Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SARGUZASHT-DETEKTIV JANRI VA UNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI
Jalilova Gulchexra Maxmutdjonovna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
В статье рассматриваются приключенческо-детективные произведения, их своеобразие, важность их изучения в сравнительном плане, а также факторы, которые существуют на этапе их становления как жанра. Ключевые слова: приключенческо-детективный жанр, криминал, головоломная ситуация, интрига, фактор Qariyib bir yarim asrdan buyon minglab adabiyotshunoslar va kitobxonlar muhokamalari markazida bo’lib kelayotgan o’ziga xos g’oyaviy mazmun-mohiyat kasb etuvchi sarguzasht-detektiv janri o’zining sirli jumboqlarga boyligi, kutilmagan voqealar ketma-ketligi, o’quvchini sodir etilgan jinoyatni fosh etishda mantiqiy fikrlashga, zukkolikka undashi bilan tobora shuxrat qozonmoqda. Insoniyat yaralibdiki, atrofda sodir etilayotgan ijtimoiy tanazzul hisoblanmish- qonunbuzarlik, jinoyat va qotillik kabi jumboqli vaziyatlar ularda hamisha katta qiziqish uyg’otib kelgan va albatta, bu intriga san’at darajasida adabiyotda o’z aksini topishi sarguzasht-detektiv janrining bugungi mashxurligi va ommabopligini izohlaydi. Binobarin, bu turdagi asarlar hayotiy voqea va muammolarni reallik tamoiliga asoslangan holda, original ifoda etishi, asarni o’qish jarayonida kitobxon zamondoshi bo’lmish qahramonlarni, jinoyatchilarni badiiy bo’rttirishlarsiz odatiy tasavvur etishi bu janrda asarlar yaratishga bo’lgan ehtiyojni izohlaydi. Rus tadqiqotchisi Yurevna N.G. detektiv janri shiddat bilan rivojlanayotgani, adabiyot olamida salmoqli nufuzga erishayotgani va atrofida turli kitobxonlar auditoriyasini to’playotganini alohida t’kidlagan.1 Hususan, taniqli detektivshunos o’zbek yozuvchisi Tohir Malik va amerikalik yozuvchi Jon Verdon asarlari ana shular jumlasidandir. Sarguzasht-detektiv asarlarda aks ettirilgan jinoyat, jinoyatchining chuqur psixologik holati, uni jinoyatga undagan motiv, moddiy-ma’naviy sabablari, jabrlanuvchining ruhiy holati, jinoyatni fosh etishda yozuvchi tomonidan mohirona qo’llanilgan aqlni charxlovchi yechim, qahramonlar duch keladigan xavfli sayohat va sarguzashtlar adabiyotshunoslar va kitobxonlar tomonidan dolzarb mavzu sifatida e’tirof etildi va bu jarayon mazkur janr geografik 1 Наталья Юрьевна Георгинова, История появления и становления детективного жанра в литературе, Мир детектива, стр 2-6 28 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference o’rnining kengayishiga olib keldi. Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori B.A. Xoliqov har qanday badiiy asar voqelikning badiiy talqini bo’lib qolmasdan hayotning o’ziga xos falsafiy qonuniyatlarini aks ettiruvchi zalvorli fikrlarni ham o’rtaga tashlashi bilan muvaffaqiyat qozonishini ta’kidlagan.2 Sarguzasht- detektiv janri muvaffaqiyati esa, markaziy mavzu sifatida har qanday jinoyat jazosiz qolmasligi; hayotiy falsafasi, haqiqati qonunlarni mensimaslik va ularni buzish tamoyili asosida hayot kechiruvchi kimsalarning o’zlari va atrofidagi yaqin kishilari turmushidagi fojiali yakun; azaliy mavzu bo’lmish ezgulik va yovuzlik kurashi, har qanday vaziyatda bo’lmasin, alal oqibat ijtimoiy adolatning qaror topishi falsafasi jahon adabiyoti va milliy zamonaviy adabiyot tarixida ma’naviy-axloqiy ahamiyatga molik shoh asarlarning vujudga kelishiga zamin yaratishi bilan izohlanadi. Sarguzasht-detektiv janrining kelib chiqishi insoniyat ijtimoiy va badiiy dunyoqarashi shakllana boshlagan qadim zamonlarga borib taqaladi ya’ni, bu janr shunchaki bir adabiy yo’nalish emas, balki insoniyatning uzoq o’tmishdagi badiiy tafakkurining mahsuli hisoblanadi, insonlar dunyoni anglashga intila boshlagan davrlardan buyon sarguzast-detektiv janri asoslari yaratila boshlangan. Tadqiqotchilar fikriga ko’ra, detektiv janrining paydo bo’lishi insoniyatning ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarini ifoda etuvchi tabiiy tarixiy jarayondir.3 Tadqiqotchi B.A. Xoliqov izlanishlariga ko’ra, detektiv janri genezisi quyidagi uch omilning mavjudligi bilan ifodalanadi: Ma’naviy-ma’rifiy omil- bunda ilohiy kitoblar sanalmish “Injil”, “Qur’oni Karim”, payg’ambarlar va aziz avliyolar hayotidan hikoya qiluvchi hadis va rovoyatlarda ilk jinoyatning (diniy manbaalarga asoslansak, ilk gunohning) amalga oshirilishi va jinoyatga doir jazo qo’llanilishi, adolatning qaror toptirilishi bashariy jamiyatning ilk asoslari bo’lmish ushbu diniy-ilohiy kitoblarda o’z aksini topgan. Bunda “Ilk jinoyatni kim amalga oshirgan?”, “Qachon amalga oshirgan?”, “Qqanday amalga oshirgan?”, “Jinoyatni kim fosh etgan?” kabi savollarga javob izlanishi detektiv janri hususiyatlarini ifodalaydi. Bu janr ilk unsurlarini “Injil” hamda “Qur’oni Karim” kitoblarida keltirilgan Qobil va Hobil hikoyasida qotil va maqtul obrazlarida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Iymonsizligi va qalbini kemirayotgan hasad tufayli o’z ukasini o’ldirgan Qobil jinoyatini fosh etish uchun izquvarga hojat yo’q chunki sodir etilgan jinoyat tafsilotlari bilan ochiq-oydin berilgan va bu yerda Yaratgan izquvar, tergovchi va hakam vazifasida kelgan. Ijtimoiy-falsafiy omil- ma’lumki, har qanday jamiyat muvozanati ma’lum qonun ustuvorligi tamoyiliga asoslanad
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются приключенческо-детективные произведения, их своеобразие, важность их изучения в сравнительном плане, а также факторы, которые существуют на этапе их становления как жанра.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются приключенческо-детективные произведения, их своеобразие, важность их изучения в сравнительном плане, а также факторы, которые существуют на этапе их становления как жанра. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- приключенческо-детективный жанр, криминал, sarguzasht-detektiv janr, jinoyat, omil, intriga, jumboqli vaziyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025