Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOLALARDA RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASI VA OILAVIY MUNOSABATLAR
NEW RENAISSANCE · Ashirov Uchqun Dilshod oʻgʻli
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Maqolada bolalarda rivojlanish psixologiyasi va oilaviy munosabatlarning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Oilaviy muhit bolaning shaxsiyati, hissiy holati, tafakkuri va ijtimoiy xulq-atvorini shakllantirishda eng asosiy omillardan biri ekanligi ilmiy va amaliy misollar bilan ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot jarayonida rivojlanish psixologiyasi nazariyalari, ota- ona munosabatlari, tarbiya uslublari hamda oiladagi muloqot sifati bolalarning psixologik barqarorligi va intellektual rivojlanishiga bevosita ta’sir qilishi isbotlandi. Kalit so‘zlar: Rivojlanish psixologiyasi, bola psixikasi, oilaviy tarbiya, muloqot, ijtimoiy muhit, shaxs shakllanishi. Абстрактный. В статье анализируется взаимосвязь психологии развития и семейных отношений у детей. На научных и практических примерах показано, что семейная среда является одним из важнейших факторов формирования личности ребёнка, его эмоционального состояния, мышления и социального поведения. В ходе исследования доказано, что теории психологии развития, родительские отношения, методы воспитания и качество общения в семье напрямую влияют на психологическую устойчивость и интеллектуальное развитие детей. Ключевые слова: Психология развития, детская психология, семейное воспитание, общение, социальная среда, формирование личности. Ishning dolzarbligi: Bola dunyoga kelgan ilk kundan boshlab ijtimoiy muhit ta’sirida rivojlanadi. Rivojlanish psixologiyasi fanining asosiy vazifasi – bolalarning yosh xususiyatlarini, psixik rivojlanish jarayonlarini, tafakkur va hissiy kechinmalarini ilmiy jihatdan o‘rganishdir. Shu jarayonda eng muhim omil – oila hisoblanadi. Oilaviy muhit bolaning dastlabki tarbiya maktabi bo‘lib, undagi mehr-muhabbat, qo‘llab-quvvatlash yoki aksincha, beparvolik va ziddiyatlar bolaning psixikasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbek xalqida “Oila — jamiyatning tayanchi” degan ibora bejiz aytilmagan. Chunki sog‘lom oilaviy munosabatlar kelajakda barkamol avlodni tarbiyalashda poydevor vazifasini bajaradi. Ishning maqsadi: Oilaviy munosabatlarning bolalar rivojlanish psixologiyasiga ta’sirini ilmiy asoslash. Tadqiqotning vazifalar: Rivojlanish psixologiyasi nazariyalarini o‘rganish; Oilaviy munosabatlarning turli shakllarini tahlil qilish; Ijobiy va salbiy oilaviy muhitning bola shaxsiga ta’sirini ko‘rsatish. Tadqiqot natijalari: Bolalarda rivojlanishni tushuntiruvchi bir necha yirik ilmiy nazariyalar mavjud: 79 NEW RENAISSANCE 2025 AUGUST INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 8 1. J. Piajening kognitiv rivojlanish nazariyasi – bola tafakkuri bosqichma-bosqich rivojlanishini tushuntiradi. Masalan, 2–7 yosh oralig‘ida bola atrofdagi narsalarni o‘yin orqali anglaydi. Bu jarayonda ota-ona bilan muloqot muhim o‘rin tutadi. 2. Z. Freydning psixoseksual rivojlanish nazariyasi – bola shaxsining shakllanishida ilk yillarda oiladagi emotsional munosabatlar asosiy rol o‘ynashini ta’kidlaydi. 3. E. Eriksonning psixososial rivojlanish nazariyasi – bola har bir yosh bosqichida muayyan psixologik muammolarni yengib o‘tishi kerakligini va bunda oilaviy qo‘llab-quvvatlash muhimligini ko‘rsatadi. 4. L.S. Vigotskiyning ijtimoiy-madaniy rivojlanish nazariyasi – bolaning bilimi va qobiliyati ijtimoiy muhit (oilaviy muloqot, o‘yin, ta’lim) orqali shakllanishini asoslaydi. Oilaviy munosabatlarning ta’siri, Oilaviy muhit bolaning hissiyoti va shaxsiy rivojlanishiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi: Mehribon va qo‘llab-quvvatlovchi muhit – bola o‘ziga ishonchli, ijtimoiy faol, ijodkor bo‘lib ulg‘ayadi. Avtoritar muhit (haddan tashqari qattiq nazorat) – bolada qo‘rquv, mustaqil fikrlashning cheklanishi kuzatiladi. Beparvo yoki sovuq munosabat – bola o‘zini keraksiz deb his qiladi, bu esa depressiya yoki tajovuzkorlikka olib kelishi mumkin. Demokratik muhit – bolaning o‘z fikrini erkin bildirishiga imkon beradi, mas’uliyat hissini oshiradi. Misol uchun, ota-onaning “sen buni uddalaysan” degan oddiy ishonchi bolaning ruhiy quvvatini oshiradi, “sendan hech narsa chiqmaydi” degan so‘z esa aksincha, psixik iz qoldiradi. Toshkent shahridagi umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari (6–10 yosh) va ularning ota-onalari ishtirokida o‘tkazildi. Umumiy hisobda 30 nafar bola va 25 nafar ota-ona suhbat va kuzatish metodlari orqali o‘rganildi. Qo‘llangan metodlar: Kuzatish (bolalarning sinfdagi va oiladagi xulq-atvori). Suhbat (ota-onalar va bolalar bilan alohida). Taqqoslash va umumlashtirish (turli oilaviy muhitdagi bolalarni qiyoslash). O‘tkazilgan kuzatuv va ilmiy adabiyotlar tahlili quyidagilarni ko‘rsatdi: 1. Oilaviy muloqot sifati bolaning nutq rivojlanishi, tafakkuri va ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantiradi. 2. Mehr-muhabbat yetishmagan oilalarda o‘sayotgan bolalarda tashqi muhitga nisbatan ishonchsizlik, qo‘rquv va tajovuzkorlik yuqori bo‘ladi. 3. Mehribon va qo‘llab-quvvatlovchi oilalarda ulg‘aygan bolalar ijtimoiy faollik, nutq rivoji va ijodiy fikrlashda yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. Masalan, ota-onasi muntazam ravishda kitob o‘qib bergan bolal
Доказательный фрагмент
«Maqolada bolalarda rivojlanish psixologiyasi va oilaviy munosabatlarning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada bolalarda rivojlanish psixologiyasi va oilaviy munosabatlarning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Психология развития, детская психология, семейное воспитание, shaxs shakllanishi., bola psixikasi, oilaviy tarbiya, muloqot, ijtimoiy muhit, Rivojlanish psixologiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025