Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YANGI O‘ZBEKISTONDA XAVFSIZLIKNING HUQUQ ASOSLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Muhammadjon Tursunov (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
В статье рассматриваются конституционные основы обеспечения безопасности в новой редакции Конституции Республики Узбекистан. Особое внимание уделено нормам, касающимся государственной, общественной и информационной безопасности, а также их взаимосвязи с международными принципами безопасности. Отмечена роль конституционных реформ в укреплении прав и свобод граждан, защите интересов государства и общества, а также в обеспечении стабильного развития страны. Ключевые слова: безопасность, государственная безопасность, общественная безопасность, информационная безопасность, конституционные гарантии, международные принципы. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi “Yangi O‘zbekiston” konsepsiyasi asosida huquqiy-demokratik davlat hamda rivojlangan fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida muhim islohotlar amalga oshirdi. Har qanday demokratik davlat kabi, O‘zbekiston ham Konstitutsiyada belgilangan fuqarolarning huquq va manfaatlarini kafolatlash bilan bir qatorda, davlat va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalariga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Tabiiyki, 2023-yilda yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyada xavfsizlikka oid masalalarning o‘z aksini topishi dolzarbdir. Shu bilan birga, aynan jamoat xavfsizligiga oid masalalarga ustuvor ahamiyat berilishi bugungi kun talablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Mazkur yo‘nalishda dastlabki konseptual yondashuv 2021-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmonda o‘z ifodasini topdi. Unda jamoat xavfsizligi “jamiyatning qonunga xilof xatti-harakatlar, ijtimoiy va millatlararo nizolar, favqulodda vaziyatlar va boshqa turdagi tahdidlardan himoyalanganligi, u jamiyatning barqaror taraqqiyotiga xizmat qiladi hamda inson huquq va erkinliklarining to‘laqonli ta’minlanishiga yordam beradi” tarzida izohlandi [1]. Shuni alohida qayd etish joizki, 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida”gi Qonunda xavfsizlikning ayrim ko‘rinishlari (davlat xavfsizligi, jamoat xavfsizligi, ekologik xavfsizlik, shaxsiy xavfsizlik) milliy xavfsizlik tushunchasi doirasida ifodalangan bo‘lsa-da, bu tushunchalarning mazmuni qonun va qonunosti hujjatlarda to‘liq ochib berilmagan edi [2]. Umuman olganda, xavfsizlik turli mezonlarga ko‘ra tasnif qilinadi. Xavf manbalariga qarab u tabiiy, texnogen va ijtimoiy xavfsizlik sifatida ajratiladi. Shuningdek, jamiyat hayotining 99 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo asosiy yo‘nalishlariga tayanib xavfsizlik siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy-madaniy turlarga bo‘linadi. Bu tasnif u yoki bu sohada olib boriladigan faoliyat samaradorligini oshiradi. Konstitutsiyaning “Tashqi siyosat” deb nomlangan IV bobida xavfsizlikka oid tamoyillar alohida o‘rin egallaydi. Unga muvofiq, O‘zbekiston davlat va xalq manfaatlaridan kelib chiqib xalqaro tashkilotlarga qo‘shilishi yoki ulardan chiqishi mumkin [3]. Shu prinsipial asosdan kelib chiqib, 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son Farmon bilan tasdiqlangan “Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021–2026-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiya”da O‘zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, hududiy yaxlitlik va chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish hamda boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi xalqaro huquq normalariga asoslanishi qat’iy belgilab qo‘yildi [4]. Garchi bunday qoidalar avvalgi huquqiy hujjatlarda ham uchragan bo‘lsa-da, ular Konstitutsiyada bevosita normativ asos sifatida ifodalanmagan edi. Yangi tahrirda esa xavfsizlik bilan bog‘liq qoidalar konstitutsiyaviy darajada mustahkamlandi va mamlakatimizning tinchlikparvar tashqi siyosatining asosiy tayanchi sifatida xizmat qilmoqda. Ilmiy manbalarda milliy, davlat va jamoat xavfsizligi tushunchalari bilan bir qatorda, xalqning konstitutsiyaviy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish zaruriyati alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Masalan, tabiiy yoki texnogen omillardan yuzaga keladigan tahdidlarning oldini olish yoki ularning salbiy oqibatlaridan himoyalanishni ta’minlovchi huquqiy normalar tizimi xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida ko‘rsatiladi (Staxov, 2006: 23) [5]. Davlat va jamoat xavfsizligi doirasida asosiy tahdidlar sifatida terroristik tashkilotlar, ekstremistik guruhlar faoliyati, millatlararo va diniy nizolarni qo‘zg‘atishga qaratilgan harakatlar, shuningdek, davlatning konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilishga qaratilgan faoliyat e’tirof etiladi. Shu sababli inson huquqlari va erkinliklarini samarali himoya qilish, fuqarolarning sha’ni va qadriyatlarini himoyalash nuqtai nazaridan yangi Konstitutsiyada xavfsizlik masalalarining alohida o‘rin egallashi yuqori bahoga loyiqdir. Masalan, inson huquqlari va erkinliklari faqat qonunga muvofiq hamda konstitutsiyaviy tuzum, jamoat xavfsizligi, aholi salomatligi, boshqa fuqarolarni
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются конституционные основы обеспечения безопасности в новой редакции Конституции Республики Узбекистан.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются конституционные основы обеспечения безопасности в новой редакции Конституции Республики Узбекистан. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- безопасность, государственная безопасность, общественная, davlat xavfsizligi, xavfsizlik, jamoat xavfsizligi, axborot xavfsizligi, xalqaro tamoyillar., konstitutsiyaviy kafolatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025