Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XALQARO KOMMUNIKATSIYALARDA PRNING O‘RNI VA IMIJ YARATISH MASALALARI
YARATISH MASALALARI · Yusupova Zulayxo Abduraimovna
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
This article analyzes the role of PR in international communications and its importance in image creation. In the context of globalization, states, international organizations, and transnational corporations are effectively utilizing PR strategies to accurately convey their activities to the global community and shape a positive image. The mechanisms of image creation are explained through cooperation with mass media, digital communications, cultural diplomacy, and crisis PR activities. Additionally, the article examines the challenges of information competition, cultural differences, and false information that arise in the formation of an international image. Keywords: international communication, PR, image, state image, corporate image, personal image, public relations, digital communications. Globalizatsiya jarayonida xalqaro kommunikatsiyalar insoniyat hayotining barcha sohalariga chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu jarayonda jamoatchilik bilan aloqalar (Public Relations – PR) faoliyati davlatlar, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro tashkilotlar va nodavlat institutlar uchun samarali kommunikativ vositaga aylandi. Xalqaro PRning asosiy maqsadi – milliy manfaatlarni xalqaro miqyosda to‘g‘ri yoritish, ijobiy imij yaratish hamda turli auditoriyalar bilan o‘zaro ishonchli munosabat o‘rnatishdir. 91 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Olim Edvard Bernаyzning fikriga ko‘ra, “Public Relations – jamoatchilikning qiziqishlarini moslashtirishga yo‘naltirilgan harakatdir”1 . Har ikkala qarashda ham jamoatchilik fikriga bo‘lgan mo‘tadil munosabat va aniq fikr shakllantirishga ko‘maklashish ustuvorlik qiladi. Jamoatchilik bilan aloqalarning iqtisod, siyosat, madaniyat, ilm-fan va boshqa turli sohalarda ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, soha xususiyatidan kelib chiqib aholi fikrini shakllantirishga xizmat qiladi. PRda fikr hamisha turli rakurslarda o‘rganilib, ommaga yo‘naltiriladi. PR o‘ziga xos tafakkur maydonini vujudga keltirgan holda samarali natijalarga erishish uchun jamoatchilik fikrini tinglab xulosa chiqarishi maqsadga muvofiqdir. “Public Relations” termini ilk bor 1807-yilda AQSHning uchinchi prezidenti Tomas Jefferson tomonidan qo‘llangan bo‘lib, keyinchalik PR atamasi tobora ommalashib bordi. Jamoatchilik bilan aloqalar, fikr almashish va aniq xulosalarga bo‘lgan ehtiyoj jamoatchilik bilan aloqalar amaliyotining dunyo bo‘yicha keng tarqalishiga yo‘l ochdi va ma’lum prinsiplarga asoslanib rivojlanib bordi. U ijtimoiy voqelikka aylandi va turli maqsadlarga yo‘naltirildi. Xalqaro kommunikatsiyalarda PRning o‘rni 1. Madaniy ko‘prik vazifasi – PR turli xalqlar o‘rtasida madaniy va axborot aloqalarini mustahkamlab, ularning o‘zaro tushunishini yengillashtiradi. 2. Davlat imijini shakllantirish – davlatlar o‘z tashqi siyosatini ommalashtirishda, turizm va investitsiyalarni jalb qilishda PR strategiyalaridan keng foydalanadi. 3. Xalqaro tashkilotlar faoliyatida – BMT, YUNESKO, Yevropa Ittifoqi kabi tuzilmalar dunyo jamoatchiligiga o‘z faoliyatini tushuntirishda PR vositalarini qo‘llaydi. 4. Korporativ PR – transmilliy kompaniyalar o‘z brendini xalqaro bozorda tanitishda va iste’molchilar ishonchini qozonishda PR kampaniyalaridan samarali foydalanadi. PR xalqaro kommunikatsiyalarda muhim o‘rin tutib, davlatning imijini shakllantirishda yaqindan ko‘mak beradi. Turli davrlarda jamoatchilik bilan aloqalarni kuchaytirish davlat rivojiga, mamlakatning tashqi imijini shakllantirishda ijobiy natijalarga olib kelgan. Jamoatchilik bilan aloqalar yaxshi olib borilsa, shu davlatning siyosati ham, xorijiy munosabatlardagi o‘rni ham yuksalib boradi. PRning keng yo‘lga qo‘yilishi, olib borilayotgan islohotlarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi va shu bilan birga davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni yanada mustahkamlaydi. Shu Чумиков А. Паблик Рилейшнз для профессионалов, - М., 2000. С.12. 92 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference o‘rinda ispan faylasufi Ortega Gassetning quyidagi fikrini keltirib o‘tish lozim: “Dunyoni jamoatchilik fikri boshqaradi”2. Darhaqiqat, jamoatchilik fikri orqali mamlakat nafaqat milliy, balki xalqaro maydonda ham nufuzini anchayin ko‘tarishga erishadi. Zamonaviy xalqaro munosabatlarda ma’lum davlatning e’tirof etilishi, avvalo uning tan olinishi bilan boshlanadi. Ayni shu e’tirof, tan olinish orqali mamlakatning tashqi imiji shakllanib boradi. PR esa mana shu imijning birlamchi vositasi hisoblanadi. Xalqaro media makonda mamlakat imijini yaratish, birmuncha mas’uliyatli ish. Ya’ni, xalqaro kommunikatsiyalarda boshqa mamlakat tashqi siyosatiga daxl qilmagan holda PR olib borish muhim. Sababi “Hech bir davlat boshqa davlatlardan uzilgan holda yashay olmaydi, ularning barchasi xalqaro hamkorlik rishtalari orqali bir-birlariga daxldordirlar. Zero, global muammolarni bartaraf etishda har bir davlat o`z manfaatlarini ana shu xalqaro hamkorlik manfaatlari bilan muvofiqlashtirmog`i kerak bo`ladi”3 .
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the role of PR in international communications and its importance in image creation.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the role of PR in international communications and its importance in image creation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- international communication, image, state image, corporate, shaxsiy imij, xalqaro kommunikatsiya, raqamli kommunikatsiyalar., PR, davlat imiji, korporativ imij, imij, jamoatchilik bilan aloqalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025