Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZO‘RAVONLIK VA IJTIMOIY HIMOYA PSIXOLOGNING O‘RNI VA IMKONIYATLARI
Tursunova Nodira Abdusamatovna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
В данной статье анализируются социально-психологические корни насилия, его виды и последствия. Освещаются современные возможности системы социальной защиты, а также роль и возможности психолога в работе с жертвами насилия. В статье рассматривается международный опыт и проводимые реформы в условиях Узбекистана. Особое внимание уделено практическим технологиям психологической помощи (диагностика, консультирование, реабилитация, профилактика) и роли психологов в системе социальной защиты. Ключевые слова: Насилие, социальная защита, психологическая помощь, реабилитация, профилактика, диагностика. Ishning dolzarbligi: Bugungi globallashuv va ijtimoiy o‘zgarishlar davrida zo‘ravonlik masalasi nafaqat alohida oilaviy yoki shaxsiy muammo sifatida, balki butun jamiyat barqarorligi, ijtimoiy taraqqiyot va milliy xavfsizlik masalasi sifatida ham dolzarblik kasb etmoqda. BMTning 2023-yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha ayollarning 30 foizdan ortig‘i hayoti davomida kamida bir marta turli shakldagi zo‘ravonlikka duch keladi. UNICEF hisobotlarida esa zo‘ravonlikka uchragan bolalarning psixologik travmalari ularning keyingi hayoti, ta’lim jarayoni va ijtimoiy moslashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etilgan. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda gender tenglikni ta’minlash, oilada sog‘lom muhit yaratish, bolalarni himoya qilishga oid qator davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. Xususan, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun (2019-yil), “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar zo‘ravonlikka qarshi kurashishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, bu jarayonda psixologlarning o‘rni tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki faqat huquqiy yoki ijtimoiy choralar emas, balki psixologik yordam ham zo‘ravonlik qurbonlarining hayotga qayta moslashuvida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ishning maqsadi: Zo‘ravonlik va ijtimoiy himoya psixologning o‘rni va imkoniyatlarini o`rganish. Tadqiqotning vazifalar: Zo`ravonlik va ijtimoiy himoyada Psixologning vazifasi. Zo`ravonlik va uning turlari; Zo`ravonlikning salbiy oqibatlari; 156 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7 Tadqiqot natijalari:1. Zo‘ravonlik tushunchasi va turlari Zo‘ravonlik – bu shaxsning boshqa shaxsga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy zarar yetkazuvchi, majburlash va tazyiqqa asoslangan xatti-harakatlar majmuidir. Ilmiy adabiyotlarda zo‘ravonlik quyidagi turlarga bo‘linadi: Jismoniy zo‘ravonlik – kaltaklash, tan jarohati yetkazish, majburlash; Ruhiy zo‘ravonlik – haqoratlash, tahqirlash, doimiy nazorat va qo‘rqitish; Jinsiy zo‘ravonlik – majburiy jinsiy aloqaga jalb qilish, jinsiy erkinlikka tajovuz; Iqtisodiy zo‘ravonlik – moliyaviy mustaqillikni cheklash, moddiy resurslardan mahrum qilish Bu toifalarning har biri qurbonning ruhiy dunyosida chuqur iz qoldiradi, ijtimoiy faoliyatini susaytiradi va jamiyatda moslashuvini qiyinlashtiradi. 2. Zo‘ravonlikning ijtimoiy va psixologik oqibatlari Zo‘ravonlikning oqibatlari ikki darajada namoyon bo‘ladi: Ijtimoiy oqibatlar – oilaviy ajrimlar, jinoyatchilikning oshishi, bolalarning tarbiyasida muammolar, jamiyatdagi beqarorlik. Psixologik oqibatlar – depressiya, posttravmatik stress buzilishi (PTSB), o‘z-o‘ziga ishonchsizlik, ijtimoiy fobiyalar, agressiya yoki passivlikning kuchayishi. Psixologlar ta’kidlaganidek, zo‘ravonlik qurbonlari ko‘pincha “travmatik aylana”dan chiqolmaydi: qo‘rquv, umidsizlik va o‘zini ayblash hissi ularning normal hayotga qaytishini qiyinlashtiradi. 3. Ijtimoiy himoya tizimi va huquqiy asoslar O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Zo‘ravonlik qurbonlari uchun “Xavfsizlik orderi” instituti, vaqtinchalik boshpana markazlari, reabilitatsiya xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Xalqaro miqyosda esa BMTning “Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida”gi Konvensiyasi (CEDAW), “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya, Yevropa Kengashining Istanbul konvensiyasi zo‘ravonlikka qarshi kurashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 4. Psixologning o‘rni va imkoniyatlar Psixolog zo‘ravonlik qurbonlari bilan ishlashda quyidagi vazifalarni bajaradi: Diagnostika – qurbonning ruhiy holatini aniqlash, travma darajasini baholash; Maslahat berish – shaxsning o‘zini tiklashiga yordam berish, qo‘llab-quvvatlash; Reabilitatsiya – uzoq muddatli psixoterapiya orqali ruhiy muvozanatni tiklash; Profilaktika – oilalarda sog‘lom munosabatlarni shakllantirish, jamiyatda zo‘ravonlikka toqat qilmaslikni targ‘ib qilish. 5. Psixologik yordamning zamonaviy texnologiyalari Bugungi kunda zo‘ravonlik qurbonlariga yordam berishda quyidagi psixoterapevtik yondashuvlar samarali hisoblanadi: Kognitiv-behavioral terapiya (KBT) – salbiy fikrlarni qayta shakllantirish; Art-terapiya – ijodiy faoliyat orqali stressni kamaytirish; Oilaviy maslahat – oila a’zolari bilan ishlash orqali muammoni bartaraf etish; Guruhiy terapiya – qurbo
Доказательный фрагмент
«В данной статье анализируются социально-психологические корни насилия, его виды и последствия.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье анализируются социально-психологические корни насилия, его виды и последствия. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Насилие, социальная защита, психологическая помощь, psixologik yordam, Zo‘ravonlik, profilaktika, reabilitatsiya, ijtimoiy himoya, diagnostika.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025