К содержанию
РецензированоUZ2026

RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASI VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA

Yusufaliyeva Mushtariybegim Qosim qizi

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

Taqdim etilayotgan ushbu maqolada rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning sirli tarixi va ushbu sohaga oid izlanishlar, bola psixologiyasidagi ahamiyatli jihatlar borasida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: Psixologiya, rivojlanish, yosh psixologiyasi Individ, bola psixikasi, olimlar fikri. Hozirgi davrda mamlakatimizda, shu jumladan xalq maorifi tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar o‘qituvchilar, barcha pedagoglar oldiga o‘quvchining bilimlarni yuksak darajada o‘zlashtirishi; o‘quvchilar mustaqil tafakkurini, ular aktivligini rivojlantirish; ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash; ularning tafakkur, muloqot, o‘qish, mehnat qilishga bo‘lgan qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi murakkab va mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun faqat pedagogika fanining nazariy asoslarini, har bir o‘qituvchi predmetni o‘qitish metodikasini, maktab o‘quvchilarining fiziologiyasi asoslari, maktab o‘quvchilari gigiyenasi asoslarinigina bilish emas, balki ma’lum darajada psixologik bilimlarga ham ega bo‘lish lozim. Yosh psixologiyasi har bir yosh davrining qaytarilmas xususiyatlarini, yillar o‘tgan sari, asta-sekinlik bilan bola qanday qilib inson bo‘lib shakllanishi, shaxs sifatida o‘zini ijtimoiy munosabatlarda namoyon qilishi, kasb tanlashi, muloqot jarayonida o‘zining erk, huquq va majburiyatlariga intilishi, qanday qilib sevishi, ishonchli do‘st bo‘lib tarkib topishi, o‘zi va boshqalar uchun mas’uliyatni his qilishi kabi jihatlarni tadqiq etadi. Bilimlarning har bir sohasi o‘ziga xos nomlanishga ega. Lekin ba’zi bir bilimlar sohasi bir necha nom bilan ham atalishi mumkin. Masalan, yosh psixologiyasini boshqacha qilib, rivojlanish psixologiyasi deb nomlash mumkin. Ammo bu yerda aynan bitta yoki bir-biriga mazmun jihatdan juda yaqin bo‘lgan bilimlar sohasi ko'zda tutiladi va inson xulq-atvori, psixik rivojlanishning yosh xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritilmoqda. Rus psixologi R.S.Nemov asarlarida ular sinonim sifatida qo‘llaniladi. Rivojlanish psixologiyasi —inson psixologiyasining yosh jihatdan qayta tuzilishi qonunlari haqidagi bilimlar sohasi. Rivojlanish — bu bir holatdan boshqa murakkabrog‘iga o‘tish, eski holatdan yangi sifat bosqichiga o‘tish, oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga o‘tish jarayonidir. Yosh psixologiyasini rivojlanishdan tashqarida, o‘zgarmas deb qarash mumkin emas. 130 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Xuddi shunday, rivojlanishni yosh xususiyatlarini ajratib ko‘rsatmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi.[6] Yosh psixologiyasi psixika va xulq-atvorda bir yosh davridan ikkinchisiga o‘tishda yuzaga keladigan miqdoriy hamda sifatiy o‘zgarishlarni o‘rganadi. Odatda bu o‘zgarishlar hayotning muayyan bosqichlarini, bir necha oydan (go‘daklik davri) to bir qancha yillarni (katta yosh davrida) qamrab oladi. Ushbu o‘zgarishlar «doimiy ta’sir etib turuvchi» omillar — biologik yetilish hamda inson organizmining psixofiziologik holati, uning insonga xos bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimida tutgan o‘rni, intellektual hamda shaxs rivojlanishida erishgan darajasiga bog‘liq bo'ladi.[7] Yosh psixologiyasining predmeti — inson psixikasining yosh jihatdan taraqqiyoti, psixik jarayonlar hamda inson shaxsi xislatlarining ontogenezini o‘rganishdan iborat. Pedagogik psixologiyani bilish tarbiya ishlarida ham zarurdir. Shaxs tarkib topishi jarayonining psixologik qonuniyatlarini, jumladan, axloqiy odatlar va ishonch-e’tiqod tarkib topishining qonuniyatlarini bilmay turib, to‘g‘ri tarbiya berish mumkin emas. Kelajak avlodni har tomonlama manaviyatli va yuksak salohiyatli qilib ulg‘aytirish nafaqat pedagogning, balki barchamizning yelkamizdagi eng muhim mas’uliyatimizdir. Har bir bolaning yoshi ulg‘aygan sari o‘ziga xos yosh davrlarini boshidan kechiradi. Bolaning har bir yoshi qiyinchiliklariga ega bo‘ladi va o‘ziga nisbatan maxsus munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarga nisbatan psixologik jihatdan to‘g‘ri keladigan va yaroqli bo‘lgan narsa, ko‘pincha o‘smirlarga nisbatan yaroqsiz va xato bolishi mumkin. Biroq o‘qituvchi, tarbiyachi shunchaki ma’lum yoshdagi o‘quvchi bi­lan emas, balki konkret bir o‘quvchi bilan, individual shaxs bilan ishlaydi.[11] Yosh va pedagogik psixologiyaning birligi yosh va pedagogik psixologiya o‘rganadigan obyektning umumiyligidadir. Bu ikkala fanning o‘rganish obyekti —bolalar, o‘smir va o‘spirinlar bo‘lib, yosh psixologiyasi ularni yosh taraqqiyoti bo‘yicha o‘rgansa, pedagogik psixologiya tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchi sifati­ da, ya’ni pedagogning ta’lim-tarbiya jarayonida biror maqsadga qaratilgan ta’siri sifatida o‘rganadi. Ta’lim va tarbiya jarayonida har bir bolaga psixologik yondashuvlar, psixologik bilimlarning yuqoriligi va shaxsga individual yondashuvdagi muhim ko‘nikmalarning shakllanganligi pedagog va psixologning kasbiy salohiyatining yana bir ustuvor tomonini belgilaydi. yosh psixologiyasi va pedagogik psixol

Доказательный фрагмент

«Taqdim etilayotgan ushbu maqolada rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning sirli tarixi va ushbu sohaga oid izlanishlar, bola psixologiyasidagi ahamiyatli jihatlar borasida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Taqdim etilayotgan ushbu maqolada rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning sirli tarixi va ushbu sohaga oid izlanishlar, bola psixologiyasidagi ahamiyatli jihatlar borasida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Psixologiya, bola psixikasi, rivojlanish, olimlar fikri., yosh psixologiyasi Individ
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники