К содержанию
РецензированоEN2026

ADVOKATURA INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Abdug‘afforov Jasur (ADVOKATURA INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI)

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

This thesis analyzes the legal foundations of the institution of advocacy, its current state, and existing problems. Specifically, it highlights the professional independence of lawyers, their legal status, regulatory acts governing the activities of the bar, and the role of advocacy structures. Additionally, based on the experience of foreign countries, proposals have been developed for reforming the advocacy system in Uzbekistan, ensuring the independence of lawyers, and expanding citizens' access to qualified legal assistance. The thesis reveals the role of the institution of advocacy in a legal democratic state and the current directions for its further improvement. 160 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Keywords: Institution of advocacy, lawyer, legal assistance, professional independence, advocacy structures, advocacy activity, international experience. Adolat qadim-qadimdan xalqimizning tinch va farovon hayotining tayanchi, insonparvarlik manbai bo‘lib kelgan. Amir Temur davlat ishlarida “Kuch – adolatda” degan qoidani qo‘llab, mamlakatda tinchlik va farovonlikka erishgan. U zot shunday degan edi: “Adolat bo‘lsa — hayot bog‘dek go‘zal bo‘ladi, adolatsizlik bo‘lsa — u eng dahshatli do‘zaxga aylanadi”. Advokatura instituti jamiyatda ijtimoiy adolat, sud va boshqa organlarda huquqiy himoyani sifatli ta’minlash jarayonida asosiy subyektlardan biri hisoblanadi. Advokatura – lotincha “advocatus” so‘zidan olingan bo‘lib, sudda ish yuritish, himoyani amalga oshirish hamda keng ma’noda malakali yuridik yordam ko‘rsatish vazifasini amalga oshiruvchi kasbiy birlashmalardan iborat bo‘lgan alohida maqomga ega ijtimoiy-huquqiy institut degan ma’noni anglatadi. Joriy yil 5-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash faoliyati yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishda odil sudlovni amalga oshirishda advokatlar o‘rni juda muhimligi, bu borada advokatlarga himoyasidagi fuqaroga o‘z vaqtida huquqiy yordam ko‘rsata olishlari uchun imkoniyat yaratish kerakligi qayd etildi hamda mutasaddilarga uch oy ichida sifatli yuridik yordam ko‘rsatilishida advokatlar faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha qonun loyihasini kiritish vazifasi topshirildi [1]. Shu jumladan, endilikda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning eng muhim sharti qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlashdan iborat, - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida advokatura fuqarolik jamiyatining asosiy va muhim institutlaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida advokatura faoliyati “Advokatura to‘g‘risida”gi 1996-yil 27- dekabrdagi 349-I-son Qonun bilan tartibga solinadi. Qonun advokatning huquqiy maqomini, faoliyat yuritish asoslarini, tashkiliy-huquqiy shakllari va ular faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi. Ushbu Qonunning 1-moddasiga ko’ra, advokatura — bu huquqiy institut bo‘lib, u advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini o‘z ichiga oladi. Advokatura O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam ko‘rsatadi. 161 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference O‘zbekiston Respublikasida advokatlik faoliyatining tashkiliy shakllari (tuzilmalari) “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun 4-moddasida belgilangan bo‘lib, ular quyidagicha bayon qilingan: – advokatlik byurosi; – advokatlik firmasi; – advokatlar hay’ati; – yuridik maslahatxona [2]. Belgilangan tartibda litsenziya olgan shaxs advokatlik faoliyatini o‘z advokatlik byurosini ochib, yakka tartibda amalga oshirishga yoxud boshqa advokatlar (sheriklar) bilan advokatlik firmasini yoki a’zolikka asoslangan advokatlar hay’atini tuzishga yoxud faoliyat ko‘rsatayotgan shunday advokatlik tuzilmalaridan biriga kirishga yoki yuridik maslahatxonada ishlagan holda advokatlik faoliyatini amalga oshirishga haqli. Advokat o‘z faoliyatini faqat bitta advokatlik tuzilmasida amalga oshirishga haqli. Yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXIV bobi advokatura sohasiga bag’ishlandi. Konstitutsiyaning 141-moddasiga ko’ra, jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslanadi [3]. Advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi. Advokat, uning sha’ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat h

Доказательный фрагмент

«This thesis analyzes the legal foundations of the institution of advocacy, its current state, and existing problems.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis analyzes the legal foundations of the institution of advocacy, its current state, and existing problems. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Institution of advocacy, lawyer, legal assistance, professional, advokatura instituti, kasbiy mustaqillik, xalqaro tajriba., advokat, advokatlik faoliyati, yuridik yordam, advokatura tuzilmalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники