К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG'ICH SINFLARDA SINTAKSIS

BOSHLANG'ICH SINFLARDA SINTAKSIS · . Kadirova Olima Muxammatqul qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida sintaktik elementlarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot bajarishda pedagogikaning quyidagi ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanish: muammoga doir pedagogik va metodik adabiyotlarni qiyosiy tahlil etish; sotsiometrik metodlar (anketa, suhbat, so'rovnoma); tajriba-sinov ishlari natijalarni matematik-statistik tahlil etish. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida elementlarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish uchun tavsiyalar. Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, sintaktik elementlar, bosh bo'lakl darajali bo'laklar, ega, metod, dars, ta'limiy o'yinlar, ta'limiy vositalar. Boshlang'ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy o'rganiladiga va nazariy o'rganiladigan turlarga bo'linadi. Sintaksis bilimlarni nazariy oʻrganish savod o'rgatish davridayoq boshlanadi. Hamda to'rtinchi sinfda ham davom etadi. Bshlang'ich sinflarda " gap","Darak gap","His-hayajon gap","Sodda gap", "Qo'shma gap","Gap bo'laklari","Gapning uyushiq bo'laklari","Undalma" mavzulari nazariy o'tiladi. Bu mavzular yuzasidan turli xil mashqlar o'rgatiladi. Boshlang'ich sinflarda ona tili darslarining muhim vazifalaridan biri fikrni ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko'nikmasini shakllantirish hisoblanadi. Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya sintaksis asosida o'zlashtirilgani uchun tilni o'rganishda gap ustida ishlash markaziy o'rin egallaydi. Gap nutqning asosiy birligi bo'lib, boshlang'ich sinf o'quvchilari ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ularning muhim kategoriyalarining tilimizdagi rolini gap asosida bilib oladilar. O'quvchilar ona tili leksikasi ham gap negizida egallaydilar. So'zning leksik ma'nosi va uning qo'llanish xususiyatlari so'z birikmasi yoki gapda ma'lum bo'ladi. So'z gapda bir ma'noli bo'ladi.(gapdan tashqari bir necha ma'no anglatishi mumkin) Metodist olima T. G. Ramzayeva boshlang'ich sinflarda gap ustida ishlashni yetarli ravishda beshta yo'nalishga bo'ladi. Gap hagidagigrammatik tushunchalarni shakllantirish (til birligi bo'lgan gapning muhim belgilarini o'rgatish). 2.Gap strukturasini o'rgatish (so'z birikmasida so'zlarning bog'lanishi ustida ishlash, gapning Grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo'laklarining xususiyatlari, yopiq va yig'iq gaplar ustida ishlash). 127 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 3.O'quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko'ra turlaridan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish. 4.Gapda so'zlarni aniq qo'llash ko'nikmasini o'stirish. 5.Yozma nutqda gapni to'g'ri tuzib yozish,(uni bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini qo'yish) ko'nikmasini shakllantirish. "Gap" mavzusi barcha sinflarda o'rganiladi. Gapning belgilari haqidagi bilimlar chuqurlashtirib boriladi. O'quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi- gap haqidagi elementar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali bo'laklari,gapda so'zlarning bog'lanishi, gapning uyushiq bo'laklarini o'rganishga o'tadilar. Gapning bosh bo'laklarini kuzatish bilan o'quvchilar o'z fikrlarini aniq ifodalashga o'rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko'nikmasi shakllanadi. Gapni o'rganish me'yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan so'z birikmasi haqidagi tasavvur aniqlanadi. Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan sintaktik material kam bo'lsa ham butun o'quv yili davomida boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlab boriladi. Dasturga ko'ra 1-sinfda o'quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar beriladi. Gap tugallangan fikrni bildirishi, gap so'zlardan tashkil topishi, gapning oxiriga ma'lum tinish belgilari qo'yilishi haqida amaliy ma'lumotlar beriladi. 2-sinfda esa o'quvchilar gap haqida nazariy tushunchalar oladilar. Ular gapdan kim yoki nima haqida aytilganini va u hagda nima deyilganini bildirgan so'zni ajratishga o'rganadilar. Aslida gapning Grammatik asosi ustida ishlash mana shundan boshlanadi va bu bosh bo'laklarni o'rganishga muqaddima bo'ladi. 3-sinf gap ustida ishlash yangi bosqichdir. O*quvchilar gapni amaliy o'rganishdan tushuncha sifatida o'rganishga o'tadi. Ular gapning muhim belgilarini bilib oladilar. Bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning ta'rifi, ega va kesim terminlari kiritiladi. Bu sinfda gapda soʼzlarning bogʼlanishiga katta e'tibor beriladi. O'quvchilar gapning asosi (ega va kesim)ni ajratadilar. Ikkinchi darajali bo'laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so'z (hokim va tobe so'z) ni, so'zlarning Grammatik jihatdan, ya'ni qoʻshimchalar orqali bog'lanishini bilib oladilar. 4-sinfda uyushiq bo'laklarni o'rganish bilan gap bolaklari hagidagi tasavvurni kengaytiradi. 128 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference O'quvchilarda gapda so'zlarning bog'lanishini aniglash ko'nikmasini shakllantirish muhim sintaktik va nutgiy ko'nikmalar qatoriga kiradi. So'z birikmasi gap qismi sifatida ajratiladi va boshlang ich sinflarni uning muhim belgilari idrok qilinadi."So'z birikmasi" atamasi darsliklarga kiritilmaga

Доказательный фрагмент

«Boshlang'ich sinf o'quvchilarida sintaktik elementlarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish.»

Образец извлечения

Демо-превью

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida sintaktik elementlarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
boshlang'ich ta'lim, sintaktik elementlar, bosh bo'lakl darajali, ta'limiy vositalar., ta'limiy o'yinlar, metod, ega, bosh bo'lakl darajali bo'laklar, dars
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники