К содержанию
РецензированоRU2026

O‘ZBEK TILIDA “NON/BREAD” KONSEPTI VERBALIZATORLARINING STRUKTUR- SEMANTIK HAMDA FUNKSIONAL JIHATLARI

Buzurkhanova Kamola Sanjarovna

Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В статье рассматривается понятие концептосферы и её универсальные и национальные проявления. Каждый народ воспринимает мир по-своему, и это отражается в языке. Универсальные концепты свойственны всем народам, тогда как национальные формируются только в определённой культуре. Лакуны представляют собой концепты, существующие в одной концептосфере, но не имеющие эквивалента в другой. Концепт «honour» в английском и «hurmat» в узбекском выражается разными средствами. Учёные классифицируют концепты как первичные, вторичные, метаконцепты, сценарии и сегменты. Исследование подчёркивает роль концептов в понимании национального мышления и культуры. Ключевые слова: концепт; концептосфера; когнитивная лингвистика; лингвокультурология; смысл и мышление; национальная культура Annotatsiya Mazkur maqolada konseptosfera tushunchasi va uning milliy hamda universal ko‘rinishlari tahlil qilinadi. Har bir xalq dunyoni o‘ziga xos tarzda idrok 96 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference etadi va bu til orqali ifodalanadi. Universal konseptlar barcha xalqlarga xos bo‘lsa, milliy konseptlar faqat muayyan madaniyat doirasida shakllanadi. Lakuna konseptlar esa bir xalq konseptosferasida mavjud, biroq boshqa tilda ekvivalenti bo‘lmaydi. Ingliz tilidagi “honour” va o‘zbek tilidagi “hurmat” konseptlari o‘z ifoda vositalari bilan farqlanadi. Olimlar konseptlarni birlamchi, ikkilamchi, metakonsept, ssenariy va segment kabi turlarga ajratadilar. Ushbu tadqiqot konseptlarning milliy tafakkur va madaniyatni anglashdagi o‘rnini ko‘rsatadi. Kalit so`zlar: konsept; konseptosfera; kognitiv tilshunoslik; lingvokulturologiya; ma’no va tafakkur; milliy madaniyat Konseptosfera termini D.S.Lixachevning “Rus tili koseptosferasi”nomli maqolasi orqali kognilingvistik ilmiy muloqatga o‘tgan asrning oxirida kirib keldi. D.S.Lixachev konseptosfera deganda konseptlarning inson ongida tartiblashtirilgan yig‘indisini tushunadi. Bizni o‘rab turgan olam turfa qismlardan iborat ekanligi olam va uning bo‘laklari haqidagi bilimlar va obrazlar ham turli tuman ekanligidan dalolat beradi. Bunday bilimlar olam, inson va uning tafakkuri munosabatlari rakursida yuzaga keladi. Borliq, xususan inson yashayotgan tabiiy, ijtimoiy muhit, haqidagi daslabki bilimlar bevosita jonli kuzatuvlar, sezgi a’zolarining bevosita ishtiroki (achchiq, shirin katta, kichik, dumaloq, yassi), turli sharoit, vaziyatga tushish (qiyin, oson, havfli, havfsiz, yolg‘iz, hamjihatlikda), predmet, hodisalarni qiyoslash, umumiy va differensial belgilarini aniqlash yoki (ilmiy - tahliliy yondashuvlar) mavjud bilimlarni taftishlash, isloh qilish va korreksiyalash kabilar orqali amalga oshadi. Obyektiv borliq in’ikosi, idroki inson tafakkuri, ongli va maqsadli amallari orqali tafakkur birligi bo‘lmish konseptda o‘zining mental ifodasini topadi. Millatlar, elatlar, turli ijtimoiy qatlamlar va individlar ongidan o‘rin olgan konseptlar ularning tayanch va ikkinchi darajali belgi- xususiyatlari u yoki bu predmet hodisa va ular o‘rtasidagi mavjud relyatsion munosabatlarning atributlari sifatida inson xotirasida bilimlar zahirasi sifatida muhrlanadilar. U yoki bu predmet hodisaga aloqadorligiga ko‘ra shakllangan, tizimlashgan konseptual bilimlar inson miyasida maxsus ajratilgan, “uya” lardan o‘rin oladilar. Ular birgalikda noverbal konseptosferani tashkillaydilar. Inson konseptlar orqali fikrlaydi, turli mental amal (operatsiyalar)lar orqali ensiklopedik bilimlarga erishadi. Ushbu jarayonda til va uning unsurlari ishtiroki zarur emas. Inson fikrlash faoliyatining asosida universal predmet kodi yotadi. Universal predmet kodi birligi sifatida predmetlarning hissiy obrazlari xizmat qiladi va ular olingan bilimlarni kodlaydilar, konsept tarkibidan o‘rin olgan hissiy obraz konsept haqidagi ma’lumotni kodlashtiradi va uni mental 97 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference birlik sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, individ fikrlash jarayonida ratsional bilimlar jo bo‘lgan obrazlar bilan ish ko‘radi. UPK har bir fikrlovchi shaxs ongida uning individual hissiy hayotiy tajribasi va salohiyatiga mos ravishda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Har bir millat, elat, yoki shaxs olamni o‘zicha ko‘radi, idrok etadi, konseptuallashtiradi va u inson tilida o‘z aksini topadi. Shu nuqtai nazardan har bir til olamning o‘zgacha lisoniy manzarasiga ega bo‘ladi. Inson o‘z bilimlarini so‘zga muhrlaydi. Keyingi paytlarda tilda o‘z aksini topgan bilimlar majmui lisoniy o‘rtada turuvchi olam, olamning lisoniy modeli, olamning lisoniy reprezentatsiyasi, olamning lisoniy manzarasi deb atalmoqda. Bizningcha, inson ongidagi obrazlar tizimining tildagi ma’nosi olamning lisoniy manzarasi yoki tasviri deb atalgani maqbul. Olamning lisoniy manzarasi milliylik xususiyatiga ega ekanligi bois u insonni olam va uning bo‘laklariga bo‘lgan munosabatni shakllantiradi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, olamning milliy lisoniy manzarasi insonlarn

Доказательный фрагмент

«В статье рассматривается понятие концептосферы и её универсальные и национальные проявления.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматривается понятие концептосферы и её универсальные и национальные проявления. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
concept, conceptosphere, cognitive linguistics, funksional, leksik, frazeologiya, Non, konsept, semantik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники