Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GLAUKOMA: “SUKUTDAGI O‘G‘RI” - ERTA ANIQLASH VA DAVOLASH
Abdullayeva Umida Faxriddinovna
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article discusses the etiology, pathogenesis, clinical symptoms, diagnostic methods, and modern treatment approaches of glaucoma based on scientific sources. The main goal is to increase public awareness of the disease and to reduce the consequences of glaucoma by establishing early diagnosis. Keywords: Glaucoma, intraocular pressure, optic nerve atrophy, perimetry, tonometry, trabeculectomy, optic atrophic process. Glaukoma - bu dunyo bo‘yicha ko‘rish qobilyatining qaytarilmas yo‘qotilishiga olib keluvchi eng keng tarqalgan surunkali neyrodegenerativ oftalmologik kasalliklardan biridir. Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) ma’lumotlariga ko‘ra dunyo bo‘yicha 80 milliondan ortiq odam glaukoma bilan kasallangan bo‘lib, ularning qariyb 11 millioni ko‘r bo‘lib qolgan 2040-yilga borib bu raqam 111 millionga yetishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, glaukoma global ko‘rlik sabablarining ikkinchi o‘rnida turadi, kataraktadan keyin, biroq kataraktadan farqli ravishda glaukomadan kelib chiqqan ko‘rlik qaytarilmasdir. Kasallikning klinik kechishi asta - sekinlik bilan rivojlanadi va ko‘p hollarda dastlabki bosqichlarda deyarli simptomlarsiz o‘tadi. Bu holat uni sukutdagi o‘g‘ri (silent thief of sight) deb atashga asos bo‘lgan. Erta bosqichda aniqlash imkoniyatlari cheklanganligi sababli, bemorlarning aksariyati kasallikning kech bosqichida tashxislanadi va bu davolash samaradorligini kamaytiradi. E’TIOLOGIYA: Glaukomaning etiologiyasi ko‘p omillidir. Uning rivojlanishida genetik omillar (MYOC, OPTN, CYP1B1 gen mutatsiyalari),ko‘z ichi bosimining patalogik oshishi, irsiy moyillik, yosh, irqiy farqlar, qon tomir tizimi buzilishlari va ekologik omillar muhim rol o‘ynaydi. Patogenezida esa ko‘z ichi bosimining oshishi, ko‘rish nervi boshidagi mexanik shikastlanish va qan ta’minotining buzilishi natijasida neyronlarning apoptozi, mitoxondrial disfunksiya hamda oksidativ stress muhim ahamiyatga ega. 3 02 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Glaukoma faqat oftalmologik kasallik bo‘lib qolmay, balki keng ma’noda nevrologik va ijtimoiy muammo hisoblanadi. Chunki kasallik natijasida yuzaga keladigan ko‘rlik natijasida yuzaga keladigan ko‘rlik bemorlarning hayot sifatini keskin pasaytiradi, mehnat qobilyatini cheklaydi, iqtisodiy zarar yetkazadi va ruhiy salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan ham glaukoma global sog‘liqni saqlash sohasida alohida e’tibor talab etuvchi muammo sifatida qaralmoqda. Genetik omillar: genetik predispozitsiya glaukomaning eng muhim etiologik omillaridan biridir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, birinchi darajali qarindoshlarda glaukoma uchrash xavfi sog‘lom populyatsiyaga nisbatan 4-9 barobar yuqoridir. MYOC(myocilin) geni- ochiq burchakli glaukoma bilan bog‘liq eng muhim genlardan biri.Bgenning mutatsiyalari trabekulyar to‘rda oqsil yig‘ilishini keltirib chiqaradi. IOB ko‘tarilishiga olib keladi. OPTN(optineurin)-normal bosimli glaukoma bilan bog‘liq. U asosan neyroprarektiv mexanizimlarda rol o‘ynaydi, mutatsiya tufayli retinal ganglion hujayralarining apoptik yo‘qolishi yuz beradi. CYP1B1geni- tug‘ma glaukomaning asosiy genetik sababi. Ayniqsa, O‘rta Sharq va Janubiy Osiyo papulyatsiyalarida keng tarqalgan. LOXL1geni-psevdofakolitik(exfoliativ) glaukomaga predispozitsiya beradi. Intraokulyar bosim (OIB) va mexanik omillar: IOB ko‘tarilishi glaukomaning asosiy xavf omilli hisoblanadi. Biroq u yagona sabab emas: ba’zi bemorlarda yuqori IOB bo‘lsa-da, kasallik rivojlanmaydi, ayrimlarida esa normal IOB sharoitida ham ko‘rish nervi zararlanadi. IOB ko‘tarilishi quyidagi mexanizmlar bilan bog‘liq: Ko‘z ichki suyuqlikning ishlab chiqarilishi va chiqib ketishi o‘rtasidagi nomutanosiblik. Trabekulyar to‘rda degenerativ o‘zgarishlar - hujayra sonining kamayishi, ekstrasellyulyar matritsaning ko‘payishi, oqsil depozitlar. Slemm kanali va kollektorlarda obstruksiya. Bularning barchasi ko‘z ichidagi bosimni oshiradi va papilla nervi optikusda mexanik stress yuzaga keltiradi. Qon tomir (vaskulyar)omillar: Normal bosimli glaukomada asosiy etiologik omil sifatida qon oqimining buzilishi ko‘riladi. Retinal qon aylanishining yetishmovchiligi tomir spazmlari va avtonom disfunksiya ko‘rish nervini gipoksiyaga olib keladi. Asosiy mexanizmlar: Ko‘z orqa qismida perfuziya bosimining pasayishi. Arterial gipotenziya yoki “dipper” gipertoniya sindromi. Qonning reologik xususiyatlari ( qon yopishqoqligi, eritrotsit deformatsiyasi). Neyrodegenerativ jarayonlar:So‘ngi yillarda glaukoma faqat IOB bilan bog‘liq kasallik emas, balki neyrodegerativ jarayon sifatida ham qaralmoqda. UAlsgeymir va Parkinson kasalliklariga o‘xshash patalogik mexanizmlarni o‘z ichiga oladi: Mitoxondrial disfunksiya. Retinal ganglion hujayralarda apoptozning kuchayishi. Oksidlovchi sterss. Neyroinflamatsiya va mikroglial faollashuv. Atrof-muhit va turmush tarzi omillar ham glaukoma rivojlanishida ahamyatli. 3 03 International scientif
Доказательный фрагмент
«This article discusses the etiology, pathogenesis, clinical symptoms, diagnostic methods, and modern treatment approaches of glaucoma based on scientific sources.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the etiology, pathogenesis, clinical symptoms, diagnostic methods, and modern treatment approaches of glaucoma based on scientific sources. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Glaucoma, intraocular pressure, optic nerve atrophy, perimetry, tonometry, trabekulektomiya, tonometriya, optik atrofik jarayon., perimetriya, Glaukoma, ko’z ichki bosimi, ko’ruv nerv atrofiyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014