К содержанию
РецензированоUZ2019

SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH TURIZMI BILAN SHUG‘ULLANUVCHILARNING UZLUKSIZ YURISH METODIKASI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · UZLUKSIZ YURISH METODIKASI (in-academy.uz/index.php/yo) · Abdurazzaxov Abdurasul Abdurazzaxovich (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2019

Аннотация

Maqolada sport-sog‘lomlashtirish turizmi doirasida uzluksiz yurish mashg‘ulotlarining metodik asoslari va salomatlikka ta’siri yoritilgan. Yurish davomiyligi, intensivligi va yo‘nalishining sog‘lomlashtiruvchi samaradorlikka ta’siri eksperimental jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari uzluksiz yurishning jismoniy faollikni oshirish va sog‘liqni mustahkamlashdagi samarali vosita ekanligini tasdiqlaydi. Kalit so‘zlar: Sport-sog‘lomlashtirish turizmi, uzluksiz yurish, metodika, jismoniy faollik, sog‘lom turmush tarzi, yurak-qon tomir tizimi, nafas olish tizimi, sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar, ekologik turizm. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-2025-yillarda turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, xalqaro me’yor va standartlarni hisobga olish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, maqbul va qulay turizm muhitini yaratish, transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yo‘nalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, turizm bozorining turli segmentlariga yo‘naltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish, hamda turizm faoliyati subyektlarining faolligini rag‘batlantirishni ta’minlovchi ichki turizmni rivojlantirish kabi vazifalar belgilangan. Bugungi kunda sport-sog‘lomlashtirish turizmi inson salomatligini mustahkamlash, jismoniy faollikni oshirish va dam olishni samarali tashkil etish vositasi sifatida keng ommalashmoqda. Ayniqsa, yurish (piyoda yurish) sog‘lomlashtirish turizmining asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Uzluksiz yurishning to‘g‘ri metodikasi yurish mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirib, yurak-qon tomir, nafas olish, tayanch-harakat tizimi faoliyatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada sport-sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchilar uchun uzluksiz yurish metodikasining nazariy asoslari, amaliy jihatlari va sog‘liq uchun foydali jihatlari ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqot maqsadi: - Sport-sog‘lomlashtirish turizmi bilan shug‘ullanuvchilarning jismoniy va ruhiy holatini yaxshilashda uzluksiz yurish mashg‘ulotlarining metodik asoslarini ishlab chiqish, ularning samaradorligini baholash va amaliy qo‘llash yo‘llarini aniqlash. Tadqiqot vazifasi - Uzluksiz yurishning sport-sog‘lomlashtirish turizmida sog‘lomlashtiruvchi ahamiyatini nazariy jihatdan asoslash, Yurish mashg‘ulotlarining optimal davomiyligi, intensivligi va yo‘nalishini aniqlovchi metodik tavsiyalar ishlab chiqish, Tajriba asosida yurish mashg‘ulotlarining jismoniy va psixofiziologik holatga ta’sirini baholash. Yurish — eng tabiiy, xavfsiz va har kim uchun mavjud bo‘lgan jismoniy faoliyat turi hisoblanadi. Sog‘lomlashtirish turizmida yurish asosan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:  Oddiy piyoda yurish (tenglikdagi yo‘llarda, tabiatda sayr qilish);  Nordik yurish (maxsus tayoqlar bilan yurish); 139 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo  Tez yurish (ma'lum yurish tezligida yurish);  Marshrutli yurish (belgilangan yo‘nalishda uzoq masofaga yurish). Uzluksiz yurishning afzalliklari:  Yurak va qon tomir tizimini mustahkamlaydi;  Metabolizmni faollashtiradi;  Mushak va bo‘g‘imlar faoliyatini yaxshilaydi;  Stressni kamaytiradi va ruhiy holatni barqarorlashtiradi. O‘zbekistonda talabalarni sport-sog‘lomlashtirish turizmi, xususan, uzluksiz yurish mashg‘ulotlariga jalb etish orqali ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash, irodasini kuchaytirish va ruhiy-emotsional barqarorligini ta’minlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Uzluksiz yurish — tabiiy harakat turi sifatida yurak-qon tomir tizimi, nafas olish faoliyati va mushaklar tizimining faoliyatini yaxshilaydi, bu esa sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismidir. Bugungi kunda ko‘plab davlatlar sport-sog‘lomlashtirish turizmini strategik rivojlanish yo‘nalishi sifatida qarab, bu yo‘nalishga katta e’tibor qaratmoqda. O‘zbekistonning boy tabiiy resurslari, xilma-xil landshaftlari va ekologik toza hududlari talabalarning faol sayr va yurish mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Uzluksiz yurish mashg‘ulotlarini metodik asosda tashkil etish orqali talabalarning jismoniy faolligi, sog‘lig‘i va hayotiy energiyasi oshadi. Shuningdek, bunday faoliyat turlariga jalb etishdan oldin ishtirokchilarni tibbiy nazoratdan o‘tkazish, mashg‘ulotlarni madaniy va tarixiy obyektlarga sayrlar bilan uyg‘unlashtirish tavsiya etiladi. Bu esa sog‘lomlashtirish bilan birga ma’naviy va madaniy tarbiyani ham ta’minlaydi. Uzluksiz yurish mashg‘ulotlari talabalarni sayohatlarga jismoniy va maxsus tayyorlashning muhim bosqichidir. Bu jarayon nafaqat chaqqonlik, chidamlilik, kuch, egiluvchanlik va tezlik kabi jismoniy fazilatlarni rivojlantiradi, balki harakat ko‘nikmalari va muvofiqligini shakllantiradi. Shuningdek, yurish davomida talabalar o‘zaro hamkorlik, jamoaviylik, mardlik, mas’uliyat va axloqiy-irodaviy sifatlarni o

Доказательный фрагмент

«Maqolada sport-sog‘lomlashtirish turizmi doirasida uzluksiz yurish mashg‘ulotlarining metodik asoslari va salomatlikka ta’siri yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada sport-sog‘lomlashtirish turizmi doirasida uzluksiz yurish mashg‘ulotlarining metodik asoslari va salomatlikka ta’siri yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yurak-qon tomir tizimi, nafas olish tizimi, metodika, jismoniy faollik, ekologik turizm., Sport-sog‘lomlashtirish turizmi, sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar, uzluksiz yurish, sog‘lom turmush tarzi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники