The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021
MERONIMLARNING ELEKTRON KORPUSLARDAGI TAQDIMOTI VA TAHLILI
Mustafaeva Sojida Ulashevna
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda meronimlarning elektron korpuslardagi taqdimoti va ularning lingvistik tahlili masalalari yoritiladi. Tadqiqotda meronimik munosabatlarning leksik-semantik xususiyatlari, ularning turli kontekstlarda qo‘llanilishi hamda korpus materiallarida qayd etilish darajasi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ingliz va o‘zbek tillari korpuslari asosida meronimlarning ifodalanishidagi umumiy va farqli jihatlar aniqlanadi. Elektron korpuslardan foydalanish meronimlarning qo‘llanish doirasi va semantik imkoniyatlarini chuqurroq tahlil qilishga yordam beradi. Natijada, meronimik munosabatlarning leksikografik va tarjimashunoslikdagi ahamiyati ham asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: meronim, korpus lingvistika, elektron korpus, leksik-semantik tahlil, meronimik munosabat, ingliz tili, o‘zbek tili, leksikografiya, tarjimashunoslik. Kirish qism Hozirgi davr lingvistik tadqiqotlarida korpus lingvistika alohida ahamiyat kasb etib, til birliklarini keng ko‘lamda o‘rganish imkonini bermoqda. Korpus materiallari asosida til birliklarining qo‘llanish xususiyatlari, ularning semantik va funksional jihatlari tahlil qilinadi. Meronimlar ham til tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida korpus asosida tadqiq etilishi zarur bo‘lgan hodisalardan biridir. Chunki meronimik munosabatlar predmet va hodisalarning tarkibiy qismlarini ifodalash orqali leksik tizimning tuzilishini ochib beradi. Ushbu tadqiqotda meronimlarning elektron korpuslarda taqdimoti va ularning lingvistik xususiyatlari tahlil qilinadi. Bunda birinchi va ikkinchi bandlarda meronimlarning ingliz va oʻzbek tillarda lugʻatlar va korpuslarda berilish masalalarini analitik tahlil etish masalalari va uchinchi banda esa chogʻishtirilayotgan tillarda meronimik soʻzlarning leksikografik talqinlarda ifodalanish holatlarini tavsiflanish bilan belgilanadi. Til lugʻati bu shunchaki xaotik tartibli toʻplam emas balki tartiblangan - uning tarkibiy qismlari ham leksik ham semantik aloqalar bilan bogʻlanadigan sistem sifatida ifodalanadigan tizim: giponim-giperonim, meronimik, holonim, graduonomik, partonomik, sinonimik, antonomik, polisemntik va boshqalar. Hozirgi davr tilshunosligining barcha sohalari, ayniqsa leksikografik olamida kompyuter lingvistik bazasini shakllantirish, bu esa lugʻat -leksikografik tarkibini yangi leksema maʼno munosabatlarining kengayishi va rivojlanishi negizida roʻy beradi. Chunki I.R.Galperin yozganidek, “leksikografiya hamma narsani oʻz ichiga olishi kerak, u oʻz qudratini, qadrini va nutqda qoʻllanishi qobiliyatini yo‘qotmagan tilda yashaydi, shuningdek, soʻngi paytlarda tugʻilgan, hayotiy va barqaror boʻlib chiqqan barcha yangi narsalarni aks ettira oladi”12. J.Miller, D.A.Kruz va M.V.Nikitinlar13 meronimlarning lugʻaviy maʼno jihatlari bilan alohida oʻrganib, ularning leksikografik tizimga kiritish lozimligini birinchilardan boʻlib aytib oʻtadilar. Ammo hanuzgacha olimlar oʻrtasida “butun-qism” munosabatlarning til leksikaviy tizimidagi tarqalish oʻrnini ochiq qoldirmoqda. D.A.Kruz maʼno munosabatlari haqida quyidagicha fikr beradi: “Maʼno munosabatlarining muhimligi bu uning yaxshilanishi agarda oʻzaro ichki intuitiv sezgirlikka mos keladigan boʻlsa, yoki tushuncha oson leksikallashtirilsa yoki ogʻzaki nutqda ifodalansa. Albatta bu tushuncha oddiy nutq soʻzlashuvchilari uchun tushunish yoki anglash qiyin, buni soddalashtiradigan 94 boʻlsak ...is a kind of, ...is a type of, masalan, dog va animal bu eng oson yuzaga keluvchi misollar boʻlib, “a dog is a type of animal” yaʼni qismning turi bu it, uning butuni hayvon. Meronimlar gaplar oʻrtasida oddiy mantiqiy izohlanishga ega emas ammo giponimlarda mavjud. Uning lugʻaviy formulalarda belgilanish holati Y ning meronimi X, A butunlikni oʻz ichiga oladi, lekin A X ning tarkibidagi elementlarni oʻz ichiga oladi, ammo X Aning tarkibi emas”14. Izoh:“Leg”(“oyoq) tana aʼzolarinig X ning holonimi, ammo “thigh”, “knee”, “lower leg”, “ankle”,”foot” Y ning meronimlari, A ning leksema iyerarxiyasi. Tabiiyki, “leg” tana qismi oʻzining asosiy tana qism (body) va u ichki mustaqil holonimlarga head; arm; leg boʻlaklarga boʻlinadi, natijada savol tugʻiladi, agarda ular oʻzaro semantik munosabatli bogʻlanishmi yoki leksikaviy sinfning umumiy iyerarxiya ostida birikishmi? Shu oʻrinda biz ingliz olimi J.Layonz qism-butunlik haqida fikr bildirar ekan u shunday mulohaza yuritadi: “qism-butun”li munosabatlar bu giponimik munosabatlardan qisman ozroq farq qiladi va u xuddi giponimiyaga oʻxshab tranzitiv boʻla oladi qaysiki koʻp tilshunoslar bu fikrimga qarshi bo‘lsalarda. Meronimlarning jahon lugʻatshunoslik talqinlariga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, dastlab meronimlar lugʻatlarda quyidagicha tavsiflangan: “Meronymy [mero-^ (ʼmereu] “part”, “fraction”,occurring in various scientific and technical terms; sometimes opposed to holon” 15. Demak, meronim termini dastlab – mero shaklida qism, ulush, boʻlak maʼnosida turli texnikaviy terminlarga nisbatan ishlatilgan va holonimga teskari qoʻyilgan; “Merology” [from Gr. μέρο-ς part, member + L
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda meronimlarning elektron korpuslardagi taqdimoti va ularning lingvistik tahlili masalalari yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda meronimlarning elektron korpuslardagi taqdimoti va ularning lingvistik tahlili masalalari yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarjimashunoslik., korpus lingvistika, leksik-semantik tahlil, leksikografiya, meronimik munosabat, ingliz tili, meronim, elektron korpus, o‘zbek tili
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsBased On Grammatical Signals, Farokhat Sattarbergan Qizi Karimova +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsThe Saudi Scholarly Arrangement, Greenbaum G. +12021
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019