Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURIZM TERMINOLOGIYASIDA LAKUNA, REALIYA VA EGZOTIZM KABI MADANIY BIRLIKLAR TARJIMASI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · MADANIY BIRLIKLAR TARJIMASI (in-academy.uz/index.php/si) · Qudiratov G‘ayratjon Suynovich (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 96–100 · 2026
Аннотация
This article provides a comparative analysis of the linguistic and cultural aspects of tourism terms used in English, Uzbek and Lithuanian, based on examples. The aim of the article is to identify the forms of expression of linguocultural units in the translation process and to propose common strategies by comparing them. Keywords: cultural units, lacuna, reality, exoticism, translation methods, transliteration, transcription, descriptive translation. Zamonaviy tarjimashunoslikda turizmga oid atamalar ko‘plab madaniy birliklarni o‘z ichiga oladi. Tarjima jarayonida madaniyatlararo tafakkur, lingvokulturologik tafovutlar va kommunikativ to‘siqlar muhim rol o‘ynaydi. Shu bois tarjima nazariyasida lakuna, realiya va egzotizm tushunchalari o‘ziga xos ilmiy mavqega ega bo‘lib, ularning aniq farqlanishi va tarjimaviy strategiyalar orqali to‘g‘ri ifodalanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Tarjimaning lingvokulturologik jihatlari ustida ish olib borgan ingliz tadqiqotchilari qatorida P.Newmark, M.Baker va J.P.Vinay hamda J.Darbelnetlarning fikrlari alohida ahamiyat kasb etadi. P.Newmark tarjimadagi madaniy to‘siqlarni yengish uchun deskriptiv va kontekstual strategiyalarni taklif etadi. M.Baker esa tarjimonni madaniy tafovutlar kontekstida oraliq vositachi sifatida ko‘radi. O‘zbek tarjimashunosligida bu masalaga M.Mamarasulov, G.Qurbonov va X.Karimov tomonidan ham e’tibor qaratilgan bo‘lib, ularning tadqiqotlarida tarjimada milliylik, lingvokulturologik tafakkur va madaniy konnotatsiyalarni saqlash zarurati ta’kidlangan. Jumladan, Mamarasulov lingvokulturologik birliklarning tarjima jarayonidagi interpretatsiyasi haqida fikr bildirgan bo‘lsa, Qurbonov madaniyatga xos birliklarning ekvivalentini tanlashdagi muammolarga e’tibor qaratadi. Turizmga oid atamalar ko‘plab madaniy birliklarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, lakuna, realiya va egzotizm kabi lingvokulturologik birliklar turizm tili orqali har bir madaniyatga xos 150 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si qadriyat va tafakkurni namoyon etadi. Mazkur maqolada ingliz, o‘zbek va litva tillarida qo‘llaniladigan turizm terminlarining ushbu toifalar doirasidagi lingvistik va madaniy jihatlari iqtibosli misollar asosida qiyosiy tahlil qilinadi. Lakuna, realiya va egzotizm tarjimashunoslikda madaniyatlararo tafovutlarni anglash va ularni lingvistik jihatdan ifodalashda muhim tushunchalardir. Lakuna — bu bir madaniyatda mavjud bo‘lgan, ammo boshqa madaniyatda unga to‘g‘ri keluvchi ekvivalent bo‘lmagan tushuncha yoki birlikdir. Bunday hollarda tarjimonda semantik bo‘shliq yuzaga keladi va bu bo‘shliq tavsifli izoh yoki kengroq tushuntirish orqali to‘ldiriladi. Realiya — bu muayyan xalqning tarixiy, madaniy yoki geografik hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan konkret birlik bo‘lib, ko‘pincha joy nomlari, milliy taomlar, kiyimlar, binolar yoki bayramlar kabi elementlarni o‘z ichiga oladi. Tarjimada realiyalarni saqlab qolish uchun transliteratsiya, deskriptiv tarjima yoki annotatsion izohlar ishlatiladi. Egzotizm — bu tarjimada begona yoki noodatiy bo‘lib tuyuladigan va boshqa madaniyat vakillari uchun ekzotik bo‘lgan birlikdir. Egzotizmlar tarjimada ko‘pincha asl holida saqlanadi va o‘quvchida ekzotik taassurot uyg‘otishi uchun izohsiz berilishi mumkin. Turizm terminlari orqali qiyosiy jadval Tarjimaviy Tushuncha Inglizcha O‘zbekcha Litvacha muammo Mehmonxona Bed & O‘zbek tilida ichidagi Naktis su Lakuna Breakfast bevosita ekvivalent mehmon pusryčiais (B&B) mavjud emas xonasi Madaniy tushuncha Paveldė Lakuna Heritage trail Madaniy yo‘lak jihatidan tafovut kelias mavjud Registon Tarjimada izohlovchi Realiya Big Ben Trakai pilis maydoni strategiya zarur Tarixiy va madaniy Realiya Afternoon tea Sumalak Kūčios semantika o‘ziga xos Do‘ppi Ko‘chma Red double- Užgavėnės Egzotizm sotiladigan ekoturizmga oid decker bus karnavalas bozor begonalik unsuri Madaniy muhitdagi Egzotizm Pub culture Navro‘z sayli Joninės semantik tafovutlar Litva madaniyatiga oid turizm terminlari ham o‘ziga xos semantik va madaniy yuklamalarga ega bo‘lib, tarjimada qator madaniyatlararo tafovutlarni yuzaga keltiradi. Masalan, Užgavėnės karnavali — litvaliklar tomonidan qish mavsumini haydab chiqarish marosimi sifatida nishonlanadi. Bunday madaniy voqelik o‘zbek va ingliz madaniyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalentga ega emas, bu esa tarjimonni deskriptiv izoh yoki tavsifli strategiyalarga murojaat qilishga majbur etadi. Shuningdek, Joninės — yozgi quyosh tutilishiga bag‘ishlangan litva bayrami bo‘lib, u ham ekzotik tusda qabul qilinadi. Turizm terminologiyasida lakuna tushunchasi asosan madaniy xatti-harakatlar va ijtimoiy xizmatlar sohasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, Bed & Breakfast (B&B) kabi 151 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si xizmat ko‘rsatish formati o‘zbek madaniyatida to‘liq shakllanmagan bo‘lib, ekvivalent atama mavjud emas. Shuning uchun tarjimada izoh yoki ta’rif berish zarurati tug‘iladi. Realiya sifatida Big Ben yoki R
Доказательный фрагмент
«This article provides a comparative analysis of the linguistic and cultural aspects of tourism terms used in English, Uzbek and Lithuanian, based on examples.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a comparative analysis of the linguistic and cultural aspects of tourism terms used in English, Uzbek and Lithuanian, based on examples. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cultural units, lacuna, reality, exoticism, translation methods, transliteration, realiya, transliteratsiya, madaniy birliklar, transkriptsiya, tarjima usullari, lakuna, deskriptiv tarjima., egzotizm
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025