Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA'LIMDA INSON OMILI VA SUN'IY INTELLEKT: SAMARADORLIK VA TARAQQIYOT ORALIGʻIDA TANLOV.
Surayyo Eshmirzayeva Rahimjon qizi
Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026
Аннотация
( Annotatsiya): Ushbu maqolada XXI asrda ta'lim tizimida inson omili va sun'iy intellektning oʻzaro munosabati, samaradorligi hamda kelajakdagi istiqbollari tahlil qilinadi.Tadqiqotda texnologiyalarning ta'limga kiritilishi ijobiy natijalar bera olishi bilan birga, insoniy tarbiya, hissiyot va axloqiy yondashuv yetishmasligi kabi salbiy jihatlar ham muhokama qilinadi.Pedagogik jarayonda inson va sun'iy intellektni uygʻunlashtirish taklifi ilgari suriladi. Kalit soʻzlar: sun'iy intellekt, inson omili, ta'lim tizimi, pedagogika, texnologik innovatsiyalar, ustoz - shogird munosabati 1.Introduction ( Kirish) Soʻnggi yillarda sun'iy intellekt (SI) va raqamli texnologiyalar dunyo ta'lim tizimida keng joriy etilmoqda.Bu oʻzgarishlar Oʻzbekiston ta'lim sohasiga ham bevosita ta'sir koʻrsatmoqda.Biroq, jamiyatda bu jarayonlarga nisbatan turli qarashlar mavjud: bir tomon sun'iy intellektni (SI) zamonaviy ta'limning muqarrar bosqichi deb hisoblaydi, boshqa tomon esa pedagogik faoliyatda inson omili almashtirilmas, deb e'tiroz bildiradi. Tadqiqot maqsadi: Sun'iy intellekt va inson omili asosida ta'lim samaradorligini tahlil qilish, ularning afzalliklari va kamchiliklarini aniqlash. Tadqiqot savoli: 1.Sun'iy intellekt asosidagi ta'lim qanchalik samarali? 2.Pedagogik jarayonda inson omili oʻrnini toʻliq bosishi mumkinmi? 3.Qaysi yondashuv kelajak uchun ustun? Tadqiqot dolzarbligi: Texnologik taraqqiyot sharoitida an'anaviy ta'lim yondashuvlari yangi shakllarga oʻzgarmoqda.Bu oʻzgarishlar insoniy qadriyatlar, psixologik yondashuvlar va shaxsiy tarbiya masalalarini qayta koʻrib chiqishni talab qilmoqda. 2.Methods ( Metodologiya) Tadqiqot dizayni: Mavzu sifatli tadqiqot metodlariga asoslangan holda oʻrganildi. Tahlil markazida taqqoslovchi tahlil, kontent tahlil va statistik natijalar joy oldi. Namunalar: 119 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Asosiy manbalar sifatida Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlarda 2020 - 2024 - yillarda sun'iy intellekt asosidagi ta'limga oid tadqiqotlar, statistik ma'lumotlar va jamoatchilik fikri asos qilib olindi. Usullar va vositalar: • Raqamli tahlil dasturi ( AI tahmin platformalari) orqali SI samaradorligi boʻyicha statistik natijalar yigʻildi. • Oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan intervyular tahlil qilindi. • Oʻzbek pedagogikasidagi klassik yondashuvlar hujjatlar asosida oʻrganildi. Tahlil usullari: Tahlil asosida SI va inson omili oʻrtasidagi samaradorlik, tarbiyaviy yondashuv, psixologik ta'sir, dars sifati kabi indikatorlar boʻyicha solishtirma baholash olib borildi. 3.Results ( Natijalar) • Sun'iy intellekt asosidagi ta'limning ijobiy jihatlari: ° Har bir oʻquvchiga individual yondashuvni ta'minlaydi. ° Ish samaradorligi yuqori: SI charchamay, doimiy dars bera oladi. ° Zamonaviy texnologiyalarga mos dasturlar orqali oʻquv jarayoni avtomatlashtiriladi. ° 2023 - yilgi xalqaro ma'lumotlarga koʻra, SI oʻqitish tizimlari oʻquvchilarning test natijalarini 15% ga oshirishga yordam bergan. • Sun'iy intellekt asosidagi ta'limning salbiy jihatlari: ° SI tizimlari 27% hollarda notoʻgʻri ma'lumotlar bergan ( 2023 - yil, AI Monitoring Center ma'lumotlari). ° Tarbiyaviy va axloqiy yondashuvda insoniy hissiyotlar yoʻq. ° Oʻqituvchilar ish oʻrinlarining qisqarishiga olib kelishi mumkin. • Inson omili asosidagi ta'lim afzalliklari: ° Ustoz - shogird munosabati doimo muhim boʻlib qoladi. ° Psixologik yondashuv, tarbiya, hayotiy maslahatlar faqat insondan chiqadi. ° Milliy qadriyatlar, til, madaniyat faqat insoniy yondashuv orqali singdiriladi. • Inson omili asosidagi ta'limning salbiy jihatlari: ° Ba'zi oʻqituvchilar moddiy holatga qarab farqli munosabatda boʻlishi mumkin. ° Texnologik savodxonlik yetishmasligi ta'lim sifatini pasaytiradi. 4.Discussion ( Muhokama) Natijalar talqini: 120 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, sun'iy intellekt ta'limda muhim vosita boʻlishi mumkin, ammo u pedagogni toʻliq almashtira olmaydi.Tarbiya, axloqiy rivojlanish, psixologik yondashuv faqat inson omili orqali samarali boʻladi.Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar dars jarayonini boyitadi, ma'lumotni tez yetkazadi va qulayliklar yaratadi. Oldingi tadqiqotlar bilan solishtirish: 2023 - yilda Xitoyda oʻtkazilgan eksperimentda SI asosida oʻqitilgan guruhda oʻquvchilar bilim saviyasi oshgan, ammo muloqot va jamoadagi faollik kamaygan.Bu esa insoniy oʻzaro ta'sirning muhimligini yana bir bor isbotlaydi. Amaliy ahamiyat • Ta'limda SI va inson omilining uygʻun integratsiyasi ta'lim sifatini sifatini oshiradi. • Oʻqituvchilarni raqamli savodxonlikka oʻrgatish SI bilan raqobat qilish emas, balki uni toʻgʻri qoʻllashga xizmat qiladi. • Milliy ta'lim konsepsiyalariga SI vositalarini ehtiyotkorlik bilan joriy etish zarur. Cheklovlar • Tadqiqotda asosiy e'tibor nazariy va kontent tahlilga qaratilgan, amaliy eksperimentlar oʻtkazilmagan. • Statistik ma'lumot
Доказательный фрагмент
«( Annotatsiya): Ushbu maqolada XXI asrda ta'lim tizimida inson omili va sun'iy intellektning oʻzaro munosabati, samaradorligi hamda kelajakdagi istiqbollari tahlil qilinadi.Tadqiqotda texnologiyalarning ta'limga kirit…»
Образец извлечения
Демо-превью( Annotatsiya): Ushbu maqolada XXI asrda ta'lim tizimida inson omili va sun'iy intellektning oʻzaro munosabati, samaradorligi hamda kelajakdagi istiqbollari tahlil qilinadi.Tadqiqotda texnologiyalarning ta'limga kirit… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- inson omili, ustoz - shogird munosabati, texnologik innovatsiyalar, pedagogika, sun'iy intellekt, ta'lim tizimi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025