Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SIFATLI TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUV
Donaboyeva Ziyoda Muxiddin qizi
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
the article presents the definitions of innovation and innovation in education given by foreign and Uzbek scientists. As well as the presence of different methods in education, the presence of methodology, an innovative approach, the use of pedagogical methods and innovative methods in the classroom, creative ideas and creativity of young people who are the successors of our future on the path of innovative development feedback on improving the assessment system based on bilateral support, foreign experience, international criteria and requirements. 169 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Key words: innovation, innovation to the educational system, innovative processes, knowledge, educational methods, innovative methods, innovative approach, method, active method, passive method, interactive method, pedagogical innovation, pedagogical activity. Har bir davlatning ertangi kuni va kelajagi fuqarolarining intellektual salohiyatiga, madaniyati, bunyodkorligiga va ta’limga boʻlgan e’tiboriga tayanadi. Zero, eski ta’lim-tarbiya asosida yangi jamiyat qurib boʻlmagani kabi mamlakatimiz kelajagi, shubhasiz kadrlar tayyorlash masalasiga bevosita bogʻliq hisoblanadi. Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak.”1 Shundan kelib chiqib aytish joizki, yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarni egalagan barkamol, tashkilotchi va zukko kadrlarga ega boʻlish uchun ta’lim-tarbiya tizimni tubdan oʻzgartirish, hozirgi davr talablari darajasida rivojlantirish muhim ekanligini hayot taqozo etmoqda. Pedagog innovatsion faoliyatining eng muhum va markaziy masalasi o‘quv jarayonini samarali va sifatli tashkil etishdan iborat. Ta’limda innovatsiyani, shu jumladan, o‘qitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini keng joriy etilishi bugungi kunda juda tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga va bugungi kun talablariga mos keladigan kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Olib borilayotgan amaliy harakatlar talabalarni yutuqlarga erishishiga hamda olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni muayyan darajada yuzaga keltirishi hamda ularning kasbiy qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga e’tibor qaratilmoqda. Pedagogik nuqtai nazardan esa, zamonaviy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan innovatsion jarayonlar, avvalo, inson faoliyatining barcha sohalarida raqamli texnologiyalaridan faol foydalanish bilan bog‘liq va birinchi navbatda ta’limning sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgandir. Shu munosabat bilan talabalarning kasbiy innovatsion faoliyati tubdan boshqacha ma’no kasb etadi. Innovatsion faoliyatning mohiyati va mazmuni shundan iboratki, talabalar uchun ta’lim sohasidagi har qanday yangilik o‘qituvchi 170 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference tomonidan amalga oshirilgandagini yuzaga chiqadi. Ya’ni, ta’lim jarayonida talabalarni ob’ektdan sub’ektga aylantirish, birinchi navbatda, o‘qituvchining kasbiy kompetentligiga bog‘liqdir. Ta’lim berishda turli xil usullar ya’ni, metodlar mavjud. O‘qituvchi qay uslubda dars bermasin maqsadiga yetish imkonini izlaydi, bu borada, ta’lim metodlari va innovatsion metodlardan foydalanadi. Ta’lim metodlari shu vaqtga qadar o‘zining samarasini ko‘rsatib kelmoqda va dars mashg‘ulotlar yangicha uslublarda olib borilishi yanada yaxshi natijalarga erishish uchun izlanishlar, yangilanishlar davom etmoqda. Ma’lumki innovatsion faoliyatda pedagogik yangiliklar: o‘qitishning yangi usul va metodlarining yaratilishi, qo‘llanishi o‘quv jarayonining samarali va sifatli tashkil etilishini yaratib beradi. Pedagogik yangilik- pedagogik faoliyatda ilgari ta’lim jarayonida noma’lum bo‘lgan o‘zgarishlarni kiritish orqali ta’lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini boyitish va uni rivojlantiruvchi omilidir. Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining samarasini oshiradi, pedagoglarning erkin fikrlash jarayonini shakllantiradi, ularda bilim olishga ishtiyoqi va zavqini oshiradi, bilimlarini mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda mustaqil foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Ma’lumki, hozirgi davr taʼlim taraqqiyoti yangi yoʼnalish - innovatsion faoliyatni maydonga olib chiqdi. «Innovatsion pedagogika» termini va unga xos boʼlgan tadqiqotlar XX asrning 60-yillarida Gʼarbiy yevropa va AQShda paydo boʼlgan. Dastlabki tadqiqotlarda innovatsion fa
Доказательный фрагмент
«the article presents the definitions of innovation and innovation in education given by foreign and Uzbek scientists.»
Образец извлечения
Демо-превьюthe article presents the definitions of innovation and innovation in education given by foreign and Uzbek scientists. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovation, innovation to the educational system, innovative, pedagogik yangilik, innovatsiya, aktiv metod passiv metod, bilim, ta’lim metodlari, innovatsion metodlar, metod, interaktiv metod, pedagogik faoliyat., taʼlim tizimiga innovatsiya, innavatsion yondashuv, innovatsion jarayonlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026