Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI DOIRASIDA TURKIYA VA QOZOG‘ISTONNING STRATEGIK HAMKORLIGI
QOZOG‘ISTONNING STRATEGIK HAMKORLIGI · Annotatsiya. Mazkur tezisda Turkiya Respublikasi
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This thesis examines the strategic relations between the Republic of Turkey and the Republic of Kazakhstan within the framework of the Organization of Turkic States (OTS). The study analyzes the priority areas of Turkey’s political, economic, and cultural relations with Kazakhstan. It also highlights the cooperation of the two countries in transport and logistics projects as well as in the field of education. Keywords: Organization of Turkic States, Turkey, Kazakhstan, strategic cooperation, Central Asia, parliament, culture, education. Markaziy Osiyo xalqaro maydonda geosiyosiy nuqtai nazardan muhim mintaqa hisoblandi. Turkiya esa o‘zining tashqi siyosatida mintaqadagi davlatlar bilan hamkorlikni har tomonlama kengaytirib kelmoqda. Ayniqsa Markaziy Osiyo va Turkiyani bog‘lab turuvchi tarixiy-madaniy birdamlik, siyosiy va iqtisodiy munosabatlar turli jabhalarda takomillashmoqda. Mazkur aloqalarda 176 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Qozog‘istonning rolini alohida ta’kidlash lozim chunki uning mintaqadagi eng yirik iqtisodiy va hududiy saloyihati tufayli Turkiy davlatlar tashkilotining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Turkiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik hamkorlikni TDT doirasida tadqiq etish dolzarb ilmiy masalalaridan biri sanaladi. Turkiya Markaziy Osiyo davlatlari mustaqilligini tab olgan birinchi davlatlarda biri hisoblanadi. Xususan, 1991-yilda Turkiya Qozog‘iston mustaqilligini tan olib natijada ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining mustahkam poydevorini yaratdi. Shu davrdan boshlab ikki davlat o‘rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda munosabatlar rivojlanishni boshladi. Ayniqsa, strategil sheriklik 2009-yildan keyin yangicha pog‘onaga ko‘tarildi va “Strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi”. Bundan tashqari, 1992-yilda Turkiyaning tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkiy hamkorlik va taraqqiyot agentligi (TIKA) mamalaktlar o‘rtasida iqtisodiy, madaniy va siyosiy hamkorlikni yanada kengaytirish hamda qo‘shma dasturlarni ishga tushirishda alohida ahamiyatga ega. TIKAning ustuvor vazifalaridan biri bozor islohotlarini amalga oshirishga yordam berish, turkiy davlatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini ta’minashdir.1 Siyosiy hamkorlik. Turkiya va Qozog’iston o‘rtasidagi kuchli siyosiy hamkorlik yildan-yilga rivojlanishni davom etib milliy, mintaqaviy hamda xalqaro darajada ham bir birini qo‘llab-quvvatlamoqda. Ikki mamlakat ham tarixiy, til va mafkuraviy munosabatlar orqali mintaqaviy birlikni targ‘ib qiluvchi tashkilotlarga a’zo bular: 1993-yilda tashkil topgan Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti (TURKSOY), 2008-yilda asos solingan Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi (TURKPA), Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda Turkiy biznes kengashi kabi institutlarni o‘z ichiga oladi.2 Iqtisodiy hamkorlik. Global geosiyosiy va geoiqtisodiy beqarorliklarga qaramay, Turkiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo hajmi yil sayin ortib bormoqda. 2024-yilda ikki tomonlama savdo hajmi 5 milliard dollar tashkil etgan bo’lsa, 2025-yil yanvar-may oy hisobiga ko’ra 1,9 milliard dollardan oshgan. Turkiya Qozog’istonning eng yirik investorlaridani biri hisoblanib, 2005-2024-yillar davomida uning iqtisodiyotiga 5,2 millard dollar sarmoya kiritgan. Bugungi kunda Qozog‘istonda 3 538 ta turk kompaniyalari mamlakatda 1 Aslan, D. H., & Bozyigit, D. (2014). Turkey-Kazakhstan relations: an overview of mutual relations since the collapse of the soviet union. Kwartalnik Naukowy Uczelni Vistula, (4 (42), 133-145. 2 Bozkus, R. Y. (2018). Internal and external determinants of Turkey-Kazakhstan energy collaboration. Journal of Economic Cooperation & Development, 39(3), 135-163. 177 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference o‘z faoliyatini olib bormoqda.3 Shuningdek, transport-logistika yo‘nalishidagi munosabatlarni ham alohida qayd etish lozim misol uchun, O‘rta Koridor (Transkaspiy transport yo‘lagi nomi bilan ham mashhur) 2024-yilda mazkur yo‘lak orqali ikki mamlakat o‘rtasida yuk tashish hajmi yuqori darajaga ko‘tarildi. Xususan, Qozog‘iston temir yo‘llarida ushbu yo‘nalish orqali yuk tashish foizi 63 foizga o‘sib, 4,1 million tonnaga yetgan. Turkiyada ham temir yo‘l korxonalari yuk tashish hajmining yuqori darajada ortganini qayd etgan.4 Ta’lim va madaniyat. Siyosiy va iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish bilan bir qatorda, Turkiya madaniy, ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlash uchun TDT doirasida Qozog‘iston bilan o‘zaro faoliyat olib bormoqda. Xususan, Turkiy Akademiya va TURKSOY kabi insitutlarni alohida ta’kidlash lozim. Turkiy Akademiya 2010-yilda bevosita Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursultan Nazarboyev tashabbusi tashkil etilgan. Nazarboyev turkiy dunyo masalalarini tahlil qilish uchun tadqiqot markazi ochish g‘oyasini ilgari surgan biroq asosiy moliyaviy homiy Turkiya Respublikasi sanaladi. Mazkur Akademiyaning asosiy faoliyati ta’lim loyihalarini amalga oshirish hamda ilmiy t
Доказательный фрагмент
«This thesis examines the strategic relations between the Republic of Turkey and the Republic of Kazakhstan within the framework of the Organization of Turkic States (OTS).»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis examines the strategic relations between the Republic of Turkey and the Republic of Kazakhstan within the framework of the Organization of Turkic States (OTS). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Organization of Turkic States, Turkey, Kazakhstan, strategic, Qozog‘iston, parlament, Markaziy Osiyo, Turkiya, Turkiy davlatlar tashkiloti, ta’lim., strategik hamkorlik, madaniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024