К содержанию
РецензированоUZ2026

KLINIK FIKRLASH KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI

PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI · Isroilov Farxodjon Ilxomjon og‘li

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyot ta’limi jarayonida klinik fikrlash kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik hamda psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Klinik fikrlash shifokorning kasbiy kompetensiyasining asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, nafaqat chuqur nazariy bilimlarga, balki dalillarga asoslangan yondashuv, analitik fikrlash, hissiy barqarorlik, empatik muloqot va reflektiv tafakkurga tayangan holatda qaror qabul qilishga asoslanadi. Maqolada kognitiv, affektiv va metakognitiv salohiyatlarni integrativ tarzda rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari, o‘qitish metodikasi, baholash yondashuvlari va simulyatsion muhitda o‘quv faoliyatini tashkil etish usullari yoritiladi. Shuningdek, interaktiv metodlar, muammoli ta’lim, refleksiya va murabbiylik asosida shaxsiy va kasbiy o‘sish mexanizmlari tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: klinika fikrlash, pedagogik-psixologik yondashuv, tibbiy ta’lim, affektiv salohiyat, metakognitiv salohiyat, klinik qaror qabul qilish, simulyatsiya, refleksiya, interaktiv metodlar. Bugungi kun tibbiyot mutaxassislarini klinik kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha dolzarb muammo, o‘sib kelayotgan yoshlarni mehnat faoliyatlarida o‘z o‘rnini topishlariga, sifatli ta’lim olishlariga, shaxslararo ijtimoiy-madaniy munosabatlarini shakllantirishga yordam berishi kerak, biroq bunda eng muhimi -shaxsni talabga to‘la javob beradigan darajada rivojlanish sharoitlari va o‘z imkoniyatlarini amalga oshira oladigan shaxsni shakllantirishdir. Aynan shuning uchun ham tibbiy ta’limning asosiy vazifasi, bo‘lajak shifokorlarni kasbiy tayyorgarligining ajralmas qismi bo‘lgan klinik fikrlash kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirish bo‘lishi kerak. Klinik fikrlash kompetentsiyalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari tibbiyot oliy ta’limi jarayonida talabalarning kasbiy yetukligini ta’minlovchi asosiy tarkibiy komponentlardan biri sifatida alohida ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Jahon tibbiyot ta’limi tajribasi shuni ko‘rsatadiki, samarali klinik fikrlash nafaqat chuqur nazariy bilimlar, balki dalillarga asoslangan tahliliy yondashuv, diagnostik farazlarni shakllantirish va klinik qaror qabul qilishda reflektiv hamda metakognitiv ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Bu jarayon pedagogik jihatdan talabaning muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, integrativ bilimlarni qo‘llash va mustaqil fikr yuritishga undovchi o‘quv muhitini yaratishni talab etsa, psixologik jihatdan stressga bardoshlilik, hissiy barqarorlik, empatik muloqot va kognitiv moslashuvchanlik kabi shaxsiy sifatlarni rivojlantirishni nazarda tutadi. Shu bois, klinik fikrlash kompetentsiyalarini rivojlantirish masalasi zamonaviy tibbiyot ta’limida interaktiv o‘qitish metodlari, real klinik holatlarni modellashtirish, yuqori realizmli simulyatsiya va muammoli ta’lim strategiyalarini uyg‘unlashtirish orqali, shuningdek, talabada o‘z fikrlash jarayonini ongli tahlil qilish va xatolardan samarali o‘rganish imkonini beruvchi refleksiya mexanizmlarini shakllantirish orqali kompleks yondashuv asosida amalga oshiriladi. 54 Klinik fikrlash kompetentsiyalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari tibbiyot ta’limida talabaning kognitiv, affektiv va metakognitiv salohiyatini integrativ yondashuv asosida shakllantirish jarayoni bo‘lib, bu jarayon bilimlarni tizimlashtirish, muammoli vaziyatlarda sabab–oqibat bog‘liqliklarini aniqlash va analitik tahlilni uyg‘unlashtirishga qaratiladi. Kognitiv salohiyat deb asosan bilimni anglash, strukturalash va uni amaliy vaziyatlarga qo‘llash qobiliyati tushuniladi. Klinik fikrlash nuqtai nazaridan bu - anamnez, simptom va test natijalarini tahlil qilish orqali diagnostik gipotazalarni yaratish, sintetik tahlil o'tkazish, sabab– oqibat bog‘liqliklarini aniqlash hamda qaror qabul qilish jarayonini o‘z ichiga oladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kognitiv malaka - tibbiy bilimni strukturalashtirish va shoshilinch mantiqiy hamda ongli algoritmik fikrlash usullarini uyg‘unlash orqali egiluvchanlik bilan ishlashi muhimdir. Klinik qaror qabul qilish bosqichida talaba dalillarga asoslangan gipoteza yaratish, uni tekshirish, alternativ variantlarni baholash va xulosa chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur. Shu bilan birga, klinik fikrlashning affektiv-ijtimoiy komponentlari ham muhim ahamiyat kasb etadi, chunki real klinik muhitda aniqlik darajasi past bo‘lgan vaziyatlarda hissiy barqarorlik, stressga chidamlilik, bemor va tibbiyot jamoasi bilan empatik muloqot olib borish, qarorlarni hamkorlikda qabul qilish, ichki motivatsiyani yuqori darajada saqlash klinik kompetensiyaning ajralmas qismidir. Affektiv salohiyat- bu klinik muhit sharoitida stressga chidamlilik, empatik muloqot, shaxsiy motivatsiyani saqlash va team-kommunikatsiya ko‘nikmalarini anglatadi. Klinika ma’lumotlari asosida, murakkab vaziyatlarda hissiy barqarorlik va hamkasblar yoki bemor bilan samarador muloqot klinik qaror qabul qilishda muhim rol o‘ynaydi, chunki shoshilinch bilan birga insonga

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyot ta’limi jarayonida klinik fikrlash kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik hamda psixologik jihatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy tibbiyot ta’limi jarayonida klinik fikrlash kompetentsiyalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik hamda psixologik jihatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
simulyatsiya, tibbiy ta’lim, pedagogik-psixologik yondashuv, affektiv salohiyat, klinika fikrlash, klinik qaror qabul qilish, refleksiya, interaktiv metodlar., metakognitiv salohiyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники