Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MORTIMER ADLERNING KONSEPTUAL FIKRLASH NAZARIYASI VA SUN’IY INTELLEKTNING FALSAFIY CHEGARALARI
Suyunova Noila
Академические исследования в современной науке · 417–457 · 2026
Аннотация
This paper analyzes Mortimer Adler’s theory of conceptual thinking in relation to the philosophical implications of artificial intelligence (AI). According to Adler, conceptual thinking is the central epistemological feature that distinguishes human beings from other creatures and technical instruments. However, modern AI technologies appear to perform processes that resemble abstract reasoning. The paper explores the relationship between Adler’s theory and the development of AI, focusing on their epistemological and ontological differences, as well as the philosophical necessity of redefining the concept of “thinking” in the contemporary context Inson tafakkurining mohiyatini aniqlash falsafaning eng qadimiy muammolaridan biridir. Aristotelning “logos” haqidagi ta’limotidan boshlab, Dekartning “cogito”si, Kantning “aql kategoriyalari”gacha bo‘lgan izlanishlarda inson tafakkuri doimo o‘ziga xos va noyob fenomen sifatida talqin qilingan. Mortimer Adler ushbu an’anani davom ettirib, insonni boshqa mavjudotlardan ham, texnik vositalardan ham ajratib turuvchi xususiyatni konseptual fikrlash qobiliyati deb ta’kidlaydi.Bugungi kunda esa sun’iy intellekt (SI)ning rivoji bu nazariyani qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda. Chunki SI insoniy tafakkurni taqlid qila boshladi va shu orqali “fikrlash” tushunchasining o‘zi falsafiy muhokama markaziga aylangan. 1. Adlerning konseptual fikrlash nazariyasi.Adler “The Difference of Man and the Difference It Makes” asarida insonni hayvondan ajratib turadigan asosiy belgi sifatida umumiy tushunchalarni shakllantirish qobiliyatini ko‘rsatadi.Hayvonlar sezgi darajasida narsalarni idrok qiladi, ammo 193 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tushunchaga ko‘tarmaydi.Mashinalar hisoblashni amalga oshiradi, ammo bu jarayon semantik anglashdan xoli.Faqat inson abstrakt tushunchalarni ishlab chiqadi va ularni mantiqiy ta’riflarga joylashtiradi.Adler uchun konseptual fikrlash nafaqat gnoseologik, balki ontologik jihatdan ham insonning o‘ziga xosligini belgilaydi. Bu qarash Aristotelning “zoon logon echon” – “logosli mavjudot” haqidagi ta’limotiga uyg‘un keladi. 2. Sun’iy intellekt va “fikrlash” muammosi.Zamonaviy SI modellarining imkoniyatlari (matn yaratish, tilni qayta ishlash, obrazlarni umumlashtirish) insoniy konseptual faoliyatga yaqin ko‘rinadi. Ammo bu jarayonlarning mohiyatini falsafiy tahlil qilganda quyidagi farqlar ochiladi:Searle’ning “Chinese Room” argumenti SI “belgilar bilan manipulyatsiya qiladi”, lekin ularning ma’nosini anglamaydi. Bu – sintaktik faoliyat, ammo inson tafakkuri esa semantik anglashga asoslanadi.Heidegger nuqtayi nazaridan SI mavjudlikning “Dasein” tajribasidan mahrum. Inson dunyo ichida mavjudlikni anglaydi, SI esa “dunyoda yashamaydi”.Kant falsafasi asosida inson tajribasi kategoriyalar orqali tashkil etiladi, SI esa kategoriyalarni yaratmaydi, balki berilgan ma’lumotni qayta ishlaydi.Demak, SIning faoliyati insoniy tafakkurga tashqi tomondan o‘xshash bo‘lsa-da, ichki mohiyati tamoman boshqa. 3. Adler va SI o‘rtasidagi falsafiy ziddiyat va uyg‘unlik.Adlerning nazariyasiga ko‘ra, SI insoniy konseptual fikrlashni egallay olmaydi. Chunk unda ontologik ong yo‘q va maqsadli va erkin iroda mavjud emas,shuningdek,ma’no yaratish qobiliyatidan mahrum.Ammo SI taraqqiyoti Adler nazariyasini yangi falsafiy bosqichga olib chiqadi. Chunki bugungi kunda “fikrlash” atamasini faqat insoniy ong bilan cheklash tobora qiyinlashib bormoqda. Falsafa oldida savol tug‘iladi:Agar SI konseptual faoliyatni faqat “taqlid” qilsa, unda “fikrlash”ni qanday aniqlash kerak? Insoniy ongning noyobligi texnik intellekt fonida qay tarzda asoslanadi? “Fikr” tushunchasini toraytirish kerakmi yoki uni texnik jarayonlarga ham tatbiq etish mumkinmi? Bu savollar Adlerning merosini inkor etmaydi, balki uni kengaytirib, yangi gnoseologik ufqlar ochadi.Mortimer Adlerning konseptual fikrlash nazariyasi inson tafakkurining noyobligini ta’kidlaydi va uni boshqa intellekt shakllaridan ajratadi. Sun’iy intellektning rivoji esa ushbu nazariyani yangicha talqin qilishga majbur qilmoqda. Falsafiy jihatdan SIning “fikrlashi” inson tafakkuriga o‘xshash ko‘rinsa-da, u sintaktik jarayon bo‘lib, insonning semantik va ontologik anglashidan farq qiladi. Demak, Adlerning qarashlari bugun ham dolzarb: ular SI rivojiga qarshi emas, balki uni tushunish uchun konseptual asos yaratadi. Shu bilan birga, SI 194 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tufayli “fikrlash”, “ong” va “konseptual faoliyat” tushunchalarini qayta ochish falsafaning yangi vazifasiga aylanmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Adler, M. J. The Difference of Man and the Difference It Makes. New York: Holt, Rinehart and Winston, 1967. 2. Adler, M. J. Ten Philosophical Mistakes. New York: Macmillan, 1985. 3. Searle, J. R. “Minds, Brains, and Programs.” Behavioral and Brain Sciences, 3(3), 1980, pp. 417–457. 4. Heidegger, M. Being and Time. Harper and Row, 1962. 5. Kant,
Доказательный фрагмент
«This paper analyzes Mortimer Adler’s theory of conceptual thinking in relation to the philosophical implications of artificial intelligence (AI).»
Образец извлечения
Демо-превьюThis paper analyzes Mortimer Adler’s theory of conceptual thinking in relation to the philosophical implications of artificial intelligence (AI). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- konseptual fikrlash, mortimer adler, adler theory, conceptual thinking, inson tafakkurining, inson tafakkuri, bugungi kunda
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025