К содержанию
РецензированоUZ2026

RUS VA O‘ZBEK TILLARIDA SO‘Z BIRIKMALARINING STRUKTURA-SEMANTIK DERIVATSIYASI VA ULARNING INTERFAOL TA’LIMDA QO‘LLANISHI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Azizova Dilfuza (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

The article analyzes the structural and semantic features of phrase derivation in Russian and Uzbek languages. Typological differences and commonalities are discussed, along with the possibilities of applying theoretical knowledge in educational practice through interactive teaching methods. Special attention is given to the development of creative skills in future teachers by means of methods such as clustering, debates, case studies, and role-playing. Key words: phrase, structure, semantics, derivation, interactive method, creativity, Russian language, Uzbek language, education, competence. Tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri - so‘z birikmalarining shakl va ma’no xususiyatlarini o‘rganishdir. Har bir tilning sintaktik tuzilishi, semantik imkoniyatlari va ularni hosil qilishdagi qonuniyatlari o‘ziga xosdir. Shu jihatdan qaraganda, rus va o‘zbek tillarida so‘z birikmalarining struktura-semantik derivatsiyasi qiziqarli ilmiy muammo bo‘lib, ularni qiyosiy tahlil qilish tilshunoslik nazariyasi uchun ham, ta’lim amaliyoti uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. 85 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Rus tili flektiv xususiyatga ega bo‘lgani bois, unda so‘z birikmalari turli sintaktik bog‘lanishlar orqali shakllanadi. Masalan, rus tilida “sinee nebo” birikmasi so‘zlarning rod, son va kelishikda muvofiqlashuvi orqali vujudga keladi. Yoki “chitat’ knigu” kabi birikmalarda boshqaruv munosabati yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shuningdek, “ochen’ krasivo” birikmasi esa ergashuvchi so‘zning o‘zgarishsiz qo‘shilishi, ya’ni primykanie orqali tuziladi. O‘zbek tili esa agglutinativ tabiatga ega bo‘lgani uchun, unda so‘z birikmalari asosan qo‘shimchalar va tartib orqali bog‘lanadi. Masalan, “ko‘k osmon” birikmasida sifat va otning muvofiqlashuvi kuzatilsa, “kitob o‘qish”da ot va fe’lning boshqaruvi namoyon bo‘ladi. Semantik derivatsiya jihatidan ham ikki tilning o‘ziga xos tomonlari bor. Rus tilida so‘z birikmalari ko‘pincha ko‘chma ma’no hosil qilishda qo‘llanadi: “zolotye ruki” iborasi oddiygina “oltin qo‘l” emas, balki mohir ustalikni ifodalaydi. Yoki “kamen’ na dushe” iborasi og‘ir qayg‘uni bildiradi. O‘zbek tilida ham shunga yaqin majoziy ifodalar mavjud: “oltin qo‘l” - usta va mahoratli odamga nisbatan ishlatilsa, “yuragi tosh” iborasi qattiqqo‘llikni bildiradi. Demak, ikkala tilda ham majoziy ma’nolar hosil bo‘ladi, lekin ularning ifoda usuli va konnotativ ranglari o‘zaro farq qiladi. Shu nazariy xususiyatlarni o‘rgatishda interfaol ta’lim metodlari alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki oddiy nazariy qoidalarni yodlash emas, balki ularni amalda qo‘llash, qiyosiy tahlil qilish va yangi misollar yaratish bo‘lajak o‘qituvchilar uchun ko‘proq foyda beradi. Masalan, “klaster” usuli yordamida talabalar rus va o‘zbek tilidagi derivatsiyalangan so‘z birikmalarini sxema ko‘rinishida tasniflay oladi. “Debat” usuli yordamida ular ikki tilning qaysi birida semantik ko‘chishlar ko‘proq va sermahsul ekani haqida bahslashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. “Case-study” metodida esa mashhur adiblar - Dostoevskiy yoki Navoiy asarlaridan olingan real so‘z birikmalari tahlil qilinadi. “Rolli o‘yin” metodida talabalar ikki tilda turli rollarni ijro etib, obrazli nutq tuzishga o‘rganadilar. Bunday mashg‘ulotlar natijasida bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ qobiliyatlar shakllanadi. Ular so‘z birikmalarining ma’nosini nafaqat nazariy jihatdan bilib oladi, balki ularni amaliyotda ham ijodiy qo‘llashga intiladi. Tilshunoslikdagi ko‘chma ma’nolarni aniqlash, yangi misollar yaratish, turli kontekstlarda ularni qo‘llash kabi malakalar mustahkamlanadi. Eng muhimi, talabalar o‘z fikrini asoslash, himoya qilish va ijodiy tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Xulosa qilib aytganda, rus va o‘zbek tillarida so‘z birikmalarining struktura-semantik derivatsiyasi ikki xil tipdagi tillarning qiyosiy xususiyatlarini ochib beradi. Interfaol metodlardan foydalanish esa bu nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishga yordam beradi va bo‘lajak filolog-o‘qituvchilarni nafaqat bilimdon, balki kreativ va mustaqil fikrlaydigan mutaxassislar sifatida shakllantiradi.

Доказательный фрагмент

«The article analyzes the structural and semantic features of phrase derivation in Russian and Uzbek languages.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article analyzes the structural and semantic features of phrase derivation in Russian and Uzbek languages. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
phrase, structure, semantics, derivation, interactive method, creativity, kompetensiya., interfaol metod, struktura, ta’lim, so‘z birikmasi, kreativlik, semantika, derivatsiya, rus tili, o‘zbek tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники