Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTON UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA CLIL YONDASHUVI: O‘QUV NATIJALARINI BAHOLASH VA O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI (in-academy.uz/index.php/si) · Tursunaliyeva Muattar Alisher qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2012
Аннотация
Ushbu tezisda O‘zbekiston umumta’lim maktablarida ingliz tili ta’limi jarayonida CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvining qo‘llanish imkoniyatlari, o‘quv natijalarini samarali baholash mexanizmlari hamda o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish zarurati tahlil qilinadi. CLIL nafaqat til bilimlarini, balki fan mazmunini ham birgalikda o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi zamonaviy metod sifatida talabalarning mantiqiy fikrlash, ijodiy yondashuv va amaliy ko‘nikmalarini shakllantiradi. Mazkur maqola O‘zbekiston ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, xususan, xorijiy tillarni o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha davlat dasturlari doirasida CLILning ahamiyatini ko‘rsatib beradi hamda o‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanishning yangi istiqbollarini yoritadi. Kalit so‘zlar: CLIL, ingliz tili ta’limi, o‘quv natijalari, baholash, kasbiy kompetensiya, umumta’lim maktablari, O‘zbekiston ta’limi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni, xususan ingliz tilini chuqur o‘qitish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi. Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-sonli Qarori va 2021-yil 19-maydagi PQ- 5117-sonli Qarorida umumta’lim maktablarida ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirish, yangi metodik yondashuvlarni joriy etish hamda xalqaro standartlarga mos darsliklar yaratish masalalari alohida qayd etilgan [1;45]. Bu hujjatlar nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki yoshlarning global maydonda raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan. Mazkur vazifalarni samarali bajarishda CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvi muhim o‘rin tutadi. Chunki CLIL bir vaqtning o‘zida ikki maqsadga xizmat qiladi: tilni o‘rganish va fanni o‘zlashtirish. O‘quvchilar mazmunni ingliz tilida o‘zlashtirar ekan, ularning nutqiy va fanlararo kompetensiyalari uyg‘un rivojlanadi. Bu yondashuv o‘quvchilarning mantiqiy tafakkuri, tahliliy fikrlash qobiliyati, ijodkorlik hamda mustaqil bilim olish motivatsiyasini kuchaytiradi [2;78]. Bugungi kunda O‘zbekistondagi ko‘plab maktablarda ingliz tili asosan an’anaviy metodlar asosida o‘qitilib kelinmoqda. Natijada o‘quvchilarning til bilimi qisman yaxshilangan bo‘lsa-da, ularning mazmuniy bilimlarni ingliz tilida ifodalash qobiliyati yetarli darajada shakllanmagan. Shu nuqtai nazardan, CLIL yondashuvi ta’limning sifat ko‘rsatkichlarini yangi bosqichga olib chiqishi mumkin. Chunki u o‘quvchilarni tilni faqat lingvistik jihatdan emas, balki real hayotiy va ilmiy kontekstda qo‘llashga o‘rgatadi [3;112]. Shuningdek, CLIL yondashuvining dolzarbligi nafaqat ta’limiy, balki ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar bilan ham bevosita bog‘liqdir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot strategiyasi”da xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yoshlarni chet tillarida erkin muloqot qila oladigan, zamonaviy kasb va kompetensiyalarga ega shaxs sifatida tayyorlash ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etilgan. Bu jarayonda CLIL yondashuvi yoshlarning 21-asr ko‘nikmalari – tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va hamkorlikda ishlash kabi kompetensiyalarni shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi [4;66]. 99 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Shu sababli ushbu tezisning dolzarbligi, bir tomondan, O‘zbekiston ta’lim tizimidagi islohotlar bilan, ikkinchi tomondan esa, CLIL yondashuvining samarali qo‘llanishi orqali o‘quvchilarning o‘quv natijalarini baholash va o‘qituvchilar kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish masalalari bilan belgilanadi. CLIL yondashuvi ilmiy nazariy jihatdan konstruktivizm, kognitiv tilshunoslik va integratsiyalashgan ta’lim nazariyalariga asoslanadi. D. Coyle, P. Hood va D. Marshning tadqiqotlarida qayd etilishicha, CLIL o‘quv jarayonida “4C modeli” – Content (mazmun), Communication (muloqot), Cognition (tafakkur), Culture (madaniyat) tamoyillariga tayanadi [5;29]. Bu model o‘quvchilarning bir vaqtning o‘zida ham mazmuniy bilimni, ham lingvistik ko‘nikmalarni rivojlantirishini ta’minlaydi. Shuningdek, CLILning kognitiv jihati o‘quvchilarni chuqur tahliliy fikrlash va muammolarni mustaqil hal qilishga yo‘naltiradi. Nazariy asoslarda CLILning yana bir muhim jihati – dual maqsadli baholashdir. Ya’ni o‘quvchi nafaqat ingliz tilidagi nutqiy ko‘nikmalari, balki mazmuniy bilimlarni qay darajada egallagani bilan ham baholanadi. Shu sababli CLIL sinflarida baholash tizimi ko‘p qirrali bo‘lishi talab etiladi: test topshiriqlari, yozma ishlar, loyihaviy faoliyat, og‘zaki nutq bahosi va amaliy ko‘nikmalarni tekshirish kabi mezonlar qo‘llaniladi. Bunday baholash jarayonida o‘quvchining real kommunikativ vaziyatlarda o‘z bilimlarini qo‘llay olish darajasi ham muhim ko‘rsatkich hisoblanadi [6;103]. O‘zbekiston umumta’lim maktablari kontekstida baholash masalasi alohida ahamiyatga ega. Hozirgi paytda davlat ta’lim standartlarida til bilish darajalari CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) asosida be
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda O‘zbekiston umumta’lim maktablarida ingliz tili ta’limi jarayonida CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvining qo‘llanish imkoniyatlari, o‘quv natijalarini samarali baholash mexanizmla…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda O‘zbekiston umumta’lim maktablarida ingliz tili ta’limi jarayonida CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvining qo‘llanish imkoniyatlari, o‘quv natijalarini samarali baholash mexanizmla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- O‘zbekiston ta’limi., ingliz tili ta’limi, o‘quv natijalari, kasbiy kompetensiya, umumta’lim maktablari, baholash, CLIL
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025