К содержанию
РецензированоUZ2026

QURILISHDA ZAMONAVIY BOSHQARUV TIZIMLARI

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК

Развитие и инновации в науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada marketing menejmentining mohiyati, asosiy funksiyalari, strategik yondashuvlari va zamonaviy tendensiyalari yoritib berilgan. Raqobatbardosh muhitda korxonalar faoliyatini samarali boshqarish, iste’molchilar ehtiyojini aniqlash va qondirish, bozordagi o‘zgarishlarga moslashish jarayonlarida marketing menejmentining tutgan o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada, shuningdek, marketing rejasi, maqsadli auditoriya, 4P modeli, raqamli marketing va mijozlar bilan uzoq muddatli aloqalar o‘rnatish strategiyalari ham tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: Marketing menejmenti, marketing strategiyasi, iste’molchi ehtiyoji, 4P modeli, raqamli marketing, bozordagi raqobat, mijozga yo‘naltirilganlik. Annotation. This article explores the essence, main functions, strategic approaches, and modern trends in marketing management. In a competitive environment, marketing management plays a crucial role in efficiently managing business activities, identifying and satisfying consumer needs, and adapting to market changes. The paper also analyzes marketing planning, target audience strategies, the 4P model, digital marketing, and approaches for building long- term relationships with customers. Key words: Marketing management, marketing strategy, consumer needs, 4P model, digital marketing, market competition, customer orientation. Bozorda muvaffaqiyatga erishish korxonalar tomonidan iste’molchilar ehtiyojini to‘g‘ri anglab, unga mos mahsulot yoki xizmatni taklif etishga bog‘liqdir. Ushbu jarayonda marketing menejmenti muhim vosita sifatida qaraladi. Marketing menejmenti – bu tashkilot tomonidan bozordagi imkoniyatlarni tahlil qilish, iste’molchi ehtiyojlarini o‘rganish va ularga mos strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish jarayonidir. Marketing menejmenti quyidagi asosiy funksiyalarni o‘z ichiga oladi: 1. Bozorni tahlil qilish – ehtiyojlar, talab va taklif, raqobatchilarni aniqlash. 2. Marketing strategiyasini ishlab chiqish – mahsulot, narx, tarqatish va ilgari surish (4P). 3. Marketing rejasini tuzish va amalga oshirish. 65 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК 4. Nazorat va tahlil – natijalarni baholash va kerakli o‘zgarishlar kiritish. Marketing strategiyasi korxonaning bozorda tutgan o‘rnini belgilab beradi. Kotler tomonidan ishlab chiqilgan klassik 4P modeli quyidagi elementlardan iborat: Mahsulot (Product) – iste’molchiga qiymat yetkazadigan tovar yoki xizmat. Narx (Price) – mahsulot qiymatini ifodalaydi va raqobatbardoshlikni ta’minlaydi. Joylashtirish (Place) – mahsulotni iste’molchiga yetkazish kanallari. Ilgari surish (Promotion) – mahsulot haqida xabardor qilish va sotishni rag‘batlantirish. Hozirgi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi raqamli marketingni dolzarb masalaga aylantirdi. Raqamli marketing orqali mijozlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish, ularning xatti-harakatlarini kuzatish, va tahlil qilish imkoniyati kengaydi. Shu bilan birga, marketing menejmenti mijozga yo‘naltirilgan strategiyalarga asoslanmoqda, ya’ni har bir mijozning ehtiyoj va xohishlarini chuqur o‘rganish orqali unga individual yondashuv ko‘rsatiladi. Marketing menejmentining samaradorligini oshirish uchun quyidagilar muhim hisoblanadi: Bozor kon’yunkturasini muntazam tahlil qilish; Maqsadli auditoriyani to‘g‘ri tanlash; Innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanish; Mijozlar bilan uzluksiz muloqot olib borish; Xodimlarning malakasini oshirish. Marketing menejmenti korxona muvaffaqiyatining kalit omillaridan biridir. U iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish bilan birga, korxonaning daromadlarini ham oshiradi. Raqobat muhitida doimiy o‘zgarib borayotgan talablar va texnologik yutuqlarga moslashgan holda marketing menejmentini rivojlantirish zarur. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Kotler, F. “Marketing Management.” Pearson Education, 2017. 2. Lamb, C.W., Hair, J.F., McDaniel, C. “Marketing.” Cengage Learning, 2021. 3. Boshqaruv asoslari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 2020. 4. Mirkasimov M. “Marketing asoslari.” TDIU, 2019. 5. Porter M. “Competitive Strategy.” Free Press, 1980. 66

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada marketing menejmentining mohiyati, asosiy funksiyalari, strategik yondashuvlari va zamonaviy tendensiyalari yoritib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada marketing menejmentining mohiyati, asosiy funksiyalari, strategik yondashuvlari va zamonaviy tendensiyalari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Marketing management, marketing strategy, consumer, ishchi kuchi, mehnat samaradorligi, raqamlashtirish., innovatsiya, inson resurslari, malaka, motivatsiya, qurilish sohasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники