К содержанию
РецензированоRU2025

O‘ZBEKISTONDA HUQUQIY-DEMOKRATIK DAVLAT QURISH JARAYONIDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINING KAFOLATI.

SUBANOV Olimjon Suyarkul o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi · СТРОИТЕЛЬСТВА ДЕМОКРАТИЧЕСКОГО ГОСУДАРСТВА (Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi)

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 01 · 2025

Аннотация

В статье рассматриваются гарантии прав и свобод человека в процессе строительства правового и демократического государства в Узбекистане. Ключевые слова: права и свободы человека, правовое и демократическое государство, безопасный город, безопасный район, безопасная улица, конституция. ENSURING HUMAN RIGHTS AND FREEDOMS IN THE PROCESS OF BUILDING A DEMOCRATIC STATE BASED ON THE RULE OF LAW IN UZBEKISTAN. Annotation. The article examines the guarantees of human rights and freedoms in the process of building a legal and democratic state in Uzbekistan. Key words: human rights and freedoms, legal and democratic state, safe city, safe area, safe street, constitution. Barchamizga ma’lumki, bosh qomusimiz bu - Konstitutsiya. Konstitutsiya nafaqat yuristlar uchun balki O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun dastur-ul-amaldir. Zero, har bir rivojlangan davlat o‘z milliy konstitutsiyasiga egadir va har qanday huquqiy demokratik davlatda inson huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat deb tan olingan ekan, shu davlatlarning konstitutsiyasida eng muhim qoidalar sifatida belgilangan. Bu borada xalqaro hujjatlarda qayd etilgan qat’iy qoidalar mavjud bo‘lib, ulardan: 1948-yilda qabul 5 MULTIDISCIPLINARY JOURNAL: FUNDAMENTAL RESEARCH SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 01. ISSUE 08. AUGUST 2025. ResearchBib Impact Faktor: 9.943 ISSN: 3060-513X qilingan “Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasi”, 1966-yilda qabul qilingan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro paktlarda inson huquqlari-erkinliklari va ularni muayyan holatlarda cheklash bo‘yicha ham qoidalar aks ettirilgan. Ushbu qoidalar qonuniylik, maqsadga muvofiqlik va zaruriyat prinsiplaridan kelib chiqib qo‘llanadi. Xususan, qonuniylik prinsipi – inson huquqlari va erkinliklarini faqat qonuniy asosda cheklash mumkinligini bildirsa, maqsadga muvofiqlik prinsipi – inson huquqlari va erkinliklarini cheklashda xalqning roziligini ifodalaydi. Davlatning, shaxsning huquqlari, erkinliklari va manfaatlariga aralashuvi zaruriyat tamoyili asosida amalga oshiriladi. Bunda shaxsga yetkaziladigan zarar o‘rnini qoplash masalasi diqqat-markazida bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shaxsning huquq va erkinliklari davlat tomonidan kafolatlanishi va himoya qilinishi belgilangan bo‘lsa-da, asosiy qonunning o‘zi hamda qonunchilik hujjatlarida ham inson huquq va erkinliklarini cheklashga oid qoidalar mavjud. Bu qoidalar qachon va qanday amalga oshirilishini quyidagi 3 ta holatda ko‘rish mumkin. - birinchidan, boshqa shaxslarning huquqlariga zarar yetkazmaslik uchun cheklovlar o‘rnatish. Masalan, qarzdorga nisbatan sud va boshqa organlarning hujjatlariga asosan ijro ishi yuritish jarayonida ushbu organlar tomonidan belgilangan cheklovlar. Xususan, O‘zbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov joriy qilinishi yoki davlat ijrochi tomonidan qarzdorning hisob-varag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘larini xatlanishi uning o‘z hisob-varag‘idan foydalana olmasligi bunga misoldir. - ikkinchidan, shaxs tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik yoki jinoyat uchun jazo sifatida belgilash. Bu cheklashlar sud qarori yohud hukmi asosida amalga oshiriladi. Xususan, shaxsni ma’muriy qamoqqa olish, O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish (chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi), muayyan huquqdan mahrum qilish (masalan, avtotransport vositasini haydash huquqidan yoki ma’lum sohada (lavozimda) ishlashdan vaqtincha mahrum qilish cheklash), ozodlikdan cheklash yoki mahrum qilish bilan bog‘liq jazolar bunga misoldir. - uchinchidan, davlat xavfsizligi va jamoat tartibini saqlash maqsadida qo‘llaniladigan cheklovlar. Xususan, pandemiya e’lon qilingan davrda karantin joriy etilishi munosabati bilan shaxslarning erkin harakatlanishining cheklanishi yoki favqulodda vaziyat joriy qilingan hududlarda ma’lum vaqt doirasida ayrim harakatlarning cheklanishi bunga misoldir. Biz ham rivojlangan davlatlar fuqarolari kabi davlatimiz, 6 MULTIDISCIPLINARY JOURNAL: FUNDAMENTAL RESEARCH SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 01. ISSUE 08. AUGUST 2025. ResearchBib Impact Faktor: 9.943 ISSN: 3060-513X millatimiz, o‘zimiz va qolaversa kelajak avlodimiz uchun ham yangi O‘zbekistonda qabul qilinishi rejalashtirilayotgan yangi Konstitutsiyaga befarq emasmiz. Huquqiy-demokratik davlatning asosiy belgilaridan biri — inson huquq va erkinliklarining himoya qilingani va kafolatlanganidir. Mustaqil O‘zbekistonning siyosiy- huquqiy taraqqiyotida inson manfaatlarini ustuvor qiymat sifatida belgilash hamda uni davlat siyosatining markaziga qo‘yish muhim qadam bo‘ldi. Yangi O‘zbekiston sharoitida bu yo‘nalishdagi islohotlar nafaqat qonunchilik sohasida, balki amaliyotda ham keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Har bir davlat o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini o‘zining Konstitutsiyasi – Asosiy qonunida mustahkamlab o

Доказательный фрагмент

«В статье рассматриваются гарантии прав и свобод человека в процессе строительства правового и демократического государства в Узбекистане.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматриваются гарантии прав и свобод человека в процессе строительства правового и демократического государства в Узбекистане. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
human rights and freedoms, legal and democratic state, safe city, safe, huquqiy-demokratik davlat, xavfsiz mahalla, inson huquq va erkinliklari, xavfsiz shahar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники