Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KORXONALARDA MAHSULOT RAQOBATBARDOSHLIGINI BOSHQARISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR
KORXONALARDA MAHSULOT RAQOBATBARDOSHLIGINI · BOSHQARISH TIZIMIDAGI MUAMMOLAR
Инновационные исследования в науке · 2026
Аннотация
В данной статье освещаются проблемы управления конкурентоспособностью предприятий-производителей промышленной продукции и их экономические решения. Также детально изучены сферы влияния факторов интеграции, модернизации и инноваций, влияющих на конкурентоспособность. Ключевые слова: промышленная продукция, промышленные предприятия, конкуренция, интеграция. Bugungi kunda narxsiz raqobat kurashi kuchayib borayotgan bir sharoitda sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning raqobatbardoshligini boshqarish tizimidagi muammolar juda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa o‘z navbatida sanoat korxonalarining raqobatbardoshligi yuqori harakatlantiruvchi omil sifatida baholanmoqda. Shu bois, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni ularning sifatini oshirishga, ishlab chiqarish tannarxini optimallashtirishga, mehnat mahsuldorligini oshirishga olib keladi [1]. Sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini ta’minlash hamda ular faoliyatida boshqaruv tizimini takomillashtirish borasida bir qator mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan. Sanoat masulotlari raqobatbardoshligini boshqarishning nazariy va metodologik asoslari A.Aronov, O.Vixaniskiy, O.Bogomolov, R.Fatxutdinov asarlarida tadqiq etilgan. Jumladan Maykl Porter shunday deb yozgan edi: “Raqobat ustunligining ikkita asosiy turi (differentsiatsiya va arzon narx), firma ularga erishishga intilayotgan faoliyat doirasi bilan birgalikda uchta natijaga olib keladi, umumiy strategiyalar sohada o‘rtacha ko‘rsatkichlardan yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun: xarajatlar 26 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference bo‘yicha yetakchilik, farqlash va e’tibor. Fokus strategiyasi ikkita variantga ega: xarajatlarga yo‘naltirilganlik va farqlash fokusi” [2]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 28- yanvardagi “2022-2026 – yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonida strategik yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” ijrosini ta’minlash doirasida milliy iqtisodiyotni tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan bir qator amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilangan [3]. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarini rivojlantirishning amaldagi bosqichi zamonaviy bozor munosabatlarini shakllantirish orqali global iqtisodiy tizimning turli pog‘onalarida raqobatbardoshlikning yuqori darajasini ta’minlash muammosini dolzarblashtiradi. Iqtisodiyot va uning tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ushbu tarmoqlarda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga olib keladi, pirovardida sanoat mahsulotlarining ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligi ta’sirida aholining ish bilan bandligi ortadi, uning turmush darajasi yuksaladi hamda mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlanadi [4]. Bozorda ta’minot darajasini oshirish uchun ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahalliy, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, integratsiyani chuqurlashtirish va mavjud quvvatlarni kengaytirish bo‘yicha zavodlar faoliyatini integratsiyalash zarur. Talab bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash uchun milliy ishlab chiqaruvchilar, brendlar va dizaynerlarning xorijiy sheriklar bilan samarali integratsiyalashuvini, eksport bozorlariga, xususan, Yevropa Ittifoqi, Belorussiya, Yaqin Sharq va Kanadaga chiqishni ta’minlash zarur. Shu bilan birga, mahalliy kompaniyalar mamlakat hududidan tashqarida mato yetkazib beruvchilarni jalb qilish kontekstida integratsiyaga yo‘naltirishi mumkin. Bizning fikrimizcha, sanoatda integratsiyani amalga oshirish alohida ishtirokchilarning ham, umuman butun majmuaning faoliyati samaradorligini baholash imkonini beruvchi mezonlar tizimini ishlab chiqishni talab qiladi. Integratsiyalashgan sanoat majmuasi faoliyatiga quyidagilar kiradi: integratsiyalashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hajmida fanni talab qiluvchi mahsulotlar ulushini oshirish; mahsulotlarni kompleks ishlab chiqarish jarayonida yangi texnoogiyalardan foydalanish; ishlab chiqarish zanjirini modernizatsiya qilish darajasini oshirish va tayyor mahsulotni kompleks ishlab chiqarishning har bir bosqichida ishlab chiqarish hajmlarining muvofiqligini 27 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference belgilash; biznes strategiyasi natijasida mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish darajasi; yaxlit kompleks xodimlari daromadlarining o‘sishi. Sanoat korxonalarini integratsiya sharoitida raqobatbardoshligini oshirish uchta darajadagi maqsadlilikni o‘z ichiga oladi: birinchidan, o‘z biznes jarayonlariga e’tibor qaratgan kompaniyalarning ichki integratsiyasi, bunda sheriklar, yetkazib beruvchilar, ta’lim muassasalari va iste’molchilar bilan integratsiya elementlari amalga oshiriladi; ikkinchidan, mahalliy kompaniyalarga xalqaro bozorlarga chiqish uchun zarur shart-sharoitlarni shak
Доказательный фрагмент
«В данной статье освещаются проблемы управления конкурентоспособностью предприятий-производителей промышленной продукции и их экономические решения.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье освещаются проблемы управления конкурентоспособностью предприятий-производителей промышленной продукции и их экономические решения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- промышленная продукция, промышленные, integratsiya., sanoat korxonalari, raqobat, Sanoat mahsulotlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025