Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XXI ASR JAHON SIYOSATI – GEOSIYOSIY TENDENSIYALARNING KUCHAYISHI
Nasulloyev Dilshod Zuhridinnovich
Модели и методы в современной науке · 13 · 2015
Аннотация
Maqolada 2015-yilda Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng yuzaga kelgan geosiyosiy o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Rossiyaning harbiy harakatlari AQSh bilan munosabatlarni muayyan darajada iliqlashtirib, BMT Xavfsizlik Kengashining 2254-sonli rezolyutsiyasi doirasida Suriyada tinchlik va siyosiy barqarorlikka erishish bo‘yicha muzokaralarga turtki bo‘ldi. Rossiya Bashar al-Asad rejimini mustahkamlash bilan birga, IShID va “Jabhat an-Nusra” kabi terroristik guruhlarning kuchayishini jilovladi. Biroq bu jarayon Rossiya va Turkiya munosabatlarining keskinlashuviga olib keldi, ayniqsa kurdlar masalasi bu ziddiyatni kuchaytirdi. Shuningdek, maqolada Xitoy va Germaniya o‘rtasidagi tarixiy diplomatik aloqalar, ularning taraqqiyoti, iqtisodiy va siyosiy hamkorlik yo‘nalishlari tahlil qilinadi. XXR va Germaniya o‘rtasidagi munosabatlar ijobiy yo‘nalishda rivojlangan bo‘lsa-da, 2019-yildan boshlab uyg‘urlar, koronavirus va Tayvan masalasi sababli qarama-qarshiliklar yuzaga keldi. Oxirgi qismda Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlar tahlil qilinib, Turkiyaning mintaqaviy siyosiy-iqtisodiy mavqei, migratsiya jarayonlaridagi roli, va tarixiy omillar bu aloqalarning murakkab tabiatini belgilab berayotgani ta’kidlanadi. Maqola global siyosatdagi o‘zaro manfaatlar, qarama-qarshiliklar va diplomatik muvozanatni chuqur tahlil qilgan. Kalit so’zlar: Rossiya harbiy aralashuvi, Suriya mojarosi, AQSh-Rossiya muzokaralari, Bashar al-Asad, IShID, BMT rezolyutsiyalari, Rossiya-Turkiya ziddiyatlari, kurdlar masalasi, Xitoy-Germaniya munosabatlari, Shinjon, Tayvan mojarosi, Turkiya-Yevropa Ittifoqi aloqalari, geosiyosiy qarama-qarshiliklar, xalqaro diplomatiya. So‘nggi yillarda global siyosiy maydonda yuz berayotgan keskin o‘zgarishlar, ayniqsa, Yaqin Sharq va Osiyo-Yevropa mintaqalaridagi geosiyosiy jarayonlar xalqaro aloqalar tizimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu jarayonlarda Rossiyaning Suriyadagi harbiy faoliyati, Turkiyaning mintaqadagi strategik 67 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference pozitsiyasi, shuningdek, Germaniya va Xitoy kabi yirik davlatlar o‘rtasidagi siyosiy-iqtisodiy munosabatlar alohida o‘rin egallaydi. Jumladan, 2015–2016- yillar davomida Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar faollashib, Suriyadagi siyosiy yechimlarni izlash jarayoniga turtki berdi. Shu bilan birga, Rossiyaning harbiy aralashuvi nafaqat Bashar al-Asad rejimini mustahkamladi, balki mintaqadagi jihodchi guruhlarning faolligini kamaytirishga xizmat qildi. Mazkur vaziyat, ayniqsa, Turkiya uchun sezilarli siyosiy va xavfsizlik tahdidlarini yuzaga keltirdi. Rossiya va Turkiya o‘rtasida Suriyadagi kurdlar masalasi bo‘yicha keskin ziddiyatlar vujudga kelib, ikki tomonlama munosabatlar murakkab tus oldi. Turkiya, o‘z navbatida, G‘arb bilan aloqalarini mustahkamlashga intilar ekan, shu bilan birga Rossiya bilan ham muvozanatli siyosat olib borishga harakat qilmoqda. Boshqa tomondan, Xitoy va Germaniya o‘rtasidagi diplomatik aloqalar ham o‘ziga xos tarixiy va siyosiy dinamikaga ega. XIX asr oxiridan bugungi kungacha rivojlanib kelayotgan bu munosabatlar bugun yirik iqtisodiy va siyosiy manfaatlarga asoslanmoqda. Shunga qaramay, inson huquqlari, Tayvan va Shinjon masalalari bo‘yicha qarama-qarshi pozitsiyalar ikki davlat o‘rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, Turkiyaning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari ham geosiyosiy muvozanatni shakllantiruvchi asosiy omillardan biridir. Turkiya Yevropa davlatlari uchun muhim strategik sherik sifatida qaralmoqda: u energiya tranziti, xavfsizlik, migratsiya nazorati va iqtisodiy hamkorlik masalalarida o‘z o‘rniga ega. Ushbu maqolada Rossiyaning Suriyadagi harbiy aralashuvi, Rossiya- Turkiya munosabatlarining murakkab jihatlari, Xitoy va Germaniya o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning tarixiy rivoji va zamonaviy bosqichlari, shuningdek, Turkiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi strategik hamkorlik yoritiladi. Har bir bo‘limda muhim tarixiy faktlar, xalqaro siyosiy dinamikalar va davlatlararo manfaatlar o‘zaro taqqoslab tahlil qilinadi. Asosiy qism Ukrainadagi Rossiyaning harbiy operatsiyasi boshlangach, bir necha oy ichida Rossiya, AQSh va G‘arb davlatlari o‘rtasida munosabatlarda biroz iliqlik paydo bo‘ldi. Bu holatning sababi sifatida Rossiyaning Suriyadagi ta’sirining kuchayishi va ushbu muammoni diplomatik aloqalarsiz hal etishning imkonsizligi ko‘rsatildi. Shu bilan birga, Rossiyaning Suriyadagi harbiy faoliyati Vashingtonni jiddiy harakatga undadi va ularni uzoq vaqt davom etayotgan Suriya va Iroqdagi muammolarni hal qilishga jalb qildi. Bu jarayon faqat IShIDga qarshi kurashni kuchaytiribgina qolmay, balki siyosiy yechimlarni izlashga ham turtki bo‘ldi. Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar BMT Xavfsizlik 68 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Kengashining Suriyada tinchlik va siyosiy barqarorlikni ta’minlash hamda Jeneva muzokaralarining birinchi bosqichini tashkil etu
Доказательный фрагмент
«Maqolada 2015-yilda Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng yuzaga kelgan geosiyosiy o‘zgarishlar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada 2015-yilda Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyasi boshlanganidan so‘ng yuzaga kelgan geosiyosiy o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Rossiya-Turkiya ziddiyatlari, Tayvan mojarosi, BMT rezolyutsiyalari, Turkiya-Yevropa Ittifoqi aloqalari, Bashar al-Asad, Shinjon, IShID, AQSh-Rossiya muzokaralari, Xitoy-Germaniya munosabatlari, Rossiya harbiy aralashuvi, geosiyosiy qarama-qarshiliklar, xalqaro diplomatiya., Suriya mojarosi, kurdlar masalasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025