Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Вопросы применения методов интерполяции к изображениям мультиспектральных каналов в методах паншарпа
О Юсупов (Самаркандский государственный университет имени Шарофа Рашидова) · Ш Ешонкулов (Самаркандский государственный университет имени Шарофа Рашидова)
Современные проблемы интеллектуальных систем · 2025
Аннотация
This paper investigates the impact of interpolation methods applied to multispectral images in pansharpening techniques aimed at enhancing spatial resolution. Specifically, interpolation methods such as nearest neighbor, bilinear, bicubic, and Lanczos were employed within the IHS, Brovey, PCA, Gram-Schmidt, and BDSD pansharpening approaches. These methods were compared in terms of their ability to preserve spatial details and reduce spectral distortions. Experimental evaluations were conducted using image quality assessment metrics including ERGAS, SAM, SSIM, and QAVE. The results indicate that bicubic and Lanczos interpolation methods provided the best performance in improving image quality. Keywords: satellite images, pansharpening, multispectral image, interpolation, panchromatic image. 151 Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г. Sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini qoʻllanilish sohasi tobora kengayib bormoqda. Ular orqali olingan tasvirlar hozirgi kunda atrof-muhit monitoringi, qishloq xoʻjaligi, ob-havo, favqulodda vaziyatlar sohasidagi juda koʻplab masalalarda qoʻllanilmoqda. Sunʼiy yoʻldosh qurilmalarining fazoviy, spektral, radiometrik, vaqtga bogʻliq ruxsatlarining turlicha ekanligi tufayli turli formatdagi katta hajmli maʼlumotlar taqdim etilishi mumkin [1]. Bu esa ularga ishlov berish masalalarini vujudga keltiradi. Bunday masalalar sirasiga sunʼiy yoʻldosh tasvirlarining fazoviy oʻlchamini oshirishni keltirish mumkin. Fazoviy oʻlchamni oshirish orqali tasvirning va tafsilotlarning aniqligini oshirish imkoniyati paydo boʻladi. Tasvirning fazoviy oʻlchamlarini oshirishning klassik yondashuvlari sirasiga interpolyatsiya usullari kiradi. Interpolyatsiya – bu tasvirlarni kattalashtirish va kichraytirish, ularni burish hamda geometrik buzilishlarni tuzatish kabi masalalarni hal qilishda keng qoʻllaniladigan asosiy vositadir [2]. Soʻnggi yillarda sunʼiy yoʻldosh qurilmalari taqdim etgan multispektral tasvirlarning fazoviy oʻlchamini oshirishning pansharpening yondashuvlari keng miqyosida oʻrganilmoqda [3]. Ruxsatlilik darajasi past va oʻlchami katta boʻlgan kanaldan olinadigan tasvir panxromatik (PAN) tasvir deb ataladi. Ruxsatlilik darajasi yuqori, oʻlchami kichik boʻlgan turli spektr diapazonlaridagi kanallardan olinadigan tasvirlar esa multispektral tasvirlar deb ataladi. Amaliyotda, panxromatik kanalning oʻlchami multispektral kanal oʻlchamidan ikki yoki toʻrt marta katta boʻladi, yaʼni 𝐾 = 2 yoki 𝐾 = 4 boʻladi [4]. Ishlov berish natijasida hosil boʻladigan multispektral tasvir oʻlchamlari maʼlum bir yondashuvlar asosida panxromatik tasvir oʻlchamlariga keltiriladi. Sunʼiy yoʻldosh qurilmalarining texnik cheklovlari mavjud boʻlganligi sababli, bir kanalda yuqori spektral va fazoviy koʻrsatkichga ega tasvirni yaratish masalasini keltirib chiqaradi. Natijada, kanallar spektral yoki fazoviy sifatni taʼminlay olmaydi. Yuqori spektral va fazoviy tasvirga ega tasvirni hosil qilishning ushbu usuli pansharpening usuli deyiladi [3]. Pansharpening usullarining asosiy maqsadi yuqori spektral va fazoviy sifatga ega tasvirni hosil qilishdir. Pansharpening usullarining bajarilish bosqichlaridan biri bu interpolyatsiya usullarini qoʻllash hisoblanadi. Interpolyatsiya usullari orqali multispektral kanal oʻlchami panxromatik kanal oʻlchamiga keltiriladi. Interpolyatsiya usullarini toʻgʻri tanlash multispektral tasvir sifatiga taʼsir qiladi. Interpolyatsiya usullari. Quyida klassik interpolyatsiya usullarini koʻrib chiqamiz: 1) Eng yaqin qoʻshnilik interpolyatsiyasi. Usul tasvir oʻlchamini kattalashtirish yoki kichiklashtirishda bajarilish jihatidan eng sodda hisoblanadi. Uning gʻoyasi yangi nuqtaning qiymati unga eng yaqin boʻlgan nuqta qiymati bilan bir xil deb olinishiga asoslanadi: 𝐼(𝑥′,𝑦′) = 𝐼(⌊𝑥′ +0.5⌋,⌊𝑦′ +0.5⌋), bu yerda, 𝑥′,𝑦′ — interpolyatsiyada asosida olingan yangi koordinata qiymatlari, ⌊∙⌋ –sonni butun qismini olish. Ushbu usul tezkor bajariladi, ammo tasvirda artefaktlar hosil boʻlishi, spektral buzilishlar koʻproq boʻladi. Usul pansharpening jarayonida fazoviy oʻlchamni oshirish uchun tezlik talab qilinganda qoʻllanilishi mumkin; 2) Bilinear interpolyatsiya. Usul eng yaqin qoʻshnilar interpolyatsiyasiga qaraganda koʻproq hisoblashni talab qiladi, ammo kamroq artefakt hosil qiladi. U ikki oʻlchamga asoslanadi: 𝑣(𝑥,𝑦) = 𝑎𝑥+𝑏𝑦+𝑐𝑥𝑦+𝑑 bu yerda 𝑥,𝑦 – tasvirdagi nuqtaning koordinatalari, 𝑣(𝑥,𝑦) – nuqtaning yorqinlik darajasi, 𝑎,𝑏,𝑐,𝑑 – koeffitsiyentlar 𝑥,𝑦 nuqtaning toʻrtta eng yaqin qoʻshnisi. Usul asosan tasvir silliqligini saqlash zarurati paydo boʻlganda qoʻllaniladi. Ammo tasvir chegaralarida kontrast pasayishi mumkin; 3) Bikubik interpolyatsiya. Koʻrib chiqilayotgan nuqtaning oʻn oltita eng yaqin qoʻshnilarini oʻz ichiga oluvchi bikubik interpolyatsiya hisoblash jihatdan murakkabdir. 𝑥,𝑦 nuqtaga tayinlanadigan yorqinlik qiymati quyidagicha aniqlanadi: 152 Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-пра
Доказательный фрагмент
«This paper investigates the impact of interpolation methods applied to multispectral images in pansharpening techniques aimed at enhancing spatial resolution.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis paper investigates the impact of interpolation methods applied to multispectral images in pansharpening techniques aimed at enhancing spatial resolution. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- satellite images, pansharpening, multispectral image, interpolation, спутниковые изображения, satellite images, multispectral image, паншарпенинг, interpolyatsiya, sunʼiy yoʻldosh tasvirlari, multispektral tasvir, панхроматическое изображение, мультиспектральное изображение, интерполяция, panchromatic image., panxromatik tasvir
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
American Journal Of Applied Science And TechnologyElcio C. Camino2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021