К содержанию
РецензированоUZ2026

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINING AKMEOLOGIK POZITSIYASINI RIVOJLANTIRISH

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Aralova Dilafruz Dushaboy qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik pozitsiyasini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Akmeologik pozitsiya — pedagogning kasbiy o‘sish, shaxsiy yetuklik va ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi faol hayotiy pozitsiyasi sifatida talqin qilinadi. Bu esa bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining professional tayyorgarlik darajasini oshirish va ta’lim sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim muhiti, akmeologik pozitsiya, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, professional rivojlanish, metakognitiv tafakkur, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, pedagogik pozitsiya, kasbiy pozitsiya, ijtimoiy mavqe, maqom va boshqalar. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, har qanday taraqqiy etgan davlatning muvafaqqiyatini belgilab beruvchi omillardan biri pedagoglarning ijodkorlik faoliyatlarini yuqori “cho‘qqi”larga olib chiqish bilan uzviy bog‘liq. Pedagoglarning tabiatini o‘zgartiradigan, ular shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan muhim fanlardan bir – bu pedagogik akmeologiya fanidir. Aniqlanishicha, inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil – inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishi hodisasidir. Ma’lumki, inson shaxsi juda murakkab psixologik fenomen bo‘lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida asta-sekin tarkib topadi. Shu bois ham, akmeologiya – shaxsning rivojlanish va komillikka erishish jarayonini o‘rganuvchi maxsus fan hisoblanadi. Akmeologiya jamiyatdagi ijtimoiy hodisalarni o'rganar ekan, insonlarning turli davr va sharoitlarda barqaror hayot yaratish uchun kurashi, mavjud qiyinchiliklami yengib o’tishi, bunyodkorlikda o‘zini ifodalash, ezgulikka intilish va erishishning yo'nalishini, bunday faoliyatning ichki mexanizmlarini yoritib beruvchi fandir. Ushbu ma’noda akmeologiya insonning o'z manfaatlarini ko'zlab tutgan murakkab mashaqqatli tanlov yo’lini ifodalab beradi. Ushbu tadqiqot mavzusidan kelib chiqqan holda, akmeologik pozitsiya haqida so‘z yuritishdan avval pozitsiya haqida tushunchalarni bayon etish lozim. O‘zbek tilining izohli lug‘atida pozitsiya so‘ziga quyidagicha ta’rif berilgan: pozitsiya (lot. positio – holat, vaziyat) – har qanday kimsa yoki narsaning tutgan o‘rni, ishg‘ol qilib turgan joyi, mavqei, holati, vaziyati[1]. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida esa quyidagicha ta’rif berilgan: pozisiya (lot. positio — holat, vaziyat) — 1) biron narsaning joylashishi, dastlabki o‘rni (mas, shaxmat taxtasidagi donalar pozitsiyasi); 2) biron-bir masala yuzasidan bildirilgan fikr, nuqtai nazar; dalil, voqea, hodisaning muayyan bahosi; shu bahoga muvofiq amalga oshirilgan xatti-harakat[2]. Pedagogik va psixologik adabiyotlarda “pozitsiya” tushunchasi an’anaviy ravishda munosabatlar nazariyasi asosida xatti-harakatlarda namoyon bo‘ladigan, haqiqatning muayyan tomonlariga munosabatlarning murakkab, eng barqaror, integral tizimi sifatida belgilanadi (B.R.Ananev, A.G.Kovalev, B.F.Lomov, V.N.Myasshev). Insonning pozitsiyasi inson hayotining 52 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo barcha sohalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, uning dunyoqarashi, shaxsiy prinsiplarini aks ettiradi. V.M.Polonskiyning ta’lim va pedagogika bo‘yicha lug‘atida “pozitsiya – bu atrofdagi haqiqatning turli xil hodisalariga mos faoliyat va harakatlarida namoyon bo‘ladigan odamlarning barqaror munosabatlar tizimidir”[3] - degan izoh keltirilgan. A.L.Svensiskiyning qisqa psixologik lug‘atida “pozitsiya” tushunchasi “maqom” atamasining ma’nosiga o‘xshash – har qanday ijtimoiy pozitsiya ma’lum bir ijtimoiy rollarni bajarishni taqazo etadi[4]. Pedagogik va psixologik adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, “pozitsiya” tushunchasi nafaqat shaxsning pozitsiyasi bilan bog‘liq (L.P.Bueva, A.N.Leontev, V.N.Myasishchev, S.L.Rubinshteyn va boshqalar), balki ichki mavqe (L.I.Bozovich), ijtimoiy mavqe (A.G.Aslamov), subektning mavqeyi (V.I.Slobodchikov, I.Y.Isaev, B.F.Lomov va boshqalar), tashkiliy pozitsiya (O.S.Gazman), kasbiy pedagogik pozitsiya (Y.V.Bondarevskaya, L.V.Zanina, N.Y.Shchurkova, I.A.Kolesnikova va boshqalar), kasbiy pozitsiya (N.V.Kuzmina, V.N.Maksimova, L.M.Mitina, N.N.Nikitina, V.A.Slastyonin va boshqalar), akmeologik pozitsiya (A.A.Derkach, V.N.Maksimova, N.M.Polataeva), pedagogik pozitsiya (S.G.Vershlovskiy, N.K.Sergeev, V.F.Shatalov va boshqalar)lar bilan ham bog‘liqdir. V.N.Maksimova o‘qituvchining akmeologik pozitsiyasi - bu “har bir o‘quvchining muvaffaqiyati va sog‘lig ‘ini ta’minlashga qaratilgan gumanistik yo‘nalish, pedagogik ishning yuqori natijalari va yutuqlariga yo‘naltirilganlik, kasbiy faoliyatning barqaror insoniy motivlari mavjud bo‘lgan taqdirda o‘qituvchi va talaba ijodini rivojlantirish” deb ta’kidlaydi. Kasbiy tayyorgarlikning vazifasi bo‘lgan talabalarning akmeologik pozitsiyasi - bu shaxsiyatning sifat jihati bo‘lgan murakkab ko‘pkomponentli ta

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik pozitsiyasini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik pozitsiyasini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, metakognitiv tafakkur, raqamli ta’lim muhiti, ijtimoiy mavqe, professional rivojlanish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, kasbiy pozitsiya, pedagogik pozitsiya, maqom va boshqalar., akmeologik pozitsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники