Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONAVIY O’ZBEK HIKOYACHILIGIDA SAFAR MOTIVI (ULUG’BEK HAMDAM HIKOYALARI MISOLIDA)
Saypidinova Mexmonoy
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This article analyzes the symbolic stories of Ulugbek Hamdam, a prominent representative of modern Uzbek literature, which are directly related to the motif of travel. Keywords: Almisak, Remains of Almisak, motif, world, cart, water, caravanserai, desert, journey, whirlpool. Аннотация: В статье анализируются символические рассказы Улугбека Хамдама, яркого представителя современной узбекской литературы, которые напрямую связаны с мотивом путешествия. Ключевые слова: Альмисак, останки Альмисака, мотив, мир, повозка, вода, караван-сарай, пустыня, путешествие, водоворот Motiv atamasi adabiyotshunoslik lug’atlarida quyidagicha yoritilgan: “Motiv – shakliy va mazmuniy jihatdan muayyan turg’unlik kasb etgan, bir yoki bir necha ijodkorning asarlarida qaytarilib turishi bilan ularning ijodiy intilishlarini namoyon etib turuvchi obrazdir”1. Misol uchun , mumtoz adabiyotimizning eng yorqin vakili Alisher Navoiy ijodida “gul” , “boda”, “soqiy” kabi obrazlar takrorlanib, yozuvchining ijodiy go’yasini belgilab bergan. Bugungi o’zbek nasrining munosib davomchilaridan biri Ulug’bek Hamdam ijodida ham “safar” obrazi motiv hisoblangan bir necha hikoya uchraydi. Hozirgi o’zbek hikoyalarning bir qismi realistik ruhda bo’lib, qahramonlarning o’y- kechilmalari, mehr-oqibatlari, yoshlarning bir-biriga bo’lgan muhabbati voqealari rivoji ishonarli va hayotiy tasvirlangan. Yana bir turkum hikoyalar borki, ular chuqur ramziy xarakterga ega. Unda dunyoning kelib chiqishi, inson hayotining ma’nosi falsafiy mushohada qilinadi. Ulug’bek Hamdamning “Bir piyola suv’’, “Safar” va “To’lin oy qissasi” kabi hikoyalaridagi “safar” tushunchasi ham ramziy xarakterga ega. Har bir hikoyada o’ziga xos ramziylik ifodalagan. 1 Dilmurod Quronov. Adabiyot nazaryasi asoslari. Navoiy universiteti – Toshkent: 2018. 111-bet. 131 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Jumladan, “Bir piyola suv” asari orqali insoniyatning bu dunyoga bandalik vazifasini o’tash uchun qilgan safari ifodalangan bo’lsa, “Safar” hikoyasida Haqqa olib borguvchi yo’llar turli-tuman bo’lishiga qaramay asl mohiyati bir ekanligi ifodalangan. “To’lin oy qissasi”da inson o’ziga kerak narsani, avvalo, o’zidan istamoqligi, o’z olamiga safar qilmoqligi g’oyasi ilgari suriladi. Xususan, yozuvchining “Bir piyola suv” hikoyasida tasavvuf adabiyotida ta’kidlanganidek, ruhning badan orqali SAFARga otlanganligi tasvirlanadi. Bu safarning dastlabi, asl Vatani Yaratganning dargohi bo’ldi, bu dunyoni oddiy yo’l kabi bosib o’tib , safarning so’ngida yana asl Vatanga qaytish lozim. Ulug’bek Hamdam tabiatning oddiy hodisalariga, insonlarning kundalik harakatlariga juda chuqur ramziy ma’no yuklaydi: yozuvchining “Safar” hikoyasida ham buning yorqin dalilidir. Hikoyadagi chek-chegarasi yo’q ummon – bu asli butun olam. Dunyo boshi ham, oxiri ham ma’lum bo’lmagan o’n sakkiz ming olamdan iborat. Ummonlar orasidagi kichkina orolni, biz yashab turgan yerning timsoli deyish mumkin. Bu hikoyada hammaning dastavval, bir qabila bo’lganligi, ya’ni yer yuzidagi barcha insonlar bir otaning va bir onaning farzandiligini bilsalar-da, buni inkor qilib bir-biriga dushman bo’lgan qabilarga aylandi. Ayni shu o’rinlarda hozirgi kundagi o’zaro urushlar, diniy nizolar arzimas ekani ularning asliyati bir ekanligi nazarda tutilgan. Hikoya qahramonlari bir-birlarini kamsitish uchun yasayotgan haykallar, befoyda qilinayotgan AMALLARdir. Ana o’sha keraksiz harakatlar, foydasiz amallar ular orasida kasallik, ochlik keltirib chiqaradi. Eng buyuk yaratuvchi Allohdir. Bandalarning yaratuvchilikka da’vo qilishi, o’gir oqibatlarga olib keladi. Hikoyada ham yaratuvchilikka da’vo qilgan insonlarning qilgan amallari timsoli bo’lib kelgan haykallar dengizda yurgan yigit va qizga nihoyatda, xunuk ko’rinadi. Chunki ular SAFARda edilar. Ya’ni bu dunyodagi amallarning yaxshi yoki yomonligi, o’zga olamga safar qilinganda yaqqolroq ko’rinadi. “To’lin oy qissasi” hikoyasida, ham tabiat hodisasi ham oddiy kundalik hayot o’zaro uyg’unlashib kelgan. Oy o’zini tushunadigan bir sirdosh topish uchun SARAFga chiqadi. Oy yetti kunlik safari davomida ayol, cho’pon, kelin, tilanchi, boy, mahbus va itga duch keladi. U har gal uchratgan kimsalari o’z muammosi bilan band. Hattoki, ming yilga qamalgan mahbus ham... oy avvaliga mahbusda o’zligining qiyofasini ko’rsada yaqinlashib borgach mahbusning oyni ozodlik tuynugi kutayotgani ma’lum bo’ladi. Shu o’rinda Oy nega aynan mahbusda o’z qiyofasini ko’radi degan savol tug’iladi. Mahbus ozodlikka intilib yashaydigan odam bo’lsa-da , u tutqunlikka mahkumdir. Dunyo haqiqatini anglagan insonlar ham bu dunyoni o’ziga qafas bilib, doim OZODLIKKA qarab 132 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference harakat qiladi. Dunyo noz-ne’matlariga aldanib unga ko’ngil berib, shod bo’lmaydi. Uning shodligi faqat o’zligini anglaganda yuzaga chiqadi. Oy safari davomida duch kelgan insonlar ham o’z ehtiyojlari bilan mashg’ul kishilar edi. Oy o’z ko’ngil istagi n
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the symbolic stories of Ulugbek Hamdam, a prominent representative of modern Uzbek literature, which are directly related to the motif of travel.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the symbolic stories of Ulugbek Hamdam, a prominent representative of modern Uzbek literature, which are directly related to the motif of travel. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Almisak, Remains of Almisak, motif, world, cart, water, safar, motiv, arava, suv, girdob., Almisoqdan qolgan, Almisoq, karvonsaroy, dunyo, sahro
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025