri, huquqiy davlat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники