Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TOMCHILATIB SUGʻORILADIGAN MAYDONLARDA BIR DALADAN IKKI XIL (PAXTA VA LOVIYA) MAHSULOT YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Matyaqubova Elmira Umrbekovna
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
В данной статье освещена технология совместного выращивания двух ценных сельскохозяйственных культур — хлопчатника и фасоли — на одном участке с применением системы капельного орошения. Такая система позволяет повысить урожайность, эффективно использовать земельные ресурсы и сохранить плодородие почвы. Благодаря способности бобовых аккумулировать азот на корнях, улучшаются условия роста хлопчатника. Ключевые слова: капельное орошение, хлопчатник, фасоль, смешанные посевы, агротехнология, фиксация азота, урожайность, ресурсосбережение. Annotation: This article explores the technology of intercropping cotton and beans under drip irrigation systems. Intercropping under drip irrigation enhances land and water use efficiency and helps maintain soil fertility. The nitrogen-fixing ability of beans positively affects cotton growth and improves sustainability. Keywords: drip irrigation, cotton, beans, intercropping, agro-technology, nitrogen fixation, yield, resource efficiency Aholi sonining ortib borishi, yer resurslarining cheklanganligi va suv taʼminotidagi muammolar qishloq xoʻjaligida samarali, yuqori unumdor va suv tejamkor texnologiyalarni joriy etishni talab qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, tomchilatib sugʻorish tizimida bir vaqtning oʻzida ikki turdagi mahsulot yetishtirish — xususan, gʻoʻza va loviyani aralash ekish agrotexnologiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. 69 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Bir daladan ikki xil ekin yetishtirish (intercropping) turli hosildorlikka ega ekinlarni bir maydonda yetishtirishni nazarda tutadi. Gʻoʻza+loviyani aralash ekishning quyidagi avzalliklari mavjud. Jumladan: Loviya ildizidagi azot tutadigan bakteriyalar (Rhizobium spp.) tufayli tuproqda azot miqdori ortib, keyingi ekinlar uchun foydali muhit hosil boʻladi. Bu gʻoʻza uchun tabiiy ozuqa manbasi hisoblanadi. Aralash ekinlar bir xil zararkunandalarga yetarlicha muhit bermaydi, shunday qilib ularning tarqalishi kamayadi. Ayrim hollarda loviya zararkunandalarni chalgʻituvchi yoki qayta qaytaruvchi taʼsir koʻrsatadi. Loviyadan olingan hosil qoʻshimcha daromad manbaidir. Gʻoʻza oʻsib ulgurguncha loviya tez pishib, qoʼshimcha daromad boʼladi. Loviya ildizi mayda va yuzaga yaqin boʻlgani uchun suvni yaxshi ushlab turadi, bu esa gʻoʻza uchun qulay namlik muhitini saqlaydi. Tomchilatib sugʻorishda ham suv resurslari tejaladi va ikki xil ekinni bir vaqtda sugʻorish mumkin. Ilmiy tadqiqotlar tahlili. Xitoylik olimlarning tadqiqotlariga koʻra gʻoʻza va loviya aralash yetishtirilganda suvdan foydalanish samaradorligi 15–20% ga oshgan va aralash sistema monokulturaga nisbatan umumiy energiya va suvdan unumli foydalanish koʻrsatkichlarini yaxshilagan (Zhang et al., 2020). Pokistonlik olimlarning tadqiqotlariga koʻra dukkakli ekinlar gʻoʻza bilan aralashtirib ekilganda fotosintez samaradorligi, tuproq namligi va mikroorganizmlar faoliyati yaxshilangan (Ali et al., 2019). Hindistonda oʻtkazilgan tajribalarda gʻoʻza+loviya aralash yetishtirishda tuproq strukturasi va ildizlar rivojlanishi yaxshilangan va umumiy hosildorlik 10–20% ga oshgan (Kukal and Aggarwal., 2003). FAO va ICARDA hisobotlarida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, dukkakli ekinlar paxta bilan aralash ekilganda tuproq strukturasi yaxshilanishi, xlorofill konsentratsiyasi ortishi va fotosintez faolligi kuchayishi taʼkidlangan (FAO & ICARDA Reports., 2018–2022). Hindistonda olib borilgan tadqiqotda gʻoʻza+loviya aralash yetishtirishda uglerod birikmalarining kamayishi va tuproqda organik moddalar yigʻilishi qayd etilgan (Yadav et al., 2022). Gʻoʻza+loviyani qoʻshib ekish orqali bir daladan ikki xil (paxta+loviya) mahsulot yetishtirish boʻyicha Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2025-yilda moliyalashtirilgan «Tomchilatib sugʻorish texnologiyasi qoʻllanilgan maydonlarda suv va yer resurslaridan samarali foydalangan holda ikki xil mahsulot yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish» mavzusidagi amaliy loyiha 70 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference doirasida tadqiqotlar Namangan va Jizzax viloyatlarida boshlangan. Keyingi maqolalarimizda ushbu tajriba natijalari boʻyicha maʼlumotlar berib boramiz. Xulosa. Bir maydonda gʻoʻza va loviyani tomchilatib sugʻorish tizimida aralash ekish bu suv resurslarini tejash, hosildorlikni oshirish, agroekologik barqarorlikni taʼminlash, fermer xoʻjaliklari uchun ikki karra daromad manbai boʻlib, tuproq unumdorligini saqlashga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Zhang, H. et al. (2020). "Effects of intercropping mung bean on cotton yield and water use efficiency." Agricultural Water Management. 2. Ali, R. et al. (2019). "Enhancing productivity of cotton-legume intercropping under water stress conditions." Field Crops Research. 3. Kukal, S. S. & Aggarwal, G. C. (2003). "Soil health and sustainability through crop diversification." Indian Journal of Agronomy. 4. FAO & ICARDA Reports (2018–2022). 5. Yadav, R. L. et al. (2022). "Carbon sequestr
Доказательный фрагмент
«В данной статье освещена технология совместного выращивания двух ценных сельскохозяйственных культур — хлопчатника и фасоли — на одном участке с применением системы капельного орошения.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье освещена технология совместного выращивания двух ценных сельскохозяйственных культур — хлопчатника и фасоли — на одном участке с применением системы капельного орошения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- drip irrigation, cotton, beans, intercropping, agro-technology, azot fiksatsiyasi, loviya, gʻoʻza, aralash ekin, agrotexnologiya, tomchilab sugʻorish, hosildorlik, resurs tejamkorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014