К содержанию
РецензированоRU2025

Роль цифровых технологий в разработке схем землеустройства

TEXOLOGIYALARNING ROLI · Tadjiyeva Madina Zoirovna

Современные проблемы интеллектуальных систем · 66 · 2025

Аннотация

The article presents data on the need to use digital technologies in land management, including in the development of land management schemes, as well as on currently used digital technologies and software. Keywords: land management, land information system (LIS), digital land management, GIS, remote sensing 66 Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г. Butun dunyo miqyosida jamiyatning globallashuvi va raqamlashuvi sharoitida turli soha va faoliyat sohalarida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bu o‘zgarishlar qishloq xo‘jaligini ham chetlab o‘tmadi, bunda ishlab chiqarishning asosiy omili milliy boylik asosini tashkil etuvchi yer hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar yer resurslarini samarali boshqarish va ulardan mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida foydalanish uchun yangi imkoniyatlar ochdi. Raqamli iqtisodiyotga o‘tish axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni, fazoviy ma’lumotlarni boshqarishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Ushbu ma’lumotlarni raqamli shaklda qabul qilish, saqlash va qayta ishlash yer resurslarini boshqarish va yer tuzish jarayonida ham samaradorlikni sezilarli darajada oshiradi [1]. Qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat tizimlarining talabi ortib borayotganligi sababli, raqamli texnologiyalar yerdan foydalanuvchilarga umumiy omil unumdorligini oshirish hamda ularning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish imkonini berishda muhim rol oʻynaydi. Xususan, mobil telefoniya, giper-ulanish va 5G, sun’iy intellekt (AI) va mashinalarni oʻrganish (ML), masofadan zondlash (RS), katta ma’lumot (Big data)lar tahlili uchun moʻljallangan dasturiy ta’minotlar yangi raqamli texnologiyalarning bir qismidir [2]. Yer tuzish chizmasi - yerlarni taqsimlash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish istiqbollarini belgilash maqsadida ularni tarmoqlararo taqsimlash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni o‘z ichiga olgan iqtisodiy, texnik va boshqa hujjatlar, hisob-kitoblar va tavsiflar majmuidan iborat [3]. Yer tuzish chizmalari viloyatlar va tumanlarda agrosanoat majmualarini kelajakda rivojlanish rejalarini tuzishni va yer tuzish loyihalarini ishlashni oldindan aniqlab beradi. Yer tuzish chizmasining axborot asosi mamlakatning yer axborot tizimi (YAT) hisoblanadi. YAT ma’lumotlari yer tuzish chizmasi muammolarini hal qilish, shu jumladan kartografik materiallarni yaratish uchun moslashtirilgan. Bundan tashqari, Geoportal, yerni masofadan zondlash ma’lumotlarining Georesurslari, ommaviy kadastr xaritasi, shuningdek OpenStreetMap, Yandex Maps, Google Maps, Google Earth va boshqa ochiq Internet-resurslar foydalaniladi [4]. Yer tuzish chizmalari va loyihalarida ishlanadigan umumiy va xususiy yechimlar xo‘jaliklar va mintaqalarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi kelajagi, yer resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilish rejalari bilan kelishilgan bo‘lishi kerak [5]. Raqamli yer tuzish deganda nafaqat real vaqt rejimida (onlayn) baholash va monitoring qilish, balki strategik jihatdan yerdan foydalanuvchilarni hududiy rivojlantirish masalalarini hal qilish imkonini beruvchi yer tuzish sohasidagi innovatsion texnologiyalar va yechimlar majmui tushunilishi kerak [6]. Agrosanoat majmuasining joylashishi va rivojlanishi Yer reusrslarining Yer egaliklari va ahvoli, yerdan taqsimlanishi va foydalanuvchilar kelajakda Yer tuzish tizimini foydalanilishi chizmasining takomilllashti- tarkibiy rish modeli Tavsiya etilayotgan Tabiatni choralarning muhofaza etish iqtisodiy tadbirlarini samaradorligi va joylashtirish ularni qo'llash rejasi 1-rasm. Yer tuzish chizmasining modeli 67 Современные проблемы интеллектуальных систем. Республиканская научно-практическая конференция. Джизак, 18-19 апреля 2025 г. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi qo‘l mehnati va xarajatlarni kamaytiradigan, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan ilg‘or axborot texnologiyalarini (IT) joriy etishni nazarda tutadi [7]. Hozirgi vaqtda yer tuzishga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ular orasida yerdan oqilona foydalanish, hududlarni rivojlantirish dasturlarini yetarli darajada tugallanmaganligi, innovatsion qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va uskunalaridan yetarlicha foydalanmaslik, qishloq xo‘jaligi texnikasining jismoniy va ma’naviy eskirish darajasi yuqoriligi va boshqalar. Bu muammolar davlat va ko‘plab qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlarini mavjud munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish va yer tuzish tizimiga yangicha yondashuvni shakllantirish haqida o‘ylashga majbur qildi. Bunday yondashuv agrar sohani boshqarish samaradorligini oshirish, yerlarni raqamli boshqarish sohasidagi asosiy muammolarni hal etish hamda milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlarini yanada rivojlantirish uchun zamin yaratish imkonini beradigan innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarga asoslanishi kerak. Raqamli texnologiyalarni qo‘llashning istiqbolli va eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri yer tuzishning o‘zini raqamlash

Доказательный фрагмент

«The article presents data on the need to use digital technologies in land management, including in the development of land management schemes, as well as on currently used digital technologies and software.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article presents data on the need to use digital technologies in land management, including in the development of land management schemes, as well as on currently used digital technologies and software. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
land management, land information system (LIS), digital land management, digital land management, ГИС, masofadan zondlash, GIS, yer axborot tizimi (YAT), land information system (LIS), remote sensing, дистанционное зондирование, GAT, землеустройство, земельно-информационная система (ЗИС), land management, цифровое землеустройство, yer tuzish chizmasi, raqamli yer tuzish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники