К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING AKMEOLOGIK POZITSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI (in-academy.uz/index.php/si) · Aralova Dilafruz Dushaboy qizi (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik pozitsiyasini rivojlantirish jarayonining pedagogik va psixologik xususiyatlari tahlil etilgan. Akmeologik pozitsiya pedagogning kasbiy o‘sish, ijodiy salohiyat va shaxsiy yetuklik sari intilishdagi faol hayotiy pozitsiyasi sifatida izohlangan. Psixologik jihatdan bu jarayon motivatsiyani kuchaytirish, metakognitiv tafakkurni rivojlantirish, o‘z-o‘zini baholash va mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Pedagogik jihatdan esa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, innovatsion ta’lim metodlarini tatbiq etish va hamkorlikda o‘qitish amaliyotini kengaytirish muhim omil sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim muhiti, akmeologik pozitsiya, pedagogik xususiyatlar, psixologik xususiyatlar, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, professional rivojlanish, metakognitiv tafakkur, ijtimoiy muhit, ijodiy qobiliyat va boshqalar. Ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish sharoitida o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishining akmeologik omillari quyidagilardan iborat: akmeologik pozitsiya, ta’limni isloh qilish sharoitida kasbiy faoliyatga psixologik tayyorlik va o‘zaro bog‘liqlikdagi ijodiy salohiyat. Akmeologiyaning fanlararo xususiyati ta’limda shaxsning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi yaxlitligi, birligi g‘oyasi nuqtai nazaridan o‘qituvchilarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi muammosini hal qilish uchun yangi imkoniyatlarni beradi. Shu bilan birga, nafaqat o‘qituvchining asosiy kasbiy vakolatlarini (balki faoliyat yondashuvi bilan bog‘liq bo‘lgan va pedagogik tadqiqotlarda rivojlanayotgan) aniqlash, balki faoliyatni amalga oshirish jarayonida shaxsiy va kasbiy rivojlanish xususiyatlarini asoslash, bunday rivojlanish omillarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Pedagogik faoliyat uchun shaxsiy va kasbiy rivojlanishning akmeologik darajasini ishlab chiqishda quyidagi xususiyatlarni inobatga olish lozim: - kasbiy faoliyatdagi yutuqlarga erishish motivatsiyasi; - kasbiy faoliyatga va undagi yangiliklarga ijobiy munosabat; - rivojlanishni aks ettirish; - shaxsiy va kasbiy rivojlanishning ijobiy hissiy holati; - shaxsiy holatidan norozilik bilan bog‘liq bo‘lgan kasbiy qiyinchiliklar; - ushbu qiyinchiliklarni yengish uchun shaxs ichki resurslarining yetishmaslik hissi, ularni yengish uchun ko‘proq konstruktiv strategiyalar va xatti-harakatlar modellaridan foydalanish; - ijodiy salohiyatning yuqori bo‘lishi, o‘zini-o‘zi anglashi, kasbiy vazifalarni bajarishda ijodiy faoliyat olib borishi va ijodiy faoliyatni amalga oshirishga tayyorligi. O‘qituvchining shaxsiy va kasbiy rivojlanishining samarali darajasining ushbu xususiyatlari ta’limni isloh qilish sharoitida o‘qituvchining shaxsiyati va kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan talablarga mos keladi, chunki ular zamonaviy maktablarda innovatsiyalarni joriy etishning muvaffaqiyati va samaradorligini ta’minlashi mumkin. A.A.Derkach, V.G.Zazykin 50 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si yuqori (akmeologik) darajaga erishish harakatlantiruvchi kuchlar tabiatida bo‘lgan shaxsiy va kasbiy rivojlanish (akmeologik omillar) omillari, asosiy sabablari, shaxsning progressiv rivojlanishining asosiy belgilari va uning professionalligi[1] ekanligini ta’kidlaydi. Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik pozitsiyani shakllantirish jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlari: kasbiy faoliyatga psixologik tayyorlik, motivatsiya, yangiliklarga ijobiy munosabat, ijtimoiy muhit, kasbiy mahorat, ijodiy qobiliyat, o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari va pedagogik amaliyotdan iborat. Kasbiy faoliyatga psixologik tayyorlanish — bu shaxsning kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan psixik holat, shaxsiy sifatlar, motivatsiya, emotsional va volitiv tayyorgarlik darajasidir. Bu jarayon kasbiy o‘z-o‘zini anglash, motivatsiya, stressga bardoshlilik, moslashuvchanlik, kommunikativlik kabi omillarni o‘z ichiga oladi. Kasbiy psixologik tayyorgarlikning ahamiyati shundan iboratki, kasbiy stresslarga bardoshlilikni oshiradi; moslashuvchanlikni kuchaytiradi; kasbiy yo‘nalishni anglashga yordam beradi; tanlangan kasbda uzoq muddatli muvaffaqiyat asosini yaratadi va ruhiy charchash xavfini kamaytiradi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning akmeologik pozitsiyani shakllantirish jarayonida motivatsiya ya’ni yuqori yutuqlarga undovchi kuch sifatida muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli ta’lim muhitida faol ishtirok etishi, shuningdek, o‘zining akmeologik pozitsiyasini shakllantirish jarayonida yangiliklarga (innovatsiyalarga) ijobiy munosabat ko‘rsatishi — ularning shaxsiy va kasbiy yuksalishining psixologik-pedagogik sharti hisoblanadi. Psixologik jihatdan yangilikka ijobiy munosabat quyidagilar orqali namoyon bo‘ladi:  o‘zgaruvchan sharoitlarga moslasha olish;  raqamli texnologiyalarni faol o‘zlashtirishga tayyorlik;  tashabbusk

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik pozitsiyasini rivojlantirish jarayonining pedagogik va psixologik xususiyatlari tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik pozitsiyasini rivojlantirish jarayonining pedagogik va psixologik xususiyatlari tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
metakognitiv tafakkur, ijodiy qobiliyat va boshqalar., raqamli ta’lim muhiti, psixologik xususiyatlar, professional rivojlanish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, pedagogik xususiyatlar, ijtimoiy muhit, akmeologik pozitsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники