Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ULUG‘BEK HAMDAM LIRIKASIDA SOMATIZMLARNING BADIIY FUNKSIYASI
Saypidinova Mexmonoy
Развитие и инновации в науке · 2026
Аннотация
В статье анализируются соматизмы в стихотворениях Улугбека Хамдама. Анализируется творческое мастерство использования соматизмов в художественном тексте и определяются их функции в стихотворении. Ключевые слова: соматизм, функция, текст, метафора, стиль выражения, соматические единицы. Somatizmlar asrlar davomida badiiy adabiyotda qo’llanib kelinayotganiga guvoh bo’ldik. Ular badiiy nutqda sifatlanishi qanday holatidan darak bersa, tasvirlanishi esa kishilar xarakteri, fe’l-atvori, jamiyatdagi ro’li va o’rnini ifoda etadi. shuningdek, oyoq ham insonning muhim tana a’zosi hisoblanadi. U orqali inson yurish harakatini amalga oshiradi. Ulug’bek Hamdam she’rlarida boshqa somatik birliklarga nisbatan oyoq somatizmi kamroq qo’llangan. Quyida oyoq somatizmi qo’llangan, sifatlangan misralarni tahlilini ko’rib chiqamiz. Orzular armoni ko’ngilni yoqar, ichim lovillaydi, lovillar tash ham. Yillarim o’tindek yo’limga yog’ar, oyoqlar charsillar, sharsillar bosh ham1… “Najot haqida qo’shiq” she’rda qo’llangan oyoq somatizmi sifatlanishida yillar davomida yurib-yurib charchagani ifodalanadi. Xalq orasida qattiq charchasa zirillab oyog’i og’igan kishilar oyoqlarim charsillab yonyapti iborasidan foydalanadi. Shoir bu o’rinda yillarni o’tinga o’xshatib, har bir yurayotgan yo’liga sochilib, yonib oyoqlarini yondirayotganini tasvirlaydi. “Ko’ngil esa…” she’rida ikki o’rinda oyoq somatizmidan fodalanadi: 1 Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 36-bet 79 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference Ilgari meni suyab turishardi, Qo’llarimdan, oyoqlarimdan. Yelkalarim erkin emasdi, Ushlab turar edi uni ham kimdir2… Oyoq somatizmni ba’zi so’zlar bilan birikib, ibora sifatida qo’llanadi. Oyog’idan chalmoq - yiqitmoq, oyoq qo’ymoq – behurmat qilmoq, oyog’ini qo’lga olmoq – shoshilmoq kabi. Bu o’rinda oyog’idan suyashlik, madad berish, qo’llab- quvvatlash ma’nosini ifoda etadi. Tortib oldim oyoqlarim ham, Yelkalarim tortdim tayanchdan. Men o’zimga suyandim, birdan Men yig’ladim so’ngsiz quvonchdan3!.. Ushbu misralar Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida keltirilgan: O’z vujudingga tafakkur aylagil, Har ne istarsen, o’zingdan istagil4; yoki Mavlono Rumiyning: Narsa yo’qki, xoriji olam erur, Har ne istarsan o’zingda jam erur, baytlari bilan g’oyaviylik kasb etadi5. Inson biror narsani oldiga maqsad qo’ysa, odamlardan emas, o’zidam izlab harakat qilsa, maqsadiga erishadi. Haqiqatdan ham biz suyangan hamma narsa qulashi mumkin, kimgadir suyanish o’ziga ishonchni susaytiradi. O’ziga, o’z kuchiga ishongan kishi doimo g’olib bo’ladi. Boshdin-oyoq gunohga botdim, Aritguvchi savolim qani6? “Men savolman…” she’rida boshdan-oyoq juft so’zlar shaklida qo’llangan somatik birlik tasavvufona ohangda yozilgan bo’lib, lirik qahramonning o’z- o’zini savolga tutishi natijasida hamma qilayotgan ishlarim gunoh degan iqrorga kelishiga savob bo’lgan. Yaproqlarning qo’shig’ini ema-ema Shaffof bo’lib qolibdi-ku yuraklarim. Odamlarning orasida yuray desam, Bardosh bermas tizzalarim, bilaklarim7. “Baxtli bo’lay derdim” she’rida tizza somatizmi qo’llanadi. Tizza – oyoqning bukiladigan, boldir bilan son qo’shiladigan joyi8. Oyoqning harakatidagi muhim tana a’zosi. Lirik qahramonning yuragini shaffofligi e’tiborni tortadi. Shaffof so’zi 2 Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 44-bet 3 Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 44-bet 4 Navoiy Alisher. Lison ut-tayr. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1991. 151-bet. 5 Fish Rashid. Jaloliddin Rumiy. Tarixiy-biografik roman. – Toshkent: 1986. 154-bet. 6 Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 67-bet 7 Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 185-bet 8 O’zbek tilining izohli lug’ati. 5 jildlik. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, - davlat ilmiy nashriyoti, 2006 80 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference bu juda ham nozik, ingichka, nasif narsalarga nisbatan qo’llanadi. Hayoti davomida odamlardan zarar ko’rgan, dil og’riqlarini boshidan kechirgan qahramonning yuragi shaffof holga kelib qolgan. Shuning uchun ham odamlarning orasida yurishga tizzalarning kuchi, chidami yetmaydi. Chunki odamlar orasida do’stman deb ham oyoqdan chalib yiqituvchilar hamma zamonlarda uchrab turadi. Umuman olganda, o’tkir qalam sohibi Ulug’bek Hamdam somatizmlarni tasviri, ifodasi, tasvirlanishidan katta moharat bilan foydalangan. Ularda noziklik, ko’p o’rinda oyoqlari bilan emas, yuragi bilan yurib yashayotgan shoirni ko’ramiz. Zero, shoir o’zi aytgandek: Yuragimni mash’aldek, Ko’targancha boshimga Tunni kechib o’tgumdir9. Misralardan anglashimiz mumkinki, Ulug’bek Hamdamning yolini yoritguvchi chirog’i uning qalbi, yuragidir. Qalbi bilan yashagan inson, go’zallik bilan yashaydi. Go’zallikni ulashadi.
Доказательный фрагмент
«В статье анализируются соматизмы в стихотворениях Улугбека Хамдама.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье анализируются соматизмы в стихотворениях Улугбека Хамдама. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- somatism, function, text, metaphor, style of expression, somatic, somatik birliklar., funksiya, metafora, ifoda tarzi, somatizm, matn
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025