Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KO‘RUV REKLAMA MATNLARI TAHLILI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Qo‘shmurodova Dilafro‘z Ikromjon qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Молодые ученые · 11–19 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolamizda ko‘ruv-eshituv reklama matnlarining xususiyatlari aniqlandi, til birliklarining reklamada tutgan o‘rni ko‘rib chiqildi. Ko‘ruv-eshituv (visual-audial) reklama matnlari tajribalar asosida o‘rganildi. Reklama uchun til birliklari eng muhim vosita ekanligini dalillashga harakat qilindi. Kalit so‘zlar: Reklama, ko‘ruv-eshituv (vizual-audial) reklama, g‘ayriodatiy birliklar, lingvistik birliklar, “Artel” kompaniyasi televizor reklamasi, “Samsung” kompaniyasi televizor reklamasi, “Roison” kompaniyasi televizor reklamasi. Reklamada uning matni va tasvir uning xaridorgir bo‘lishida muhim rol o‘ynovchi vositalardan biridir. Shuningdek, bu ikkisi muloqotning o‘ziga xos birligi hisoblanadi. Reklama foydalanuvchi (xaridor)lar bilan muloqot qilish usulidir. U oddiy shakldagi emas, noa’nanaviy shakldagi muloqot. Reklama matnlarining psixolingvistik aspektda o‘rganilishi matn mazmunini tushunishda lisoniy shaklning va boshqa omillarning ahamiyatini oydinlashtirishga yordam beradi. Ko‘ruv-eshituv (vizual-audial) reklama matnlarini tajriba natijalari bo‘yicha quyidagicha guruhladik: a) so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llangan darak gaplar: “Roison electronik Ultra HD 4K televizorlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi”, “Roison electronik kompaniyasi yangi yangi turdagi texnika buyumlari taqdimoti uchun “My shop” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi”. Bunday gaplar reklama matnlarida aniqlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanuvchi yoki xaridorga mahsulot (xizmat) haqida to‘g‘ri va aniq ma’lumotlar olishga yordam beradi. Aksariyat holatlarda foydalanuvchi (xaridor) uchun aniq ma’lumotlarga tayangan reklamalar ma’qul keladi. b) matnning mazmuniga ta’sir qiluvchi g‘ayriodatiy birliklar: “pult bolam”, “superpult”, “g‘alaba nashidasi”, “cheksiz quvonch”, “yangi asr mo‘jizasi”. Reklama matnlarida bunday lingvistik birliklar foydalanuvchi (xaridor)larning diqqatini o‘ziga tez jalb qilib, ularda shu birliklar qo‘llangan reklamalarga bo‘lgan qiziqishning ortishiga sabab bo‘ladi. c) so‘roq va buyruq shaklidagi gaplar: “Nega dadamni pult deysiz, buva?!”, “Nortoy ovozini ko‘tar”, “Non yeganmisan?”. Reklamalardagi bu shakldagi gaplar foydalanuvchi yoki xaridorlarda turli xil javob assotsiatsiyalarni yuzaga keltiradi. Bu assotsiatsiyalar reklamadagi javoblar bilan bir xil bo‘lmaganligi tufayli, reklamani oxirigacha tomosha qilish va javoblarni bilishga qiziqish ortadi. Shu tufayli, bunday gaplarning reklama matnlarida qo‘llanilishi ahamiyat darajasini oshirishga xizmat qiladi. Tajriba uchun 3 xil reklamani tanlab oldik. Ular televideniya orqali namoyish qilingan reklamalardir. Aynan televideniyadagi reklamalarni tanlashimizning sababi, ular ham ko‘ruv (vizual), ham eshituv (audial) reklamalardir. Ularda tasvir va matn uyg‘unligi mavjud. Ko‘ruv- eshituv (vizual-audial) reklamalarning asosiy xususiyati ham shu uyg‘unlikdir. Quyidagi 22 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si reklama matnlari maishiy texnikalardan “televizor” reklamalari bo‘lib, faqat turli xil kompaniya va firmalarning televizorlaridir. Aynan bir xil mahsulotning reklamalarini tanlashimizdan maqsad qanday shakldagi reklamalar mahsulotning xaridorgir bo‘lishiga sabab bo‘lishini o‘rganish, ulardagi lingvistik birliklarning ahamiyatini aniqlash, psixolingvistik xususiyatini tahlil qilishdir. Quyida tanlab olingan reklama matnlarini keltirib o‘tamiz. 1. “Artel” kompaniyasi televizor reklamasi matni: Buva: Ooo, pult bolam, yangi televizor olibsizda? Nevara: Nega, dadamni pult deysiz , buva?! Buva va o‘g‘il: Xa-xa-xa Buva: Ilgari oilada kenja farzand pult vazifasini bajarardi, bolam. Buva: Nortoy ovozini ko‘tar (televizorni buraydi). O‘g‘il: Ufff Buva: Antenani simi chiqib ketsayam kenjaga javr. Ey, imillamasangchi. Ha, ur bolam, ur. Non yeganmisan? (televizorni uradi) Televizor bizni kuldirgan, qo‘rqitgan, hayratga solgan, ishontirgan, yig‘latgan, ba’zida uyaltirgan ham… Ey, yig‘ishtir (bolalarning ko‘zlarini yumadi). Nevara: Yangi multfilmlar (pultga gapiradi) Buva: Televizor bilan gaplashdingmi, bolam. O‘g‘il: Nabirangiz kuchaygan-u, dada. Buva: Sen pult, bu superpult bo‘libdida-a?! Artel Bu reklamaning tasvirida XX asr oxiri XXI asrning boshida foydalanilgan televizorlar va undan qanday foydalanilganligi haqida so‘z boradi. U paytlarda “pult” bo‘lmaganligi sababli, kenja farzand televizorning ovozini ko‘tarishga, kanallarni almashtirishga, antena yaxshi ishlamay qolsa televizorni ishlatish kabi barcha ishlarga mas’ul edi. Bundan tashqari reklamada o‘sha davrlarning uylari, kiyimlari, eng mayda detallari yaxshi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari hozirgi kundagi televizorlar bilan solishirish orqali ularning farqlari yaxshi ko‘rsatilgan. Tasvir samimiy va haqiqatga yaqin ishlangan. 2. “Samsung” kompaniyasi televizor reklamasi matni: Muallif: Tarixiy g‘alaba onlari, hayajonli o‘yinning ajoyib hissiyotlari. Hech qachon o‘zgarmaydigan futbolga bo‘lgan chinakam muxlislik. Bizni yanada jipslashtiruvchi g‘alaba nashidasi. Katta t
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolamizda ko‘ruv-eshituv reklama matnlarining xususiyatlari aniqlandi, til birliklarining reklamada tutgan o‘rni ko‘rib chiqildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolamizda ko‘ruv-eshituv reklama matnlarining xususiyatlari aniqlandi, til birliklarining reklamada tutgan o‘rni ko‘rib chiqildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Reklama, ko‘ruv reklama matni, “Wall street academy” o‘quv markazining reklamasi, “City education” o‘quv markazining reklamasi, “Global education” o‘quv markazining reklamasi, lingvistik birliklar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025