Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING NUTQINI OʻSTIRISH METODIKASI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Kadirova Olima (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqini oshirishda o’qish turlaridan foydalanish yoritib berilgan. Tezis davomida o’qish turlarini boshlang’ich sinf o’quvchilariga to’g’ri qo’llash yuqori samaradorlikka olib kelishi ochib berilgan. Kalit so’zlar: til va nutq faoliyati, muloqot kompetensiyasi, o’qish turlari, matn, tez o’qish, ravon gapirish. Zamonaviy taʼlim jarayonida boshlangʻich sinf oʻquvchilari til va nutq faoliyatini shakllantirish, ularning muloqot kompetensiyasini rivojlantirish – pedagogik faoliyatning ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Ayniqsa, o‘qish turlaridan maqsadga muvofiq foydalanish oʻquvchilarning nutqiy faolligi, tafakkuri va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi – boshlangʻich sinf o‘quvchilarining ogʻzaki va yozma nutqini turli o‘qish turlari (ichida o’qish, ovoz chiqarib o‘qish, ifodali o‘qish, rolda o‘qish, tez o‘qish) orqali rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. O’quvchilar matn mutolasining to’g’riligi, tezligi ongliligi va mazmunini o’zlashtirish kabi xususiyatlari bilan ilk bor boshlang’ich sinf o’qish darsligida duch keladi [1]. O’quvchilarni qiziqtirish va samara jihatdan o’qishning quyidagi turlarini darslarda ko’p qo’llash foyda keltiradi. Ichki o‘qish – bu matnni ovoz chiqarib emas, balki ichki nutq orqali anglab, idrok etish jarayonidir. Bu o‘quvchining tafakkur, e’tibor, xotira va tasavvur kabi kognitiv faoliyatlari orqali amalga oshadi. Ichki o’qish fikrni to‘liq anglash, tahliliy fikrlashni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ichki o’qish quyidagi bisqichlarni o’z ichiga oladi: 1. Ovoz chiqarib o‘qish orqali o‘quvchi tovush-harf birikmalarini yaxshi egallab oladi. 2. Keyinchalik, matnni ichki nutq yordamida (ya’ni, ichida) tushunib o‘qish bosqichiga o‘tiladi. 3. Bu bosqichda o‘quvchi nafaqat o‘qiydi, balki matnni tahlil qilish, xulosa chiqarish, muallif fikrini anglashga intiladi. L.S. Vygotskiy fikricha, ichki nutq — bu tashqi nutqning ichki shakli bo‘lib, bola tafakkurining chuqurlashishiga xizmat qiladi. Ichki o‘qish faol fikrlashni talab qiladi, shuning uchun bu jarayon bolalarning tafakkur tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchida o‘qilgan matn ustida “ichki suhbat” olib borish qobiliyati shakllanishi kerak. Boshlang‘ich sinfda ichki o‘qishni rivojlantirishga matn ustida savol-javoblar tashkil qilish (o‘quvchining matn mazmuni haqida o‘ylashiga yordam beradi), o‘qilgan matnni hayolda tasavvur qilish topshiriqlari (tasviriy fikrlashni rivojlantiradi). Ichida o‘qish — o‘quvchining mustaqil fikrlashi va xotirasini faollashtiradi, u shoshilmasdan, hotirjam ravishda o‘z o‘qishini boshqaradi. Ovoz chiqarib o‘qish esa to‘g‘ri talaffuz, ravon va aniq gapirish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bunday o‘qish o‘quvchining o‘z ovozini eshitish orqali matnni eslab qolish darajasini oshiradi. Ifodali o‘qish esa tinish belgilariga e’tibor qaratgan holda ohang, urg‘u, pauza va emotsiyalarni to‘g‘ri qo‘llashni talab qiladi. Bu esa estetik did, badiiy tafakkur va tinglovchi bilan muloqot o‘rnatish malakasini rivojlantiradi. Rolda o‘qish – dramatizatsiya elementlarini oʻz ichiga olgan holda diologli matnlar ustida ishlashni tashkil etadi. Bu usul orqali o‘quvchida ijodiy yondashuv, nutq erkinligi va sahnaviy madaniyat shakllanadi. Masalan, “Bo‘lari va pashsha”, “Aqlli samolyot” kabi matnlar asosida 8 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo sahna ko‘rinishlari uyushtirish orqali o‘quvchilar faol ishtirok etadi, ularning emotsional nutqi va jamoaviy ijodkorligi yuksaladi. Tez o‘qish esa e’tibor, matnni tez tahlil qilish, asosiy g‘oyani ajratish, fikrni tezda anglash va izchil ifoda qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tez o’qish ko’nikmasi o’qish darsiga qiziqishni oshiradi. Matn bo‘laklari bo‘yicha vaqt chegarasi qo‘yish, savollarga tayyorlanish orqali o‘qishni qiziqarli va jonli o‘tkazish tavsiya etiladi. O’quvchilar vaqt chegarasidan kundan kunga o’qigan so’zlar soni ortishini bilgandan so’ng yanada ko’p o’qishga qiziqadi. O’qituvchi o’quvchilarni ong bilan o’qiyotganini bilish uchun tushunishni tekshirish o’tkaziladi.Har bir bo‘limdan keyin savollar beriladi.Haftalik mashqlar bilan boshlanib, har oy interaktiv baholash orqali natijani tahlil qilish ijobiy natija beradi. O’quvchidan afaqat tez oʻqish, balki matnni tushunish, e’tibor va xotira bilan bog‘liq holda o’qish zarur. Agar mavjud bo‘lsa, vaqtni kuzatuvchi mobil ilovalar yoki qurilmalar yordamidan ham foydalanish mumkin. Shu asosda, boshlangʻich taʼlimda o‘qish turlarini integratsiyalashgan holda qo‘llash, metodik yondashuvlarni takomillashtirish, darslarni interfaol, didaktik va raqamli texnologiyalar bilan uygʻunlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan (masalan, matnga mos rasm, video, audio, animatsiyalar) foydalanish o‘quvchilarni dars jarayoniga chuqur jalb etadi, matnni yaxshiroq tushunish va eslab qolishl
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqini oshirishda o’qish turlaridan foydalanish yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqini oshirishda o’qish turlaridan foydalanish yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o’qish turlari, tez o’qish, ravon gapirish., muloqot kompetensiyasi, matn, til va nutq faoliyati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014