К содержанию
РецензированоUZ2026

“RAQAMLI DAVRDA INSON HUQUQLARI: SHAXSIY HAYOT DAXLSIZLIGI VA KIBERXAVFSIZLIK”

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ashurova Mohlaroy Biloliddin qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda raqamli davrda inson huquqlarini ta’minlash masalalari, xususan, shaxsiy hayot daxlsizligi va kiberxavfsizlik muammolari yoritiladi. Globalizatsiya va texnologik taraqqiyot shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash hamda qayta ishlash jarayonini kengaytirib, insonlarning shaxsiy hayotini himoya qilishni murakkablashtirmoqda. Shu bilan birga, kiberjinoyatlar va axborot xurujlari sonining ortishi davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar oldiga yangi huquqiy va institutsional choralarni ishlab chiqish vazifasini qo‘ymoqda. Tezisda inson huquqlari umumiy tamoyillari bilan raqamli xavfsizlik o‘rtasidagi muvozanat, mavjud xalqaro huquqiy normalar (BMT rezolyutsiyalari, Yevropa Kengashi konvensiyalari va boshqa hujjatlar) hamda milliy qonunchilik tajribalari tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli davrda fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish huquqi va shaxsiy hayot daxlsizligini uyg‘unlashtirishning huquqiy, texnologik va ijtimoiy mexanizmlari muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: inson huquqlari, raqamli davr, shaxsiy hayot daxlsizligi, kiberxavfsizlik, ma’lumotlarni himoya qilish, kiberjinoyatlar, axborot erkinligi, milliy qonunchilik Metodologiya Mazkur tadqiqotda mavzuga ilmiy yondashuv sifatida analitik, taqqoslama va normativ- huquqiy tahlil usullaridan foydalanildi. Avvalo, raqamli davrda inson huquqlari, shaxsiy hayot daxlsizligi va kiberxavfsizlik bo‘yicha mavjud xalqaro hujjatlar, xususan, BMT rezolyutsiyalari hamda Yevropa Kengashi konvensiyalari tahlil qilindi. Shuningdek, turli davlatlarning milliy qonunchilik tajribalari o‘zaro taqqoslandi va ularning amaliyotdagi samaradorligi baholandi. Statistik ma’lumotlar va amaliy holatlar orqali kiberjinoyatlar dinamikasi hamda ularning inson huquqlariga ta’siri o‘rganildi. Shu asosda, xalqaro hamkorlik va milliy siyosatni uyg‘unlashtirish bo‘yicha xulosalar ishlab chiqildi. Muhokama So‘nggi o‘n yilliklarda dunyo misli ko‘rilmagan sur’atlar bilan raqamlashtirilmoqda. Internet, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli xizmatlar inson hayotining ajralmas qismiga aylandi. Bu jarayon iqtisodiy rivojlanish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, davlat boshqaruvi kabi sohalarda katta imkoniyatlar yaratmoqda. Shu bilan birga, raqamli davr inson huquqlari, xususan, shaxsiy hayot daxlsizligi va kiberxavfsizlik masalalarida jiddiy xavf va muammolarni yuzaga chiqarmoqda. Bugungi kunda insonlarning deyarli barcha faoliyati raqamli maydonga ko‘chmoqda: bank xizmatlaridan tortib, ijtimoiy tarmoqlardagi muloqot, elektron hukumat xizmatlari, onlayn ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari — barchasi shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va qayta ishlashga asoslanadi. Bu esa shaxsiy hayot daxlsizligi masalasini eng dolzarb global muammolardan biriga aylantirmoqda. Masalan, dunyo bo‘yicha bir qator davlatlarda fuqarolarning mobil qurilmalari va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati hukumat organlari tomonidan kuzatiladi, bu esa insonning erkinlik va maxfiylik huquqlarini cheklashi mumkin. Shu bilan birga, kiberjinoyatchilikning keskin o‘sishi, xususan, ma’lumotlarni o‘g‘irlash, moliyaviy firibgarlik, kiberhujumlar, shaxsni soxtalashtirish kabi holatlar inson xavfsizligini 77 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si bevosita xavf ostida qoldirmoqda. Kibertahdidlar nafaqat texnologik va moliyaviy zarar keltiradi, balki huquqiy oqibatlarga ham olib keladi. Hakerlik yoki phishing kabi kiberhujumlar jinoyat sifatida qaraladi va qonun oldida javobgarlikni yuzaga chiqaradi. Masalan, biror kompaniya tizimiga ruxsatsiz kirish qilgan shaxs ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ko‘plab davlatlarda kiberxavfsizlik qonunlari mavjud bo‘lib, ular ma’lumotlarni himoya qilish va kiberjinoyatlar oldini olishga qaratilgan. Misol uchun, maxfiy ma’lumotlarni ruxsatsiz oshkor qilgan shaxs jarimaga tortilishi yoki qamoqqa olinishi mumkin. Shuningdek, xalqaro miqyosda ham kiberhujumlar masalasi ko‘rib chiqiladi va hakerlik faoliyati xalqaro qonunlar bilan taqiqlanadi. Kompaniyalar xodimlari kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilmagan taqdirda ichki me’yoriy javobgarlik yuzaga keladi, bu esa moliyaviy va ishga oid oqibatlarga olib keladi. BMT Bosh Assambleyasi inson huquqlari to‘g‘risidagi rezolyutsiyalarida “raqamli davrda insonning shaxsiy hayoti daxlsizligini himoya qilish”ni global vazifa sifatida e’tirof etgan. Yevropa Kengashining Budapesht konvensiyasi kiberjinoyatlarga qarshi xalqaro miqyosda hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan eng muhim huquqiy hujjatlardan biridir. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqining Umumiy ma’lumotlarni himoya qilish reglamenti (GDPR) shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishning zamonaviy va qat’iy mexanizmlarini joriy etib, ko‘plab davlatlarga namuna bo‘ldi. Ammo rivojlanayotgan davlatlarda qonunchilik yetarlicha rivojlanmagan, texnik imkoniyatlar cheklangan va aholining raqamli savodxonligi past darajada qolmoqda. Bu esa inson huquqlarini himoya qilishda katta bo‘shliq tug‘diradi. Masalan Cambridge Analytic

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda raqamli davrda inson huquqlarini ta’minlash masalalari, xususan, shaxsiy hayot daxlsizligi va kiberxavfsizlik muammolari yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda raqamli davrda inson huquqlarini ta’minlash masalalari, xususan, shaxsiy hayot daxlsizligi va kiberxavfsizlik muammolari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
milliy qonunchilik, raqamli davr, shaxsiy hayot daxlsizligi, kiberxavfsizlik, axborot erkinligi, ma’lumotlarni himoya qilish, inson huquqlari, kiberjinoyatlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники