Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHALLIY MINERAL XOMASHYOLAR ASOSIDA PIGMENT OLISHNING INNOVATSION USULLARI
OLISHNING INNOVATSION USULLARI · Axmedova Saboxat Axmedovna · Hazratova Dilshoda Azamovna · Mardonov O‘ktam Mardonovich
Инновационные исследования в науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada mahalliy mineral xomashyolardan samarali foydalanish asosida pigment olishning innovatsion usullari yoritilgan. An’anaviy texnologiyalar ko‘p hollarda yuqori energiya sarfi va ekologik muammolar bilan bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan pigmentlarning sifati ham cheklangan bo‘lishi mumkin. Taklif etilayotgan innovatsion usullar esa mahalliy boy mineral resurslardan foydalanib, ekologik xavfsiz, energiya tejamkor va yuqori sifatli pigment olish imkonini beradi. Tadqiqot jarayonida tabiiy temir oksidli, marganesli va kaolinitli xomashyolardan foydalanish samaradorligi tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yangi texnologik yondashuv pigmentlarning rang intensivligi, kimyoviy barqarorligi va dispersligini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi. Bunday yondashuv nafaqat import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishga, balki respublika sanoatida iqtisodiy samaradorlik va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: pigment, mineral xomashyo, innovatsion texnologiya, temir oksidi, marganes, kaolinit, ekologik xavfsizlik. Bugungi kunda rangli pigmentlarga bo‘lgan talab qurilish, bo‘yoqchilik, keramika, polimer va boshqa sohalarda yildan-yilga ortib bormoqda. Mahalliy mineral resurslar bazasi esa ushbu talabni qondirish uchun yetarlicha keng imkoniyatlarga ega. Shu bilan birga, mavjud texnologiyalar ko‘pincha qimmat import reagentlarga asoslanib, ishlab chiqarish xarajatlarining ortishiga hamda atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo‘ladi. Innovatsion yondashuv sifatida mahalliy mineral xomashyolarning fizik- kimyoviy xossalarini oldindan chuqur tahlil qilish, ularni termik, gidrotermal va mexano-kimyoviy usullarda qayta ishlash orqali yuqori sifatli pigment olish imkoniyati ko‘rib chiqildi (1-jadval). Masalan, temir oksidli minerallardan tabiiy “qizil oksid” pigmenti, marganesli xomashyolardan esa to‘q-jigarrang rangli pigmentlar olish mumkin. Kaolinit va boshqa gil minerallari esa pigmentlarning dispersligini oshirishda asosiy komponent bo‘lib xizmat qiladi. 69 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference 1-jadval An’anaviy va innovatsion pigment olish usullarining taqqoslanishi Innovatsion usullar Ko‘rsatkichlar An’anaviy usullar (taklif etilgan) Import reagentlar, Mahalliy mineral resurslar Xomashyo manbai qimmat kimyoviy (temir oksidi, marganes, moddalar kaolinit) Energiya sarfi Yuqori Past (energiya tejamkor) Rang intensivligi O‘rtacha Yuqori Rang barqarorligi (UV Past Yuqori va issiqlikka) Chiqindilar ko‘p, zararli Minimal chiqindi, ekologik Ekologik ta’sir gazlar xavfsiz Yuqori (import o‘rnini Iqtisodiy samaradorlik Past (importga bog‘liq) bosuvchi) Pigment dispersligi Yetarli emas Yuqori, yaxshilangan Olingan natijalar pigmentlarning yuqori rang beruvchanlik qobiliyatiga, ultrabinafsha nurlar ta’siriga chidamliligiga va issiqlikka barqarorligiga erishilganini ko‘rsatdi. Shuningdek, ishlab chiqilgan texnologiyalar qayta ishlash jarayonida minimal chiqindi hosil qiladi va ekologik tozaligi bilan ajralib turadi. Yuqoridagi keltirilgan usullar asosida Buxoro davlat universitetida ham bir necha xil rangli noorganik pigmentlar olingan (1-rasm). Natijalar 2 yil muddat ichida ularning ultrabinafsha nurlar ta’siriga chidamliligiga va issiqlikka barqarorligi sinovdan o‘tkazildi. Ushbu natijalarga ko‘ra mineral xomashyolar asosida olinadigan pigmentlarning rangdorligi va barqarorligi hamda travertin uchun eng qulay ta’sirlashuvchi ekanligi tasdiqlandi. 70 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference 1-rаsm. Kimyоviy qаytа ishlаb оlingаn аyrim kukunsimоn рigmеntlаr Umuman olganda, mahalliy mineral xomashyolar asosida pigment ishlab chiqarishning innovatsion usullarini joriy etish respublikamiz sanoatida importni kamaytirish, yangi turdagi mahsulotlarni yaratish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashning samarali yo‘llaridan biri hisoblanadi. Список литературы: 1. Арютина В. П. и др. Природные пигменты разного типа из местного сырья //Известия Казанского государственного архитектурно- строительного университета. – 2004. – №. 1 (2). – С. 51-53. 2. Чапская А. Ю. Получение керамических пигментов на основе шпинелей методом самораспространяющегося высокотемпературного синтеза : дис. – 2007. 3. Бойко А. А. и др. Разработка новых цветных пигментов и глазурей на основе индустриальных отходов. – 2004. 4. Кусков В. Б., Кускова Я. В. Разработка технологии получения железооксидных пигментов //Металлург. – 2010. – №. 3. – С. 70-72. 5. Фролова Л. А., Пивоваров О. А., Бутырина Т. Е. Моделирование цветообразования шпинельных пигментов //Системні технології. – 2013. – №. 2. – С. 146-154. 6. Amonov M.R. et al. Study of chemical properties combination chemical method of wastewater treatment by methods IR-spectroscopy and X-ray diffraction //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2023. – Т. 389. – С. 01020. 71 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference 7. Nazarov S. et al. Investigation of thermal
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada mahalliy mineral xomashyolardan samarali foydalanish asosida pigment olishning innovatsion usullari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada mahalliy mineral xomashyolardan samarali foydalanish asosida pigment olishning innovatsion usullari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mineral xomashyo, innovatsion texnologiya, pigment, kaolinit, ekologik xavfsizlik., temir oksidi, marganes
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026