К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARGA JOY NOMLARINI O‘RGATISHGA DOIR

Zebo Tojiboyeva

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ma’naviyatimizning bir qismi bo‘lgan joy nomlari va ularning kelib chiqishi, nomlanishiga oid ma’lumotlarni oʻzlashtirib olish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishga doir uslubiy tavsiyalar bayon etilgan. Kalit so‘z va iboralar: maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ilgʻor pedagogik texnologiyalar, xalq ogʻzaki ijodi, joy nomlari, geografik nomlar, shaxs nomlari Bugungi kunda yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol shaxs sifatida tarbiyalash masalasi uzluksiz ta’limning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Mazkur jarayonda bolaga bilim berish bilan bir qatorda uning ma’naviy dunyosini ham yuksaltirib borish bevosita ta’lim-tarbiya uygʻunligini ta’minlaydi. Xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga joy nomlari mavzusini o‘rgatish bolada vatanparvarlik ruhini shakllantirish, uzoq asrlik qadriyatlarimiz va tariximizga ayricha munosabatda boʻlish masalalari bilan bogʻlanadi. Chunki yurtimiz istiqlolga erishgach, «Joy nomlari nafaqat lisoniy material, balki xalq oʻtmishi, madaniyati va ma’naviyatining nodir merosi sifatida ham e’zozlanadigan va oʻrganiladigan boʻldi». Mavzuni o‘rgatish jarayonida tarbiyalanuvchining joy nomlarini boshqa turdagi atoqli otlardan: shaxs nomlari, tashkilot, korxona, muassasa nomlari, suv havzalari va inshootlari nomlaridan farqlay olishi, shuningdek, geografik nomlar oʻz ichida qit’a, davlat, shahar, qishloq, viloyat, tuman, mahalla singari ma’no guruhlariga boʻlinishi haqidagi bilim va koʻnikmalarni egallashi nazarda tutilgan. Joy nomlarining o‘rgatilishi boʻyicha koʻzda tutilgan mazkur koʻnikmalarni hisobga olgan holda quyida biz mavzuni yanada samarali va batafsil oʻrganilishiga doir ayrim mulohazalarimizni bayon etishga harakat qildik. Ushbu usullar berilgan topshiriqlarni bolalar tomonidan ma’lum bir tizimga solingan holda qulay bajarishlariga, mavzu doirasidagi bilimlarini esa kengaytirishlariga koʻmak beradi. Joy nomlari haqidagi ilmiy tasavvur, avvalo, bolada Vatan ichida vatan sanalgan oʻz qishlogʻi va shahri nomlanishi haqidagi xalqona va ilmiy etimologiyalarni bilishdan boshlanadi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchidan oʻzi yashayotgan hududdagi joy nomlarini sanab bera olishi, ularning nomlanishiga 52 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference doir qanday rivoyat yoki tarixiy voqealarni bilishi haqidagi koʻnikmalarga e’tibor qaratishi lozim. Bu, oʻz navbatida, tarbiyalanuvchida atrof-muhitga sergak munosabatda boʻlishi, tugʻilib oʻsgan joyining tarixi, joylashish oʻrni, geografiyasi, aholisining kasb-kori yoki etnik kelib chiqishiga oid ma’lumotlarni yaxshiroq oʻzlashtirib olishiga sabab boʻladi. Bu, albatta, tarbiyachi tomonidan mashgʻulotlarni ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkillash hamda mavzuga doir ma’lumotlar izchilligi va ketma-ketligiga alohida e’tibor qaratish orqali amalga oshadi. Xususan, joy nomlarini topish va farqlashga doir ma’lumotlarni tarbiyalanuvchilarni ikki guruhga boʻlib, «Kim chaqqon?» oʻyinini tashkil etgan holda bayon etish mumkin. Bunga koʻra har ikkala guruh bolalari navbat bilan bittadan joy nomlariga misollar aytadilar. Musobaqa yakunlangach, tarbiaychi bolalarning nomlarni to‘g‘ri yoki yanglish aytganliklarini va talaffuzi bo‘yicha tahlillarini, asosiy qoidalarni tushuntirib oʻtadi. Shu oʻrinda ta’kidlash kerakki, joy nomlari tilimizda koʻplab uchraydi. Ayniqsa, geografik obyekt nomlarining katta qismini tashkil etgan qishloq nomlarining aksariyati biz uchun ma’nosiz yoki tushunarsiz soʻzlar majmuyidan iboratday tuyuladi, lekin nomlar diqqat bilan koʻzdan kechirilsa, ular muayyan til qonuniyatlari asosida paydo boʻlgan va oʻzida hududning nomlanishiga asos boʻlgan eng muhim jihatlarni, ya’ni joylashish oʻrni (Chuqurkoʻcha, Jarqoʻrgʻon), oʻsimlik dunyosi (Qatortol, Jiydakapa) yoki suv manbayi (Buloqboshi, Beshariq) haqidagi ma’lumotlarni saqlagan boʻladi. Bolada bu haqidagi bilimlarni yanada umumlashtirish, ma’lum bir tizimga solish maqsadida ular e’tiboriga joy nomlarining qismlariga koʻra tasniflanishi aks ettirilgan jadvalni havola etish mumkin: № Mazmuniy guruhlar boʻyicha Misollar: tasniflanishi 1. Tarkibida rang bildiruvchi soʻzlar Qorasuv, Qiziltepa, Oqtepa, ishtirok etgan joy nomlari: Oqyozi, Qiziljar, Koʻkdoʻppi, Oqoltin 2. Miqdor bildiruvchi soʻzlar Beshariq, Oltiariq, Beshtol, ishtirok etgan joy nomlari: Beshyogʻoch, Oltiqush, Yettibuloq 3. Oʻsimlik nomi bilan hosil qilingan Chinortagi, Qatortol, Tolquduq, obyekt nomlari: Nayzaqayragʻoch 4. Yerning rel’ef tuzilishiga koʻra Chuqurkoʻcha, Qiziljar, Gʻortepa, hosil qilingan obyekt nomlari: Shoʻrtepa, Doʻngqishloq, Jarkoʻcha 5. Suv manbayiga ishora qiluvchi Marjonbuloq, Xotinariq, Qorasoy, 53 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference soʻzlardan hosil qilingan nomlar: Yettibuloq, Tolquduq, Qorasuv 6. Oʻrin-joy otini bildiruvchi Tuproqqoʻrgʻon, Yettiovul, soʻzlardan hosil qilingan nomlar: Bozorboshi, Uzunqishloq, Qaymoqliguzar 7.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ma’naviyatimizning bir qismi bo‘lgan joy nomlari va ularning kelib chiqishi, nomlanishiga oid ma’lumotlarni oʻzlashtirib olish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojla…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ma’naviyatimizning bir qismi bo‘lgan joy nomlari va ularning kelib chiqishi, nomlanishiga oid ma’lumotlarni oʻzlashtirib olish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shaxs nomlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, geografik nomlar, ilgʻor pedagogik texnologiyalar, xalq ogʻzaki ijodi, joy nomlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники