К содержанию
РецензированоRU2025

Методы сбора данных по отпечаткам ладоней

Shadiyev Usmon Ramazanovich · Qodirov Asliddin Asomiddin o‘g‘li

Современные проблемы интеллектуальных систем · 3244 · 1- 5 · 2025

Аннотация

This article analyzes methods of collecting palmprint data in the field of human biometric identification. It primarily compares two types of data acquisition methods - offline and online - highlighting their advantages and disadvantages. The offline method des-cribes the technique of collecting data based on inked images, while the online method discusses the architecture of real-time operating devices, user interface, and optical system requirements. Keywords: Biometrics, palmprint recognition, offline and online methods. So‘nggi yillarda biometrik tizimlar rivojlanib bormoqda. Bu biometrik tizimlar orqali shaxsni identifikatsiyadan o‘tkazish masalalari yechilmoqda. Jumladan, shaxsni yuzi, ko‘zi, barmoq izi va quloq yanog‘i orqali aniqlab olish masalalarini keltirish mumkin. Bundan tashqari kaft izi orqali ham tanib olish masalalari o‘rganilmoqda. Kaft izini yig‘ib olish ushbu masalaning dastlabki bosqichidir. Umuman olganda, ko‘p hollarda biometrik tizimlar quyidagi to‘rtta bosqich asosida bajariladi [1]: a) Ma’lumotlarni yig‘ish; b) Tasvirga oldindan ishlov berish; c) Belgilarni ajratish; d) Belgilarni taqqoslash. Yuqorida keltirilganidek, ma’lumotlarni to‘plash kaft izini aniqlash dastlabki bosqichdir. Umuman olgan ma’lumotlarni to‘plash ikki usulda amalga oshiriladi: oflayn va onlayn. Onlayn kaft izi olish qurilmasi ishlab chiqilguncha, barcha kaft izlari oflayn tarzda olingan. Oflayn usul shuni anglatadiki, kaft izi ma’lumotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuterga kiritilmaydi. 1996-yildan boshlab siyohli tasvirlardan foydalanib, kaft izi tadqiqoti boshlangan. Oflayn usulda foydalanuvchining kafti siyoh bilan bo‘yaladi va oq qog‘ozga bosiladi [2]. Siyoh qurigandan so‘ng, ushbu rasm skaner yordamida raqamlashtirilib, kompyuterga saqlanadi. 1-rasm. Oflayn usul bilan olingan siyohli kaft izi tasviri. Biroq bu usul real vaqt talab qiladigan ilovalar, masalan, fizik kirish nazorati (qo‘riqlash tizimlari) uchun mos emas. Bundan tashqari, siyohning sifati ham natijaga ta’sir qiladi. Juda ko‘p siyoh 284 Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г. ishlatilsa – noaniq tasvir hosil bo‘ladi. Juda oz siyoh ishlatilsa – aniq tasvir olinmaydi. Shuning uchun oflayn usulning natijalari har doim ham qoniqarli bo‘lmasligi mumkin. Onlayn usul. Onlayn usul esa kaft izi ma’lumotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqamlashtirish imkonini beradi, shu tariqa qog‘oz kabi vositaga ehtiyoj qolmaydi. Bu usul skaner yoki video kamera orqali amalga oshirilishi mumkin [3]. Dunyoda birinchi onlayn kaft izi olish qurilmasi 1999-yil Gonkong Politexnika universitetida loyihalashtirildi. Bu kaft izi tadqiqoti uchun onlayn qurilma yaratishga qaratilgan dastlabki urinish edi. Ushbu qurilma plastik quti, yorug‘lik manbai, oyna, shisha plastina va CCD (Charge-Coupled Device) kamera yordamida ishlab chiqilgan (2-rasm). Takroriy sinovlar shuni ko‘rsatdiki: oyna orqali olingan tasvir to‘g‘ridan-to‘g‘ri aks ettirishga nisbatan sifatsizroq edi, chunki ikkinchi yuzali oyna “xayoliy tasvir” hosil qiladi. Shisha plastina kaftni ushlab turish uchun ishlatilgan bo‘lsada, teri yuzasini siqib yuborgan, natijada kaft chiziqlari yetarlicha aniq chiqmagan va xususiyatlarni ajratish uchun mos bo‘lmagan [4]. Shuning uchun yanada aniqroq tasvir olish va keyingi ishlov berish jarayonini yaxshilash uchun yaxshiroq qurilma zarur edi. 2-rasm. Birinchi onlayn kaft izi olish qurilmasi: tashqi ko‘rinishi va arxitekturasi. Haqiqiy vaqt rejimida ishlaydigan onlayn kaft izi identifikatsiya tizimini ishlab chiqish uchun kaft izini tez va yuqori sifatda skanerlash imkonini beradigan skaner talab qilinadi. Bu kaft izi tadqiqotlari uchun juda muhim, ammo bunday qurilmani loyihalash va amalga oshirish bo‘yicha tadqiqotlar hali ham cheklangan [5]. Shunday qurilma yaxshi sifatli kaft izi tasvirlarini real vaqtda olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilar uchun tizim interfeysi qulay va oson ishlatiladigan bo‘lishi lozim. Quyida yakuniy kaft izi olish qurilmasi uchun asosiy mezonlar, foydalanuvchi interfeysi talablari va optik tizim talablarini ko‘rib chiqamiz: a) Foydalanuvchi interfeysi talablari. Oson va intuitiv ishlatish – foydalanuvchilar tizimdan foydalanganda o‘zlarini qulay his qilishlari kerak, chunki mijozga yo‘naltirilgan ilovalarda foydalanuvchilarning qabul qilish darajasi juda muhimdir. Hajmi – tizim hajmi qo‘llanilish sohasiga bog‘liq, ammo imkon qadar kichik bo‘lishi kerak. b) Optik tizim talablari. Tasvir sifati – yuqori sifatli tasvirlarni olish keyingi tasvir qayta ishlash jarayonlari uchun zarur. Haqiqiy vaqt rejimida qayta ishlash – tizimning javob vaqti real vaqtda ishlaydigan ilovalar uchun yetarlicha tez bo‘lishi kerak [6]. 285 Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г. 3-rasm. Kaft izi ma’lumotlarini yig‘ish tizimi tuzilishi. Taklif etilgan tizimning tuzilishi 3-rasmda ko‘rsatilgan. Foydalanuv

Доказательный фрагмент

«This article analyzes methods of collecting palmprint data in the field of human biometric identification.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes methods of collecting palmprint data in the field of human biometric identification. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Biometrics, palmprint recognition, offline and online methods, Biometrika, kaft izini aniqlash, oflayn va onlayn usullar, Биометрика, распознавание отпечатков ладони, офлайн и онлайн методы.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники