К содержанию
РецензированоUZ2026

TURIZMNING IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Xojamuratova Shaxnoza Almuratovna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada turizmning global miqyosdagi iqtisodiy rivojlanishda tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda turizmning byudjet daromadlarini oshirish, bandlikni ta’minlash, infratuzilmani rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ijobiy ta’siri haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, turizmning multiplikativ ta’siri hamda ijobiy va salbiy jihatlari izohlanadi. Maqolada turizmning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va madaniy jarayonlarga qo‘shayotgan hissasi ham yoritiladi. Xulosa qismida esa barqaror rivojlanish, ekologik muhofaza va mahalliy manfaatlarni himoya qilish turizm siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so‘zlar: turizm, iqtisodiy rivojlanish, bandlik, infratuzilma, investitsiya, barqarorlik, madaniy meros. Turizm bugungi kunda nafaqat dam olish va hordiq chiqarishning vositasi, balki iqtisodiy rivojlanishning muhim tarkibiy qismi sifatida qaralmoqda. Turizm sohasi mamlakatlar iqtisodiyotida barqaror o‘sish, ijtimoiy rivojlanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va madaniy aloqalarni kengaytirish imkonini beradi. Shu jihatdan, turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini chuqur tahlil qilish global jarayonlarni tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi [2, 181-186]. Birinchidan, turizm davlat byudjeti uchun barqaror daromad manbai sifatida xizmat qiladi. Sayyohlar turli xizmatlardan foydalanganida, ularning xarajatlari mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shimcha mablag‘ keltiradi. Shu tariqa turizm mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ikkinchidan, turizm bandlik masalasini hal etishda katta rol o‘ynaydi. Mehmonxonalar, restoranlar, transport xizmatlari, ekskursiya kompaniyalari va turli ko‘ngilochar markazlar faoliyat ko‘rsatishi natijasida minglab odamlar ish bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojiga ham keng yo‘l ochiladi. Uchinchidan, turizm infratuzilmani rivojlantiradi. Yangi yo‘llar, mehmonxonalar, aeroportlar, madaniy va tarixiy ob’ektlarning ta’mirlanishi nafaqat sayyohlar, balki mahalliy aholining ham hayot darajasini yaxshilaydi. Turizmning iqtisodiy ahamiyati uning ko‘p qirraliligida namoyon bo‘ladi. Avvalo, turizm iqtisodiy faoliyatning boshqa tarmoqlarini harakatga keltiradi. Masalan, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, savdo va transport sohalarida turizmning ijobiy ta’sirini ko‘rish mumkin. Sayyohlarning milliy mahsulot va suvenirlar xarid qilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlaydi [3, 104-109]. Shuningdek, turizm xorijiy investitsiyalarni jalb etishning samarali vositasidir. Sayyohlik infratuzilmasiga kiritilgan sarmoyalar xizmatlar sifatini oshiradi, yangi texnologiyalarni joriy etadi va mamlakatning xalqaro maydondagi imijini mustahkamlaydi. Turizm, shuningdek, milliy valyutaga bo‘lgan talabni oshiradi va mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarini kuchaytiradi. Bu esa to‘lov balansini yaxshilashga yordam beradi. Turizm “multiplikator effekti”ga ega bo‘lib, bir nechta tarmoqlar rivojiga turtki beradi. Bir sayyohning qilgan xarajatlari nafaqat mehmonxonaga, balki restoranga, transport xizmatiga, mahalliy ishlab chiqaruvchiga va xizmat ko‘rsatuvchi kichik korxonalarga ham ta’sir ko‘rsatadi. 92 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Shu sababli, turizm boshqa hech bir tarmoq qamrab ololmaydigan darajada keng iqtisodiy faoliyatni jonlantiradi. Turizmning ijobiy tomonlari qatorida byudjet tushumlarining ortishi, infratuzilmaning rivojlanishi, madaniy merosni asrash, xalqaro imijning oshishi va ijtimoiy tenglikning ta’minlanishi bor. Biroq, turizmning salbiy jihatlari ham mavjud. Masalan, haddan tashqari ko‘plab sayyohlar oqimi ekologik muvozanatni buzishi mumkin. Bundan tashqari, turizm markazlariga yaqin hududlarda narx-navoning keskin oshishi mahalliy aholiga noqulaylik tug‘diradi. Shuningdek, ba’zi hollarda turizm faoliyatidan olinadigan asosiy daromad mahalliy aholiga emas, balki xorijiy kompaniyalarga tegib qolishi mumkin. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, turizm iqtisodiy rivojlanishning muhim vositasi bo‘lib, u nafaqat daromad manbai, balki xalqaro muloqot, madaniy almashinuv va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda ham alohida ahamiyatga ega. Shu sababli, turizmni rivojlantirish strategiyasida barqarorlik, ekologik muhofaza, infratuzilmani takomillashtirish va mahalliy aholining manfaatlarini himoya qilish ustuvor vazifalar qatorida bo‘lishi lozim.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada turizmning global miqyosdagi iqtisodiy rivojlanishda tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada turizmning global miqyosdagi iqtisodiy rivojlanishda tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
turizm, madaniy meros., iqtisodiy rivojlanish, barqarorlik, infratuzilma, bandlik, investitsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники