Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA AKMEOLOGIYA FANI TARIXI HAQIDA
Aralova Dilafruz Dushaboy qizi
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda akmeologiya fanining shakllanish va rivojlanish tarixi, uning asosiy nazariy yondashuvlari hamda zamonaviy raqamli ta’lim muhitidagi talqinlari tahlil etilgan. Akmeologiya fanining psixologiya, pedagogika va shaxs rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqligi, shuningdek, insonning professional yetuklikka erishish jarayonidagi o‘rni yoritilgan. Raqamli ta’lim muhiti akmeologik yondashuvni yangi bosqichga olib chiqib, talaba va o‘qituvchining interaktiv, moslashuvchan va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida yuqori natijalarga erishish imkonini berishi asoslab berilgan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar yordamida akmeologiya fanini o‘qitish va amaliyotga tatbiq etishning afzalliklari, shuningdek, bu jarayonda yuzaga keladigan metodik va pedagogik masalalar tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: akmeologiya, raqamli ta’lim muhiti, professional yetuklik, shaxs rivojlanishi, pedagogik innovatsiyalar, interaktiv ta’lim. Akmeologiya — insonning kasbiy va shaxsiy rivojlanish jarayonida eng yuqori cho‘qqilarga erishish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sifatida XX asrning ikkinchi yarmida shakllandi. U dastlab psixologiya, pedagogika, falsafa va sotsiologiya fanlari kesishgan nuqtada paydo bo‘lib, keyinchalik mustaqil ilmiy yo‘nalishga aylandi. Akmeologiya fanining tarixiy taraqqiyoti davomida inson faoliyatining turli sohalarida professional yetuklikka erishish, ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish va shaxsiy imkoniyatlarni maksimal darajada rivojlantirish masalalari markaziy o‘rinni egalladi. Bugungi globallashuv va texnologik taraqqiyot sharoitida raqamli ta’lim muhiti akmeologiya fanini o‘qitish va tadqiq etishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonini yanada interaktiv, moslashuvchan va shaxsga yo‘naltirilgan shaklga keltirib, ilmiy-nazariy bilimlarni keng auditoriyaga tezkor yetkazish, shuningdek, amaliy ko‘nikmalarni masofaviy sharoitda shakllantirish imkonini beradi. Shu nuqtayi nazardan, raqamli ta’lim muhitida akmeologiya fanining tarixini o‘rganish nafaqat ilmiy-nazariy ahamiyatga ega, balki zamonaviy pedagogik amaliyot uchun ham dolzarbdir. Bu yo‘nalish o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida yangi turdagi hamkorlik madaniyatini shakllantiradi, kasbiy rivojlanish sur’atini oshiradi va shaxsning har tomonlama kamolotini ta’minlashga xizmat qiladi. 18 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, har qanday taraqqiy etgan davlatning muvafaqqiyatini belgilab beruvchi omillardan biri pedagoglarning ijodkorlik faoliyatlarini yuqori “cho‘qqi”larga olib chiqish bilan uzviy bog‘liq. Pedagoglarning tabiatini o‘zgartiradigan, ular shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan muhim fanlardan bir – bu pedagogik akmeologiya fanidir. Aniqlanishicha, inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil – inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishi hodisasidir. Ma’lumki, inson shaxsi juda murakkab psixologik fenomen bo‘lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida asta-sekin tarkib topadi. Shu bois ham, akmeologiya – shaxsning rivojlanish va komillikka erishish jarayonini o‘rganuvchi maxsus fan hisoblanadi. Akmeologiya fani tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, akmeologiyani “kamolot yoki voyaga yetganlik psixologiyasini” bildiruvchi tushuncha sifatida Ribnikov tomonidan 1928-yilda fanga kiritilgan. Ushbu fanni asoschilari N.V.Kuzmina, A.A.Bodalev, A.A.Derkach, A.P.Sitnikov, V.N.Tarasova, D.I.Tixomirov, L.D.Fokina va boshqa olimlar hisoblanadi. Ushbu fanning asoschilaridan biri A.A. Bodalev akmeologiyani ikki jihatdan izohlaydi: inson taraqqiyoti psixologiyasining eng muhim bosqichi (kamoloti) sifatida va o‘ziga xos fan sifatida. Akmeologiyaning predmeti kasbiy faoliyat ko‘nikmalarini oshirish omillari va uni shakllantirishning turli shartlari hamda bosqichlari hisoblanadi[2]. N.V. Kuzmina va A.A. Derkach akmeologiyani mustaqil tadqiqot sohasiga ega bo‘lgan fan sifatida e’tirof etadilar va akmeologiyani psixologiya fanlari tizimiga kiritib bo‘lmasligining bir qancha sabablarini keltirib asoslaydi. Psixologiya fanlari o‘zining o‘ziga xosligi bo‘yicha analit xususiyatga ega bo‘lib, akmeologiya bilan birgalikda ob’ektlarning oldindan ko‘ra olish natijasi yaxlitligini o‘rganadi[3]. N.V. Kuzmina va D.I. Tixomirov kabi olimlar akmeologiyani ilmiy fanlar majmuasi sifatida belgilaydi, uning o‘rganish ob’ekti insonning o‘zini o‘zi rivojlantirish dinamikasi, o‘zini o‘zi boshqarishini akmeologiyaning axborot bazasi ularning “texnologik qismida” fanning barcha sohalari - ya’ni ma’lum bir fan yoki mutaxassislik muammolarini muvaffaqiyatli hal qilish uchun qanday harakat qilish kerakligi haqidagi savolga bevosita javob beradigan bilimlar tizimi sifatida talqin qiladi[2]. Rus olimlaridan yana biri A.P. Sitnikovning so‘zlariga ko‘ra, akmeologiyaning boshqa fanlardan eng muhim farqi bu uning tadqiqot predmeti 19 THEORETICAL
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda akmeologiya fanining shakllanish va rivojlanish tarixi, uning asosiy nazariy yondashuvlari hamda zamonaviy raqamli ta’lim muhitidagi talqinlari tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda akmeologiya fanining shakllanish va rivojlanish tarixi, uning asosiy nazariy yondashuvlari hamda zamonaviy raqamli ta’lim muhitidagi talqinlari tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqamli ta’lim muhiti, shaxs rivojlanishi, interaktiv ta’lim., akmeologiya, pedagogik innovatsiyalar, professional yetuklik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026