Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DOG‘IY LIRIKASI: ASLIYAT VA TABDIL QIYOSI
Otanazarova Sayyora Otanazar qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2026
Аннотация
В диссертации анализируется литературное наследие Догии. Рассматриваются различия и противоречия между рукописной версией лирики поэта и опубликованным источником. Ключевые слова: оригинальность, перевод, печатный источник, автограф, сравнительное исследование, заступничество, маснави Dog‘iy ijodiy adabiy merosi hali ochilmagan xazina. Shoirning adabiy merosi adabiyotshunoslar tomonidan ham, matnshunoslar tomonidan ham mufassal o‘rganib chiqilmagan. Shuning uchun Dog‘iy hayoti va ijodiga aloqador ma’lumotlar oz miqdorni tashkil etadi. Hozirda biz kitobxonlar qo‘lida uning lirik merosi aks etgan birgina nashriy manba bor. Shoir qo‘lyozmalaring tabdili o‘g‘li Hoshimxo‘ja Yo‘ldoshxo‘ja o‘g‘li tomonidan amalga oshirilgan. Dog‘iy she’rlarining avtograf qo‘lyozmasi va nashri qiyosiy tadqiq etilganda ular o‘rtasida bir qator farqli holatlar ko‘zga tashlandi. Buning bir qator sabablarini keltirish mumkin. Birinchidan, Hoshimxo‘ja tomonidan nihoyatda qisqa muddatda tabdil qilib tugatilgan. Ikkinchidan, Hoshimxo‘ja shoir she’rlarini ilmiy jamoatchilikka tezroq tuhfa etishni maqsad qilgan. Uchinchidan, shoir she’rlari nashridagi mavjud xato va kamchiliklarning katta qismi nashriyot xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Qo‘lyozmalarni eski o‘zbek yozuvidan krill yozuviga o‘z o‘g‘li tomonidan ko‘chirilganligi tufayli ham asliyat va tabdil o‘rtasidafi farq-tafovutlar u qadar ko‘p sonni tashkil etmaydi. Shoirning “Munojot”ining asliyati va tabdili o‘rtasidagi farq va tafovutlani ko‘rib chiqamiz. غار تاجانم (Munojoti Dog‘iy) هايس ىور ىنم بار اي مرلايا تاجاخ ضرع هابت لاخ ىبك نم هرحيا كنيخاكرد نيكمراب (Arzi hojat ayladim, yo Rab, meni ro‘yi siyoh, Bormukin dargohing ichra men kabi holi taboh.) نوحوا نس تدابع ظخل رب هرحيا رمع ميدامليق ه لا اي ءلبظغ كناسقاب ىنم ميلاح رولوا ان (Qilmadim umr ichra bir lahza ibodat sen uchun, 185 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Na bo‘lur holim mani, boqsang g‘azab-la yo Iloh.) [3; 81] Shoirning quyidagi “Munojot”i qo‘lyozmada o‘zining husnixati bilan yozil-gan. Dog‘iy munojotlarini masnaviy, ya’ni ikkilik tarzida beradi. Munojotning asliyati va tabdilini solishtirib ko‘rganimda, she’rning 2-baytining 2-misrasidagi 2-so‘z ر ولوا – o‘lur so‘zi tabdilida “bo‘lur” shaklida yanglish yozilganiga guvoh bo‘ldim. Bu so‘zni eski o‘zbek yozuvi qoidalariga muvofiq tarzda o‘qisak, “bo‘lur” emas, “o‘lur” shaklida o‘qiladi, chunki bu yerda “be” harfi ifodalanmagan. Demak, misrasini to‘g‘rilab o‘qisak, quyidagicha bo‘ladi: Qilmadim umr ichra bir lahza ibodat sen uchun, Na o‘lur holim mani, boqsang g‘azab-la yo Iloh. Shoir munojotining keying misralarini tahlil qilishni davom ettiramiz: ه ديدلا كنيلوس نمساملوتوق ءلرب ميغامنات هاوك ميمصجرورهغرلانايصع ومرج واطخ مك (Tonmog‘im birla qutulmasman savoling oldida, Kim xato-u jurm-u isyonlarg‘adur jismim guvoh) هرييوك ىناوه وسفن اجب كينرما ميرامتا هاك حه ىنتنس كنبيبح يايحا ءكاي (Etmadim amring bajo nafsu havoni ko‘yida, Yoki ihyoyi habibing sunnatini hech goh.) تعفنم نمبيليب نيطاشن وشن تيصعم هاج وذع نمبوروك نيتاعرم رب نيثنمه (Ma’siyat nash’u nishotini bilibman manfaat, Hamnishini bad murootin ko‘rubman izzu joh.) [3;15] Dog‘iy qo‘lyozmalari o‘z farzandi, avlodi tomonidan ko‘chirilganligi tufayli asliyat va tabdillar o‘rtasida farqlar ko‘p sonni tashkil qilmaydi. Quyidagi munojotning 5-baytidagi 1- misrasining 3-so‘zi نيطاشن – nishotin va 2- misraning 1-so‘zi نيثنمه – hamnishin so‘zlaridagi i tovushi tovushi qo‘lyozmada ifodalanmagan. Eski o‘zbek yozuvidan krill yozuviga ko‘chirilayotganda vazn talabi bilan i tovushi orttirilgan bo‘lishi ham mumkin. بوشوق اكيرامش ميبابحا ىنم مه رث لها هاوخريخ ءسلوا مك نمبلاكنا هاوخرب ونمشر (Ahli shar hamdamni ahbobim shumoriga qo‘shub, Dushmanu badxoh anglabman kim o‘lsa xayrxoh. ) هريلاوحا كيل هراتفا نيعم ماسلوب ميك ءغميك هاح اكميتسا غايا ىرذاق تبقع ءسثات (Kimgakim bo‘lsam mu’in aftodalik ahvolida, Topsa imkon oqibat qozdi oyog‘ ostimga choh.) نيدراتفرجك خرح لوب ءمشاب اهلا اي ه ا ىرلوت اكميلير تفلك مغ عاونا ىدغاي (Yo Iloho, boshima bul charxi kajraftordin, Yozdi anvoi g‘amu kulfat, dilimga to‘ldi oh.) [3; 82] 186 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Qo‘lyozma variant bilan krill yozuviga ko‘chirilgan variantni bir-biriga solishtirishda davom etsak,7-baytning 1-misrasidagi ميك ءغميك – kimg‘akim so‘zi tabdilda kimgakim shaklida berilgan. Bilamizki, ayn va g‘oyn harfi birgina nuqta bilan farq qilganligi uchun ushbu misrada u qadar jiddiy bo‘lmagan xatolikka yo‘l qo‘yilgan. Munojot tahlilini davom ettirsak, 8- baytning 2- misrasidagi 1-so‘z ىدغاي – yog‘di so‘zi nashriy variantda yozdi deb noto‘g‘ri tarjima qilingan. Haqiqatan ham, ushbu misraga “yog‘di” so‘zi qo‘yilsa quyidagicha ma’no chiqadi: “Ey Ollohim, bu teskari aylanuvchi falak boshimga anvoyi g‘am-u kulfatlarni yog‘dirdi, dilimga ohni to‘ldirdi”. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Болтабаева О. ХХ аср бошлари Наманган адабий ҳаракатчилиги намояндалари // Нутқ маданияти ва тилшуносликнинг долзарб муаммолари Республика ил
Доказательный фрагмент
«В диссертации анализируется литературное наследие Догии.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ диссертации анализируется литературное наследие Догии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- originality, translation, printed source, autograph manuscript, comparative, munojot, avtograf qo‘lyozma, asliyat, nashriy manba, qiyosiy tadqiq, masnaviy., tabdil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025