К содержанию
РецензированоUZ2026

SUDYALARNING KASBIY HUQUQIY ONGI: TUSHUNCHASI, XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI

Nishanov Sanjar Yuldibayevich

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Har bir sudyaning ichki olami — bu faqat qonun matnlarini yodlashdan iborat emas, balki insonning ichki vijdoni, adolatga bo‘lgan to‘yg‘usi va jamiyat oldidagi mas’uliyati bilan bog‘liq murakkab ma’naviy fenomendir. Ushbu maqolada sudyalarning kasbiy huquqiy ongining nazariy asoslari, shakllanish omillari va rivojlanish yo‘nalishlari ilmiy-tadqiqotlar va amaliyot misollari orqali chuqur tahlil qilingan. Shu bilan birga, milliy va xalqaro tajribalarning sudya ongini mustahkamlashdagi o‘rni ko‘rsatildi. Bu tadqiqot nafaqat huquqshunoslarga, balki keng jamoatchilikka ham sud tizimining insoniy va ma’naviy jihatlarini yaqinroq anglashda yordam beradi. Sudya kasbiy huquqiy ongi — bu o‘ziga xos ma’naviy ruhiy holat bo‘lib, u faqat qonuniy bilimlarni emas, balki ichki vijdonni, adolatni his etish va ustida mas’uliyatni his qilishni ham o‘z ichiga oladi. Bu ong — sudyani oddiy mantiqiy funksiyalarni bajaruvchidan ijodkor, ijtimoiy adolat poydevorini barpo qiluvchi shaxsga aylantiradi. Inson ruhidagi huquqiy ongning shakllanishi insonning shaxsiy xususiyatlari, bilimlari, ijtimoiy muhiti va hayot tajribasi bilan chambarchas bog‘liq. U. Tadjixanovning ta’kidiga ko‘ra, sudya ongi – bu “huquqiy bilim bilan birga, ichki vijdon va mas’uliyat tuyg‘usini o‘zida mujassam etgan” yondashuvdir¹. Xorijiy olim Ronald Dvorkin esa sudya faoliyatini “huquqni ijod qilish jarayoni” sifatida bayon etib, uning “qonunni qo‘llash emas, balki uni ijodkorona qayta talqin etishi” muhimligini ta’kidlaydi². Shu nuqtai nazardan, sudya ongi – faqat huquqiy algoritm emas, balki insoniy va ijtimoiy voqeliklarni hisobga oluvchi dinamik jarayondir. Huquqiy ongning shakllanishi bir necha omillarga bog‘liq: Malakali huquqiy ta’lim: Faqat nazariy bilim emas, balki huquq amaliyoti, interpretatsiya uslublari va axloqiy standartlar ham o‘rgatiladi. Oliy sudyalar maktabida bu yo‘nalishlarda zamonaviy ta’lim usullari — interaktiv darslar, simulyatsiya o‘yinlari va axloqiy treninglar joriy etildi³. 154 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Ijtimoiy-axloqiy muhit: Sudya shaxsiy ruhi va atrof muhiti bilan bog‘liq. Axloqiy madaniyat, jamiyatdagi ijtimoiy talablar va adolat me’yorlari sudya ongining muhim elementlaridir. Psixologik barqarorlik va vijdon: Psixodiagnostik testlar va shaxsiy rivojlanish dasturlari sudyaning ichki muvozanatini saqlashga yordam beradi⁴. O‘zbekistonda sudyalar kasbiy ongini mustahkamlash uchun 2019 yilda Oliy sudyalar maktabi tashkil etildi. Bu maktabda zamonaviy ta’lim metodlari — axloqiy va psixologik treninglar, ma’naviy-me’rifat seminarlari tadbiq qilinmoqda³. Xalqaro miqyosda Yevropa Kengashi, IOJT va CEELI kabi tashkilotlar sudyalarning kasbiy va axloqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda faol ishtirok etadi. Masalan, CEELI’ning ma’naviy-me’rifat standartlari bo‘yicha resurslari sudyalarning ichki ongini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlarni taqdim etadi⁵. Sud qarorlarining ochiqligi va jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida elektron bazalar — exsud.sud.uz kabi platformalar ishga tushirildi, bu sud faoliyatining shaffofligini oshirish va jamoatchilik ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi. Sudya kasbiy huquqiy ongi — bu nafaqat huquqiy bilimlar, balki ichki vijdon, axloqiy mas’uliyat va ijtimoiy adolatning uyg‘unligi. Ushbu ong sud tizimining ishonchli, mustaqil va adolatli bo‘lishining asosidir. Shu bois: Sudyalar uchun huquqiy va axloqiy ta’lim dasturlari muntazam takomillashtirilishi, Psixologik va axloqiy kompetensiyalarini baholash tizimi yangilanishi, Sud qarorlarining ochiqligi va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, Ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik orqali sudya ongini rivojlantirish lozim. Bu choralar sudyalarning ichki ma’naviy ruhiyatini mustahkamlab, adolatli va xolis qarorlarni qabul qilishini ta’minlaydi, jamiyatda sud tizimiga bo‘lgan ishonchni oshiradi.

Доказательный фрагмент

«Har bir sudyaning ichki olami — bu faqat qonun matnlarini yodlashdan iborat emas, balki insonning ichki vijdoni, adolatga bo‘lgan to‘yg‘usi va jamiyat oldidagi mas’uliyati bilan bog‘liq murakkab ma’naviy fenomendir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Har bir sudyaning ichki olami — bu faqat qonun matnlarini yodlashdan iborat emas, balki insonning ichki vijdoni, adolatga bo‘lgan to‘yg‘usi va jamiyat oldidagi mas’uliyati bilan bog‘liq murakkab ma’naviy fenomendir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
emas balki, bog liq, kasbiy huquqiy, sudyaning ichki, sudyalarning kasbiy, sudya ongini, sud tizimining
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники