Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HUJJATLI KINO ORQALI MILLIY O‘ZLIKNI IFODALASH: QORAQALPOQ TAJRIBASI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mambetniyazov Dawletyar Batir uli (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada hujjatli kino milliy o‘zlikni ifodalash vositasi sifatida tahlil qilinib, Qoraqalpoq tajribasi misolida etnografik marosimlar, ekologik fojealar va tarixiy merosning aks ettirilishi o‘rganiladi. Tadqiqotda “Juwapkershiligi sheklengen jigitler”, “Ajinyaz”, “Tıǵın”, “Kurort”, “Urı” va “Qońsılar” kabi filmlar misol qilib keltirilib, ular orqali xalqning qadimiy an’analari hamda madaniy ildizlari hujjatlashtirilganligi ko‘rsatiladi. Shuningdek, hujjatli filmlarning yosh avlodda milliy g‘urur va madaniy merosga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdagi o‘rni ham yoritilgan. Natijada, Qoraqalpoq hujjatli kino maktabi milliy identitetni mustahkamlash va uni xalqaro miqyosda tanitishda muhim strategik vosita ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: hujjatli kino, milliy o‘zlik, Qoraqalpoq, ekologik fojea, tarixiy meros, identitet. Kirish. Hujjatli kino bugungi global axborot asrida milliy o‘zlikni ifodalash, saqlash va dunyoga tanitishda alohida o‘rin egallaydi. Chunki hujjatli film voqelikni badiiy vositalar bilan bezamasdan, hayotiy tafsilotlarni xolis aks ettiradi. Shu jihatdan u xalqning tarixiy xotirasini tiklash, madaniy merosini ko‘rsatish va milliy identitetni mustahkamlashda samarali vosita sifatida e’tirof etiladi. Qoraqalpoq xalqi tajribasi buni yaqqol tasdiqlaydi. Bu mintaqa hujjatli kinosida xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, marosimlari, ekologik fojialari va tarixiy yodgorliklari keng yoritilgan bo‘lib, ular orqali milliy o‘zlikni anglash jarayoni chuqur ifodalanadi. Milliy o‘zlik tushunchasi ijtimoiy-falsafiy kategoriyadir va u xalqning tili, dini, urf-odati, san’ati, madaniy merosi va kollektiv xotirasi orqali shakllanadi. Hamdamova fikriga ko‘ra, millat – bu tasavvuriy jamoa bo‘lib, uning birdamligi ko‘proq madaniy belgilar orqali mustahkamlanadi [3]. Hujjatli film ana shu belgilarni ommaviy ongda jonli tasvirlar orqali uyg‘otib, milliy o‘zlikni mustahkamlash jarayoniga hissa qo‘shadi. Shuningdek, Abdreymov hujjatli kinoni “haqiqatning ramziy ifodasi” sifatida talqin qilib, uning ijtimoiy xotira va identitet shakllanishidagi rolini alohida ta’kidlagan [1, 44-49]. Shu bois, Qoraqalpoq hujjatli filmlari xalqning milliy merosi, tarixiy qadriyatlari va ekologik kurashlarini ifoda etishda muhim nazariy asosga ega. Qoraqalpoq hujjatli kinosi o‘z taraqqiyotida asosan uch yo‘nalishga e’tibor qaratgan: etnografik filmlar, ekologik mavzular va tarixiy yodgorliklarni aks ettirish. Qoraqalpoq xalqining urf-odat va marosimlari hujjatli filmlarda keng yoritilgan. Masalan, “Juwapkershiligi sheklengen jigitler” va “Ajinyaz” filmlarida kelin tushirish marosimlari orqali milliy kuy-qo‘shiqlar, ramziy harakatlar va qadimiy marosimlarning badiiy emas, balki tabiiy shaklda aks etishi milliy o‘zlikni saqlashning muhim omiliga aylangan. Shu bilan birga, “Ajinyaz” filmida qoraqalpoq ayollarining milliy liboslari, bezaklari va kiyinish madaniyati orqali xalqning estetik qadriyatlari hujjatlashtirilgan. Bundan tashqari, “Kurort” asarida bosh qahramon tomonidan ijro etilayotgan ro‘l yosh avlodga qoraqalpoq xalqining oq ko’ngilligini yetkazishning ta’sirchan vositasiga aylangan. Demak, bu filmlar orqali xalqning kundalik hayoti, qadimiy an’analari va marosimlari avloddan avlodga o‘tmoqda. 94 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Qoraqalpoq hujjatli filmlari Aral dengizi fojiasini keng yoritganligi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki Aral inqirozi nafaqat ekologik, balki ijtimoiy-madaniy muammo sifatida ham xalqning taqdiriga ta’sir ko‘rsatgan. Bu mavzudagi filmlar xalqning tabiat bilan kurashini, yashash tarzi va mentalitetini ifodalash orqali milliy o‘zlikning yangi qirralarini ko‘rsatadi. Masalan, Orolbo‘yi aholisi haqida suratga olingan bir qator hujjatli filmlar millatning sabr-toqati va kurashchanligini hujjatlashtirib, ekologik fojea fonida ham milliy qadriyatlarni yo‘qotmaganligini isbotlaydi. Shuningdek, hujjatli filmlar orqali tarixiy-madaniy meros ham keng yoritilgan. “Aral balıqshıları” filmida qadimiy shahar xarobalari va yodgorliklari hujjatlashtirilsa, “Qaraqalpaq qızı” filmida Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan arxeologik shaharlarga alohida e’tibor qaratilgan. Bu filmlar Qoraqalpoq xalqi tarixining ildizlarini ko‘rsatib, o‘zlikni anglash jarayoniga bevosita xizmat qilgan. Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, Qoraqalpoq hujjatli filmlari milliy o‘zlikni faqat bir yo‘nalishda emas, balki turli qirralarda ifodalaydi. Ular bir tomondan, etnografik tasvirlar orqali xalqning urf-odatlari va marosimlarini jonlantirsa, boshqa tomondan ekologik fojealarni yoritib, milliy o‘zlikning zamonaviy kontekstdagi kurashchanligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, tarixiy yodgorliklarni aks ettirish orqali xalqning ildizlari va madaniy merosi global miqyosda tanitiladi. Shu sababli, Qoraqalpoq tajribasi hujjatli kinosi nafaqat milliy, balki umumjahon kino merosida ham alohida o‘rin tutadi. Xulosa. Hujjatli kino milliy o‘zlikni ifodalashda strategik ahamiyatga
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada hujjatli kino milliy o‘zlikni ifodalash vositasi sifatida tahlil qilinib, Qoraqalpoq tajribasi misolida etnografik marosimlar, ekologik fojealar va tarixiy merosning aks ettirilishi o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada hujjatli kino milliy o‘zlikni ifodalash vositasi sifatida tahlil qilinib, Qoraqalpoq tajribasi misolida etnografik marosimlar, ekologik fojealar va tarixiy merosning aks ettirilishi o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- identitet., tarixiy meros, milliy o‘zlik, Qoraqalpoq, hujjatli kino, ekologik fojea
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025