Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DAVLAT XARIDLARIDA INSOFSIZ IJROCHILAR TUSHUNCHASI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Samandarova Feruza Baxromjon qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Самандарова Феруза Бахромжон кизи (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 22–26 · 2026
Аннотация
This research work analyzes the concept of «bad-faith performer» from the point of view of the legislation of the Republic of Uzbekistan. The procedure for maintaining a register of bad-faith performers is compared based on national and advanced foreign experience. The legal nature of the concept of «bad-faith performer» is revealed according to the views of various scholars. It also discusses the need and positive results of maintaining a register of bad-faith performers in the process of public procurement. Keywords: bad-faith performer, contractual obligation, public procurement, register, liability. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish, raqobatni rag‘batlantirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab quvvatlashda davlat xaridlari insititutini huquqiy tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat yirik bozor ishtirokchisi sifatida iqtisodiyotning turli doiralarini qamrab olgan bitimlar tuzadi va eng yirik iste’molchilardan biri hisoblanadi. 11 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Davlat xaridi shartnomasi davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladi. Shu sababli xaridlar samarali va shaffof bo‘lishi, oqilona narxlar asosida tuzilishi muhim sanaladi. Davlat xaridi shartnomasi bo‘yicha javobgarlik ham boshqa shartnomaviy javobgarliklardan farq qilgan holda, ma’muriy ta’sir choralarini o‘z ichiga oladi. Davlat xaridlari jarayonidagi shartnomaviy munosabatlarda “insofsiz ijrochi”, “insofsiz ijrochilar reeestri” kabi tushunchalar mavjud bo‘lib, bu qoidalar budjet mablag‘larini noo‘rin sarflanishini oldini olish, tovar va xizmatlarga bo‘lgan davlat ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish, ortiqcha vaqt va resurs sarflanishini oldini oladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shartnoma majburiyatlarini vijdonan va sifatli bajarish ishonchli iqtisodiy aloqalarining poydevoridir. Shu bilan birga, amaliyotda o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarmaydigan, sifat va muddat talablari buzilishiga yo‘l qo‘yadigan insofsiz ijrochilar uchrab turadi. Ularning faoliyati nafaqat alohida buyurtmachilarga, balki butun bozor muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. “Insofsiz ijrochi”, “insofsiz ijrochilar reestri” huquqiy tabiati to‘g‘risida olimlarning turlicha qarashlar mavjud. Jumladan, D.A.Chvanenko ijrochilarni reyestrga kiritish ommaviy- huquqiy xususiyatga ega deb hisoblaydi va shunday yozadi: “Ko‘rib chiqilayotgan javobgarlik turi xususiy huquq sohasiga tegishli emas, balki kvazma'muriy jazo - ommaviy-huquqiy xususiyatga ega bo‘lgan, ammo ma'muriy huquqbuzarlik “maydoni” dan tashqarida qoladigan javobgarlikdir” [1]. Ya.E.Shcherbakov, reestrga kiritish institutini yanada tushunish ma'muriy huquq doirasida amalga oshirilishi kerak, deb hisoblaydi [2]. V.V.Kvanina ham reestrga kiritishni ommaviy-huquqiy javobgarlik chorasi sifatida tasniflaydi [3]. Insofsiz ijrochilar bilan bog‘liq munosabatlar 2021-yil 22-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni (keyingi o‘rinlarda – “Qonun”), O‘zbekiston Respublikasi Moliya va Iqtisodiyot vazirining 2024-yil 6-dekabrdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Insofsiz ijrochilar reyestrini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (keyingi o‘rinlarda – “Nizom”) va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Nizomga muvofiq insofsiz ijrochi bu reyestrga kiritilgan xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi yoki g‘olibi yoxud davlat xaridlarining ijrochisi O‘zbekiston Respublikasining rezidenti yoki norezidenti bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Demak, insofsiz ijrochi deb e’tirof etilish uchun insofsiz ijrochilar reestriga kiritilgan bo‘lishi lozim. Quyidagi hollarda davlat xaridi ishtirokchisi insofsiz ijrochi deb topiladi: xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha belgilangan shartlar asosida davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda bo‘yin tovlagan xarid qilish tartib-taomillari g‘oliblari; majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegishli tarzda bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijrochilar haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib bo‘lmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar mustasno; davlat xaridlari jarayonida yolg‘on yoki soxta hujjatlarni taqdim etgan, ayni bitta lotda ishtirok etgan affillangan shaxslar yoki manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida ma’lumotlarni ochib bermagan ishtirokchilar; sudning qaroriga ko‘ra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar. Nizomga ko‘ra insofsiz ijrochlar reestriga quyidagi asoslardan biri bo‘lsa kiritiladi: vakolatli organning qaroriga ko‘ra; 12 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning qaroriga muvofiq; xarid qilish tartib-taomillari yakunlari bo‘yicha belgilangan shartlar asosida davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va da
Доказательный фрагмент
«This research work analyzes the concept of «bad-faith performer» from the point of view of the legislation of the Republic of Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis research work analyzes the concept of «bad-faith performer» from the point of view of the legislation of the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bad-faith performer, contractual obligation, public procurement, register, davlat xaridlari, javobgarlik., shartnoma majburiyati, reestr, insofsiz ijrochi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024