К содержанию
РецензированоUZ2026

DAVLAT TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH · Toshmurodova Xalima To’raxonovna

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada davlat tili darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Muallif ona tilini o‘qitishda interfaol metodlarning (aqliy hujum, “Insert”, klaster, “B-B- B”, debat va munozaralar, rolli o‘yinlar) qo‘llanilishi bo‘yicha misollar keltiradi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (multimedia taqdimotlari, onlayn testlar, elektron darsliklar) foydalanishning afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada zamonaviy texnologiyalarning o‘quvchilar bilimini chuqurlashtirish, mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, nutq madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Natijada davlat tiliga bo‘lgan qiziqish va hurmat ortishi, darslar samaradorligi sezilarli darajada oshishi qayd etiladi. Kalit so‘zlar: davlat tili, zamonaviy pedagogik texnologiya, interfaol metod, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nutq madaniyati, mustaqil fikrlash. Annotation This article highlights the theoretical and practical aspects of using modern pedagogical technologies in state language classes. The author provides examples of applying interactive methods (brainstorming, “Insert”, cluster, “B-B- B”, debates and discussions, role plays) in teaching the mother tongue. The advantages of using information and communication technologies (multimedia presentations, online tests, electronic textbooks) are also emphasized. The article substantiates the role of modern technologies in deepening students’ knowledge, developing independent and creative thinking skills, and shaping speech culture. As a result, it is noted that interest and respect for the state language increase, and the effectiveness of lessons significantly improves. Keywords: state language, modern pedagogical technology, interactive method, information and communication technologies, speech culture, independent thinking. Ona tili – millatning ruhi, xalqning tarixiy xotirasi, madaniyati va ma’naviy qadriyatlarini mujassam etuvchi muqaddas boylikdir. Shu boisdan ham davlat tilini o‘qitish jarayoni faqat grammatik bilimlarni berish bilangina chegaralanib 50 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference qolmay, balki o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, nutq madaniyatini shakllantirish, milliy g‘ururni yuksaltirishga xizmat qilishi lozim. Bugungi globallashuv davrida ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki an’anaviy usullardan farqli o‘laroq, zamonaviy texnologiyalar o‘quvchini ta’lim jarayonining faol sub’ekti sifatida shakllantiradi. Prezident Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Ona tili va adabiyot darslarini yangi uslubda, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirib, ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi” Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim samaradorligini oshirish bilan birga, o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ularning asosiy vazifalari: -o‘quvchilarda mustaqil va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish; -o‘z fikrini og‘zaki va yozma shaklda to‘g‘ri bayon qilish ko‘nikmalarini shakllantirish; -til va adabiyot faniga qiziqishni oshirish; -darslarda interfaollik va ijodkorlikni kuchaytirishga yordam beradi. Hozirgi kunda fidoyi o’qituvchilarning ijodiy izlanishlari orqali bir qancha zamonaviy ta’lim usullari ishlab chiqildi.Bunday usullardan samarali foydalanish uchun ,avvalambor,o’qituvchi o’z fanini puxta bilishi ,ilg’or zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan yaxshi xabardor bo’lib,ulardan samarali foydalanish yo’llarini kashf eta olishi lozim.Shundagina o’qitish sifati ham,o’quvchilarning fanni o’zlashtirish darajasi ham yuqori bo’ladi. Davlat tilidan dars beruvchi o’qituvchi ham tom ma’noda ijodkor bo’lishi shartdir. .Zero,adabiyot,ona tili,davlat tili darsi ham ta’lim ,tarbiya –tashviqot ,ham notiqlik ,ham san’atkorlik,ham savodxonlikning mujassamlashgan ko’rinishi hisoblanadi. Pedagog olim Sh. A. Xolbekov ta’kidlaganidek: “Til o‘qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o‘quvchi shaxsini rivojlantirish, ularni erkin muloqotga kirisha olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur” Davlat tili darslarida quyidagi metodlarni qo’llash yaxshi samara beradi. 1. Aqliy hujum (Brainstorming) 51 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Bu metod o‘quvchilarda erkin fikrlash va tezkor javob qaytarish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Masalan, “Ona tilining jamiyatdagi o‘rni” mavzusi yuzasidan o‘quvchilarning barcha fikrlari yig‘iladi va umumiy xulosa chiqariladi. 2. “Insert” metodi Matn ustida ishlashda o‘quvchi o‘zi bilgan, tushunmagan yoki yangilik bo‘lgan joylarni belgilab boradi. Bu usul matnni ongli idrok etish va tahlil qilishni osonlashtiradi. 3. Klaster metodi Tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni grafik tarzda ko‘rsatishga yordam beradi. Masalan, “Nutq madaniyati” atrofidagi asosiy g‘oyalar klaster ko‘rinishida tuziladi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada davlat tili darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada davlat tili darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
state language, modern pedagogical technology, interactive method, interfaol metod, mustaqil fikrlash., axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, nutq madaniyati, davlat tili, zamonaviy pedagogik texnologiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники