К содержанию
РецензированоUZ2026

PSIXOLOGIYA FANI VA UNING RIVOJLANISH TARIXI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Yusufaliyeva Mushtariybegim Qosim qizi (in-academy.uz/index.php/si) · Mirzo Ulug‘bek nomidagi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Psixologiya fanining tarixi, ushbu sohadagi olimlarning qarashlari, psixologiya fani tarmoqlari, bugungi kundagi psixologiya fanining ahamiyati borasida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Psixologiya, ruh, psixika, ong, fan tarmoqlari, psixologiya olimlari qarashlari. Kirish. Psixologiya ruh haqidagi fan (er.av VI asr – eramizning XVI asr). Har bir olim ruh haqidagi o‘z ta’limotlarini ilgari surishga harakat qilgan. Birlamchi tushunchalar animistik xarakterga ega bo‘lgan, ya’ni “har bir predmetning o‘z qalbi bor”-deb e’tirof etilgan. Ruhning har bir predmetda mavjudligini harakat va ko‘rinishda aks ettirilganini kuzatganlar. Arastu barcha organik jarayonlarda psixik jarayonlar aks etgan deb aytib o‘tgan. O‘simliklar dunyosi va hayvonot olamiga ruh ta’limotini kiritgan.[6] So‘ngra psixika haqida ikkita qarama-qarshi fikr paydo bo‘lgan: materialistik (Demokrit) va idealistik (Aflotun). Demokritning fikriga ko‘ra psixika o‘z tabiatiga ko‘ra moddiy hisoblanadi, ruhning holati kichik atomlardan tashkil topgan, atomlar jismoniy tanada aks etganlar. Dunyoni bilish psixika va organizmning tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqalaridan tarkib topgandir. Aflotunning fikriga ko‘ra ruh mukammal hisoblanadi. Dunyoni anglash esa mukammal ruhdagi g‘oyalar dunyosini anglashdan iboratdir, ruh inson tanasiga tushmasdan oldin ham rivojlanadi. Psixologiya ong haqidagi ta’limotdir (XVII-XIX asrlar). Psixologiya ong ta’limoti ortida anchagina rivojlanishga ega bo‘lgan. Ayni psixologiya sohasidagi qarashlar eksperimental psixologiyaga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Uzoq vaqtlar davomida psixologiya tabiiy, ijtimoiy fanlardan ajratilib o‘rganiladigan ilm sohasi sifatida qaralgan. Buning asosiy sababi shundaki, o‘sha paytlarda psixologiya, inson ruhi idealistik nuqtai nazaridan talqin etilgan. Psixologiya oldida turgan asosiy funksiya asosan inson ichki olamini o‘rganish bo‘lib, bu ichki olamga tashqi dunyoga aloqasiz ravishda lrganizm ichida paydo bo‘ladigan ichkarida kechadigan jarayonlar, holatlar sifatida talqin etilgan. R.Dekart hayvonlarning ruhi yo‘q degan fikrni aytib o‘tgan. Hayvonlarning xatti-harakati reflekslar deb ataladi. Uning fikriga ko‘raongning paydo bo‘lishi va tafakkurning rivojlanishi ichki nutq orqali shakllanar ekan. Dj.Lokkning fikriga ko‘ra ong insonnning hissiyotlari orasiga yashiringandir, u ongni atomik tarzda tahlil qilish usulini qo‘llagan, bunga ko‘ra psixik holatlar birlamchi holatlar sifatida e’tirof etilgan [7]. Psixologiyaning mustaqil fan sifati shakllanishi 1879-yillarga borib taqaladi. Negaki, ushbu yilda olim Vilgelm Vundt tomonidan dunyoda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasi tashkil etiladi. Psixologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga albatta shartli reflekslar haqidagi ta’limotlar va psixik kasalliklarni davolash usullarining tadqiq etilishi va umuman, fiziologiya fanining rivojlanishi asos bo‘ldi. Psixologik eksperimentlarning o‘tkazilishi albatta mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos yaratildi. Psixologiyaning predmeti psixika bo‘lganligi sababli uning asosiy funksiyasi ob’ektiv dunyo haqidagi jarayonlarni aks ettirishni hisobga oladi. Psixologiya boshqa fanlar qatori falsafa fanining negizida vujudga keldi. Falsafa aynan bilish nazariyalari psixika haqidagi 28 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si tasavvurlarni tahlil qiladi. Bunda psixika birlamchi, ong ikkilamchi holatlar sifatida e’tirof etiladi. Psixologiya inson faoliyatida psixikani va uning rivojlanishini o‘rganadi. Psixologiya barcha fanlarni integratsiya qilib, ularga ta’sir ko‘rsatadi va ular insoniy bilimlarning umumiy modeli sifatida talqin qilinadi. Psixologiya faoliyatni tadqiq qilish va insonning aqliy, amaliy faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. Psixologiya va falsafa. Psixologiya falsafaning tarkibida shakllanib, 1879 yilda mustaqil fan sifatida tarkib topdi. Psixologiyada falsafaning ikki yo‘nalishi saqlanib qolgan: materialistik va idealistik. Idealizm (fransuzchadan idealisme) — idealizm: falsafaning bosh masalasida- ongning borliqqa munosabati masalasida materializmga qarama - qarshi o‘laroq ong, ruh birlamchi, moddiy dunyo, borliq esa ikkilamchi, “ong, sezgi, tasavvur va tushunchalaring mahsulidir”-deb da’vo qiluvchi g‘ayri ilmiy falsafiy oqim. Materializm (lotincha materialis — moddiy) materialism falsafasidagi ikki asosiy oqimdan biri, ya’ni idealizmga qarama-qarshi o‘laroq, birdan-bir ilmiy, tarixan progressiv dunyoqarashdir. Materializm, dunyo o‘z tabiatiga ko‘ra moddiydir, materiya, tabiat, borliq, inson ongidan tashqari unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir, material birlamchi hamda sezgilarning manbai sifatida qaraydi.[9] Pedagogika va psixologiya. Pedagogika o‘qitish metodikalarini psixologiya metodikalaridan o‘zlashtiradi, bundan tashqari qobiliyatlarga nisbatan yondashuvlar xam psixologik jarayonlardan olingan. Boshqa fanlarning qo‘shilishi natijasida pedologiya fani vujudga kelgan. Pedologiya 20 asrning birinchi yarm

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Psixologiya fanining tarixi, ushbu sohadagi olimlarning qarashlari, psixologiya fani tarmoqlari, bugungi kundagi psixologiya fanining ahamiyati borasida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Psixologiya fanining tarixi, ushbu sohadagi olimlarning qarashlari, psixologiya fani tarmoqlari, bugungi kundagi psixologiya fanining ahamiyati borasida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Psixologiya, ong, ruh, fan tarmoqlari, psixika, psixologiya olimlari qarashlari.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники