К содержанию
РецензированоRU2025

Методика организации онлайн-занятий, направленных на развитие языковых навыков учащихся

TASHKIL ETISH METODIKASI · Alimqulova Hulkar Tolibovna

Современные проблемы интеллектуальных систем · 2025

Аннотация

This article discusses methods of organizing online classes aimed at developing students’ language skills. It reveals the advantages of using online platforms for learning a language and the methodology used in such classes. Keywords: students, language skills, higher education, online platforms, training sessions, methods. Jahon tajribasidan ma’lumki, ta’limning asosiy maqsadlaridan biri o‘quvchilarning til qobiliyatini rivojlantirishdir. Tilni bilish qobiliyati muvaffaqiyatli o‘quv jarayoni, muloqot va kelajakdagi kasbiy faoliyat uchun zarur asosdir. Shu bois til ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi samarali yondashuv va usullarni ishlab chiqishning ahamiyati pedagog va tadqiqotchilar uchun dolzarbdir. Bugungi kunda nafaqat O‘zbekistonda, balki jahonning rivojlangan mamlakatlarida ham oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi davlatlar oliy ta’limni samarali tashkil etishda yangi ta’lim paradigmalarini ishlab chiqish, nazariya va amaliyotni integratsiyalashuvi uchun innovatsion ta’lim muhitini yaratishni tavsiya qiladi. Oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish uchun esa innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ko‘rgazmali didaktik vositalardan foydalanishning samarali usullarini o‘rganish ham tavsiya etiladi. Respublikamizda ham hozirda tayyorgarlik darajasi turlicha bo‘lgan va turli yoshdagi talabalarda til qobiliyatini rivojlantirish alohida yondashuvni va tegishli uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishni talab qiladi. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar har bir ta’lim oluvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv jarayonini optimallashtirish va ta’limga 36 Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г. tabaqalashtirilgan yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Talabalarning akademik faolligi til ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli egallashning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir. Talabalarning kognitiv rivojlanish xususiyatlarini va ularning qiziqishlarini hisobga olgan holda, o‘quv faolligini oshirishga qaratilgan metodologiyani ishlab chiqish o‘quv samaradorligini oshirishi, o‘quvchilarning motivatsiyasi va natijalarini yaxshilashi mumkin. Mamlakatimizda o‘rganishlar natijasida oliy ta’lim muassasalarida talabalarning til o‘rganish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda yanada samarali metodologiyasini ishlab chiqish kutilmoqda. Ushbu uslub o‘qituvchilarga o‘z o‘quv faoliyatida til o‘rganish qobiiyatlarini rivojlantirish, interfaol va moslashtirilgan o‘quv materiallarini yaratish, shuningdek, talabalar bilan onlayn muloqot qilish imkonini beradi. Va bu talabalarga yanada yaxshi bilim olish, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘quv jarayoniga motivatsiyani oshirish imkoniyatini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 aprelda “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 yildagi PF-5847-sonli Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda oliy ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishda belgilangan vazifalar ham oliy ta’lim talabalarining til o‘rganish qobiliyatlarini yanada rivojlantirish zarurligini belgilaydi. Shu nuqtayi nazardan bugungi globallashuv davrida internetning keng tarqalishi va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bilim olish va o‘rganish shakllarini yangi bosqichga olib chiqdi. Xususan, til o‘rganish jarayonida onlayn o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligi yosh avlodning tilga bo‘lgan qiziqishini oshirishga va til o‘rganish qobiliyatlarini yaxshilashga qaratilgan muhim vositaga aylangan. Bugungi kunda onlayn o‘qish, talabalarga nafaqat yanada eng yaxshi bilim olish imkonini beradi, balki ularga zamonaviy o‘qitish metodikalari orqali tilni o‘rganishda qo‘llab-quvvatlash imkonini yaratadi. Onlayn o‘qish orqali til o‘rganish talabalar uchun ahamiyatlidir. Birinchidan, onlayn o‘qishning eng katta afzalligi, uni qo‘llash qulayligi va geografik cheklovlardan xoli bo‘lishidir. Talabalar dunyo bo‘ylab turli tillardagi kontentlarga murojaat qilish orqali til bilimini rivojlantirishlari mumkin. Onlayn mashg‘ulotlar, talabalarga maqsadga muvofiq materiallarni tanlash va o‘z tempida o‘rganish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, talaba o‘rganish jarayoniga individual yondashuvni ta’minlaydi. Ikkinchidan, til o‘rganishda onlayn platformalarning roli juda kengdir. Onlayn platforma va dasturlar, masalan, Duolingo, Memrise, Babbel kabi servislar talabalarga tilni o‘rganishda interaktiv va o‘yinlashtirilgan usullar orqali yordam beradi. Ular yordamida talabalar grammatika, lug‘at, tildagi ma’

Доказательный фрагмент

«This article discusses methods of organizing online classes aimed at developing students’ language skills.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses methods of organizing online classes aimed at developing students’ language skills. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
students, language skills, higher education, online platforms, training sessions, o‘quv mashg‘uloti, talaba, студент, metodika, учебная сессия, methods, онлайн- платформа, высшее образование, oliy ta’lim, onlayn platforma, til bilish qobiliyati, языковые навыки, методика
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5