К содержанию
РецензированоEN2026

TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI TRANSFORMATSIYALASHUV JAROYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH

JAROYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH · Kulboyeva Nargiz Majitovna

Академические исследования в современной науке · 2 · 1–25 · 2026

Аннотация

This scientific work studies the issues of improving the transformation processes of commercial banks. In recent years, the rapid development of the digital economy, changing customer demand for banking services, and the need to adapt to international financial standards require a fundamental renewal of the banking system. 8 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference The study identifies the digitalization of banking services, the expansion of remote services, the modernization of corporate governance and risk management systems, the introduction of innovative financial products, and the development of human capital as important factors as the main directions of the transformation process. It also compares international experience and Uzbek practice, highlighting the importance of reforms being implemented in the banking system within the framework of the “Digital Uzbekistan – 2030” strategy. According to the results of the study, it was determined that in order to increase the efficiency of the transformation of commercial banks, it is necessary to use artificial intelligence and big data technologies, strengthen cybersecurity, implement the principles of green finance, and integrate financial services with other economic sectors. The conclusions of this study will serve to further improve the activities of banks, increase their competitiveness, and contribute to the sustainable development of the national economy. Keywords: commercial banks, transformation, digitalization, corporate governance, fintech, risk management, innovative services, Digital Uzbekistan - 2030. Tahlil va natijalar So‘nggi yillarda jahon moliya bozorida yuz berayotgan keskin o‘zgarishlar tijorat banklari faoliyatida transformatsiya jarayonlarini chuqurlashtirishni taqozo etmoqda. Banklar nafaqat moliyaviy vositachilik vazifasini bajaruvchi institut, balki iqtisodiy taraqqiyotning drayveri sifatida ham faoliyat yuritishi lozim. Shu boisdan ham raqamli texnologiyalarni joriy etish, boshqaruv tizimini takomillashtirish va xizmatlar sifatini oshirish zamon talabi bo‘lib qolmoqda. O‘zbekiston bank tizimi misolida olib qaralganda, so‘nggi besh yil davomida sezilarli o‘zgarishlarga erishildi. Avvalo, banklarning transformatsiyasi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bunda banklar raqamli xizmatlarni kengaytirish, xalqaro standartlarga moslashish va mijozlarga qulay moliyaviy muhit yaratishga intilmoqda. Misol tariqasida, masofaviy xizmatlardan foydalanuvchilar sonining yildan-yilga ortishi, mobil ilovalar orqali amalga oshirilayotgan tranzaksiyalar hajmining keskin o‘sishi keltirilishi mumkin. Bu esa banklarning yangi avlod mijozlar talabiga moslashayotganidan dalolat beradi. Shuningdek, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, banklarda korporativ boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish natijasida shaffoflik, hisobdorlik va samaradorlik 9 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference darajasi oshmoqda. Boshqaruv organlarida mustaqil direktorlar ulushining ko‘payishi, risk-menejment bo‘limlarining faoliyatini kuchaytirish ham transformatsiya samaradorligining muhim natijalaridan biridir. Bu esa xalqaro investorlarga ishonch bag‘ishlaydi va banklarning xalqaro reytinglarda yuqori pog‘onaga ko‘tarilishiga zamin yaratadi. Biroq tahlillar ayrim muammolarni ham ochib berdi. Jumladan, ayrim banklarda texnologik infratuzilmaning yetarlicha rivojlanmaganligi, raqamli xizmatlardan foydalanish darajasi hududlar kesimida teng taqsimlanmaganligi, inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarning yetishmasligi kuzatilmoqda. Bu esa transformatsiya jarayonining to‘liq natija berishiga to‘sqinlik qilmoqda. Natijalarga ko‘ra, banklar faoliyatini yanada takomillashtirish uchun bir nechta ustuvor yo‘nalishlar aniqlanadi. Birinchidan, sun’iy intellekt va big data texnologiyalaridan keng foydalanish orqali mijozlar xatti-harakatlarini tahlil qilish va ularga individual xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish zarur. Ikkinchidan, kiberxavfsizlikni kuchaytirish bugungi sharoitda eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda, chunki elektron tranzaksiyalarning ko‘payishi bilan moliyaviy firibgarlik xavfi ham ortmoqda. Uchinchidan, yashil moliya va barqaror bank amaliyotlarini joriy etish orqali ekologik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy mas’uliyatni oshirish bank imidjini yanada mustahkamlaydi. To‘rtinchidan, integratsiyalashgan raqamli ekotizim yaratish, ya’ni bank xizmatlarini savdo, transport, ta’lim kabi sohalar bilan bog‘lash orqali mijozlar uchun kompleks yechimlar taqdim etish mumkin. Umuman olganda, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, tijorat banklari faoliyatini transformatsiyalashuv jarayonlari O‘zbekiston moliya bozorining raqobatbardoshligini oshirishda, milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashda va aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Natijalar shuni ta

Доказательный фрагмент

«This scientific work studies the issues of improving the transformation processes of commercial banks.»

Образец извлечения

Демо-превью

This scientific work studies the issues of improving the transformation processes of commercial banks. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
commercial banks, transformation, digitalization, corporate, transformatsiya, risk-menejment, raqamlashtirish, Raqamli O‘zbekiston – 2030., fintech, innovatsion xizmatlar, korporativ boshqaruv, tijorat banklari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники