Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
SUV KADASTIRINING KONSEPTUAL ASOSLARI
Shermatov Elyor
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Maqolada suv kadastrining rivojlanishida doktrina va konsepsiyalarning o‘rni tahlil etilg an. Muallif jaxon kadastr tizimlarini tahlil etib, milliy suv kadastri tizimi shved kadastr tizimig a mansub ekanligi to‘g‘risida xulosa qiladi. Bundan tashqari, barqaror rivojlanish konsepsiyan ing suv resurslarini teng taqsimlashda tutgan o‘rni haqida fikr yuritgan. Ijtimoiy ishonch kons epsiyasi esa davlatimizda yuzaga kelgan suv tanqisligi masalasini xal etishda fundamental pri nsip sifatida e’tirof etilishi kerakligi qayd etilgan. Shu bilan birgalikda suv resurslarini boshqa rishda “aqlli tartibga solish” konsepsiyasi o‘z navbatida suv resurslarini tejamli ishlatishga xis sa ko‘shishi to‘g‘risida to‘htalgan. Kalit so‘zlar: suv kadastri, kadastr tizimlari, konsepsiya, doktrina, “aklli tartibga solish”, “ijtimoiy ishonch”, milliy kadastr tizimi, “barqaror rivojlanish” Suv kadastirining konseptual asoslari bevosita kadastr tizimlari rivoji va konsepsiyalar bilan uzviy bog’liq. Xalqaro geodezistlar federatsiyasi tomonidan kadastr tizimiga quyidagicha ta’rif berilgan: kadastr bu yer uchastkasiga (parsellga) asoslangan ko’chmas mulkni rasmiy reesteri[1]. Ilmiy adabiyotda kadastr tizimlari deyilganada ma’lum bir hudud yoki davlatdagi mulkiy obyektlar (yer,binolar,resurslar va boshqalar) to’g’risidagi huquqiy, iqtisodiy va texnik ma’lumotlarni yig’ish,saqlash, yangilab borish va boshqarish tizimi tushuniladi. Mazkur tizimda asosiy rolni yer kadastiri bajaradi, boshqa kadastrlar, shu jumladan, suv kadastiri ham ter kadastiridan kelib chiqqqan holda rivojlanadi. Bundan tashqari, suv huquqi mustaqil soha sifatida shakillangunga qadar “yer-suv” munosabatlari doirasida shakllangan. Shu nuqtai nazardan kadastr tizimlari to’rtta tarixiy turlarga bo’linadi: 1. Napoleon tizimi. Ushbu tizimga kiradigan kadastrlar fiscal kadastrlar deb nomlanib, asosiy maqsadi soliq undirish hisoblanadi. Unda tabiiy resurs to’g’risida asosiy sifat va son ko’rsatkichlaridan iborat ma’lumotlar yig’iladi. Tizimda markaziy o’rinni yer kadastiri egallaydi.Shu nuqtai nazardan suv resurslaridan soliq undirish masalsi doim dolzarb bo’lib kelgan. Bu tizimda kadastr bilan birgalikda ko’chmas mulk Reestri ham yuriitilib, unda kadastr obyektiga bo’lgan huquqlar, ushbu huquqlarni o’tish, uchinchi shaxslarni kadastr obyektiga bo’lgan huquqlari va hokazolar aks etadi. Ushbu tizim Fransiya, Italiya, Belgiya, Gretsiya kabi davlatlarda keng tarqalgan. 2. Nemis kadastr tizimi. Bu tizimda uchta element mavjud bo‘lib, ular qayd etish, kadastr va topografo-geodezik qismlardan iborat. Qayd etish qismida tabiy resurslarga bo‘lgan mulk huquqi qayd etiladi. Kadastr qismida kadastr obekti to‘g‘risida asosiy malumotlar va soliq 27 masalalari yig‘iladi. Uchinchi qismida tegishli kartalar, chizmalar va boshqa qo‘shimcha malumotlar yig‘iladi. Ushbu tizim Nermaniya, Shveysariya va Avstriyada keng tarqalgan. 3. Ingliz kadastr tizimi. Ingliz kadastr tizimida yer uchastkalari va hamda boshqa tabiiy resurslarni paremetrlari kiritilgan. Yer va boshqa tabiiy resurslarga bo‘lgan huquqlarni qayd etish yer registri tomonidan amalga oshiriladi. Kadastr obektlari to‘g‘risida asosiy manba sifatida 1925 yilda tuzilgan karta hisoblanib, ushbu karta har yili yangilanadi. Bu tizim Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, qisman Avstraliyada foydalaniladi. 4. Shved (Skandinav) kadastr tizimi ko’pmaqsadli va yagona kadastr tizimini tashkil etadi. Uni asosiy maqsadi tabiiy resurslarni boshqarish bilan bog‘liq. Bu tizim markazlashgan ko‘chmas mulk Reestrga va katta xajmdagi topografik ma’lumotlarga asoslanadi. Kadastrlarni yuritish markaziy davlat organlari tomonidan amalga oshirilsa, yerga bo’lgan huquq yer kartografiyasi hududiy bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladi. Bu tizim Daniya, Finlyandiya, Norvegiya, Islandiya, Shvesiya kabi davlatlarda tarqalgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, milliy kadastr tizimi qaysi kadastr tizimiga mansub? degan savol paydo bo‘ladi. Fikrimizcha, amaldagi qonunchilikdan kelib chiqadigan bo‘lsak, shved kadastr tizimi bizga ko‘proq to‘g‘ri keladi. Shu bois suv kadastrini konseptual asoslari shved kadastr tizimiga tayanadi. Shu bilan birgalikda milliy kadastr tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar (raqamlashtirish, hususiy sektorni jalb etilishi, fazoviy koordinatlarni qo‘llanilishi va xok.) milliy tizimni o‘ziga xos xusussiyatlari mavjudligini ko‘rsatadi. Suv kadastrining nazariy-huquqiy jihatlarini o‘rganishda nazariyalar, doktrinalar va konsepsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqda turli hil nazariya va konsepsiyalar mavjud bo‘lib, kadastr sohasiga xos bo‘lgan bazilariga to‘htalib o‘tishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Barqaror rivojlanish doktorinasi. Mazkur doktrina negizida 1980-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhit dasturi (YuNEP) "halokatsiz rivojlanish" g‘oyasini ilgari surgan. 1980 yilda birinchi marotaba YuNEP, xalqaro Tabiatni muhofaza qilish Ittifoqi (IUCN) va Butunjahon yovvoyi tabiat fondi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Tabiatni muho
Доказательный фрагмент
«Maqolada suv kadastrining rivojlanishida doktrina va konsepsiyalarning o‘rni tahlil etilg an.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada suv kadastrining rivojlanishida doktrina va konsepsiyalarning o‘rni tahlil etilg an. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- suv kadastri, “ijtimoiy ishonch”, doktrina, “aklli tartibga solish”, milliy kadastr tizimi, konsepsiya, “barqaror rivojlanish”, kadastr tizimlari
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026