К содержанию
РецензированоRU2026

MOLIYA TIZIMINING IQTISODIY MUNOSABATLARDAGI AHAMIYATI

O‘. Baytanov (Jizzax politexnika instituti “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti v.b) · R. Akbaraliyeva (Kibersport fakulteti 531-22 guruh talabasi)

Развитие и инновации в науке · 1 · 2026

Аннотация

В статье отражена роль и экономический характер государственной финансовой системы в экономических отношениях. Также освещаются функции государственных финансов в осуществлении экономических реформ. Ключевые слова: государственные финансы, функция, государство, контроль. Moliyaning iqtisodiy kategoriya sifatidagi tabiati va mohiyati uning bajaradigan funksiyalarida namoyon bo‘ladi. Funksiya ob’ekt ichki mohiyati konkret shaklining namoyon bo‘lish jarayonidir. Moliyaning funksiyalarini bilish moliya siyosatini amalga oshirish uchun zarurdir. Moliya fani nuqtai-nazaridan davlat moliyasi, xo‘jalik sub’ektlari moliyasi va uy xo‘jaliklari moliyasi funksiyalarining ma’lum darajada birligi mavjud. Shu bilan bir vaqtda, ular o‘rtasida farqlar ham mavjudki, bu holat bir tomondan, umumdavlat manfaatlaridan va boshqa tomondan esa, korxonalar faoliyatining tadbirkorlik jihatlari hamda fuqarolar shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqadi. Moliyaning funksiyalari yuzasidan iqtisodchi-olimlar o‘rtasida qator bahsli holatlar mavjud. Bir qator taniqli moliyachilar moliyaning uchta funksiyasi mavjudligini e’tirof etishadi. A.M. Birman moliyaning quyidagi funksiyalari mavjudligini e’tirof etadi: -xo‘jalik yuritish jarayonini pul mablag‘lari bilan ta’minlash; -nazorat; -taqsimlash. A.M. Aleksandrov va E.A. Voznesenskiy tasdiqlaydiki, moliya quyidagi funksiyalarni bajaradi: 54 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference -pul fondlarini shakllantirish; -shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish; -nazorat. I.Т. Balabanovning fikriga ko‘ra, bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaning taqsimlash funksiyasi o‘zining mazmunini yo‘qotadi. Iqtisodchi V.M. Rodionovaning fikriga ko‘ra, moliya taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajaradi. A.M.Babich, L.N.Pavlovalarning fikricha, butun moliya tizimi uchun qator funksiyalar - rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Hozirgi sharoitda O‘zbekistonlik iqtisodchi-olimlar moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalarini bajarishini e’tirof etishadi. Iqtisodiy sub’ektlarning asosiy manfaati foyda olish hisoblanadi. Foyda markazlashtirilmagan pul fondlarining asosiy moliyaviy manbaidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik ko‘p ukladli shakllarini paydo bo‘lishi va bozor iqtisodiyotining amal qilishi to‘lik iqtisodiy mustaqillikni ta’minlovchi demokratik tizimni shakllantirishni ob’ektiv zarur qilib qo‘yadi. Bunday sharoitda iqtisodiy sub’ektlar faoliyatining moliyaviy natijalari, ya’ni tadbirkorlik foydasini taqsimlash ular tomonidan qabul qilinadigan moliyaviy qarorlarga bog‘liqdir. Тurli darajadagi ko‘p sonli fondlarni shakllantirishning asosiy moliyaviy manbalari nima hisoblanadi? Albatta bunda makrodarajada yalpi ichki mahsulot eng birinchi manba bo‘lib hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlash jarayoni turli xil moliyaviy vositalar: me’yorlar, stavkalar, tariflar, ajratmalar va boshqa moliyaviy instrumentlar vositasida amalga oshiriladi. Mikrodarajada esa uning manbai korxonalar pul daromadlari va jamg‘armalari hisoblanadi. Moliyaning nazorat funksiyasi - bu ob’ektiv tarzda amal qiluvchi pul munosabatlari jarayonlarini nazorat qilishdir. Moliya nazorat funksiyasining ob’ekti bo‘lib xo‘jalik sub’ektlari faoliyatining moliyaviy natijalari hisoblanadi. Nazorat funksiyasi vositasida esa, pul fondlarining shakllanishi jarayonlarini iqtisodiy qonuniyatlar, me’yorlar asosida amalga oshirishni nazorat qiladi. Davlatning paydo bo‘lishi bilan moliyaning paydo bo‘lishini izohlash uchun davlatning jamiyat iqtisodiy tizimidagi roli va unga tegishli bo‘lgan funksiyalarni 55 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference asoslash lozim. Davlatning iqtisodiy roli uning quyidagi funksiyalarida namoyon bo‘ladi: tartibga solish, qayta taqsimlash, ijtimoiy, nazorat. Тartibga solish funksiyasi: Davlat ishtiroki zarur bo‘lgan shunday sohalar mavjudki, ularning to‘laqonli amal qilishida davlat ishtiroki belgilovchi ahamiyat kasb etadi (masalan, mudofaa, davlat boshqaruv apparatini saqlash, ijtimoiy sohalar, aholini ijtimoiy himoyalash tizimlari va boshqalar). Davlat turli xil institutsional tizimlar vositasida iqtisodiy siyosatni amalga oshiradi. Davlatning tartibga solish funksiyasining bajarilishi tartibga solishning qator sohalarida ta’minlanadi: davlat moliyasi, pul muomalasi, nakd pulsiz hisob-kitoblar, valyuta kurslari, iqtisodiy havfsizlik va boshqalar. Qayta taqsimlash funksiyasi. Yaratilgan milliy daromad ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida qayta taqsimlashning ob’ekti hisoblanadi. Bunda qayta taqsimlash mexanizmining vositasi va ijrochilari sifatida soliq tizimi hamda byudjet tizimi maydonga chiqadi. Ijtimoiy funksiya. O‘tish davrining asosiy muammosi hisoblanuvchi ijtimoiy himoya tizimlarini shakllantirish va aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoya qilish davlatning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Bu funksiyaning amal qilish mexanizmi davlatning quyidagi yo‘nalishlardagi

Доказательный фрагмент

«В статье отражена роль и экономический характер государственной финансовой системы в экономических отношениях.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье отражена роль и экономический характер государственной финансовой системы в экономических отношениях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
государственные финансы, функция, государство, nazorat., Davlat moliyasi, funksiya, davlat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники